4.Estetik tarbiya, estetik tarbiyaning mazmuni. Axloqiy tarbiya. Jismoniy tarbiya jarayonida estetik tarbiyaning ham alohida vazifalari hal qilinadi va yo‘lga qo‘yiladi:
1. Muomila estetikasini tarbiyalash. Gimnastika, sport, o‘yinlar, turizm, yuqorida bayon etilganidek, insonning barcha xususiy tomonlarini namoyon qiladi. Sportchilarning yurish-turishi sport hayotiy jarayoni va undan tashqarida havas qilgudekdir. CHunki uning asosida sharq xalqlari axloq norma-lari yotadi. YOmon muomala estetikaga zid deb baho beriladi.
2. Inson gavdasining ko‘rinishi, shakli-shamoyilini taominlanadi. Jismonan garmonik rivojlangan odam gavdasi-ning chiroyliligi, sog‘likning hayotiy qobiliyatlarining yaxshiligi belgisidir. Chernishevskiy: «inson go‘zalligi haqida gapirar ekanmiz, uning tarkibiy qismi shuni belgilaydiki, bizda u ajoyib taassurot qoldiradi. Unda hayot namoyon bo‘ladi, biz uni tushunamiz», - degan edi.
Sportchi va fizkulturachilar axloqiy tarbiyasining asosiy xususiyatlari, uni jismoniy tarbiya jarayonini yo‘lga qo‘yilishi quyidagi yo‘nalishda va shaklda bo‘lishiga e’tibor qaratilmoqda:
Jamoatchilik burchiga ijtimoiy munosabatda bo‘lish, jamiyat ishini o‘z shaxsiy ishi bilan teng qo‘yish, jamiyat va davlat ishini darajasini pasaytirmaslik. O‘zining jismi tarbiyasiga ongli munosabatda bo‘lish, Vatan mudofaasiga doimo tayyorlik har bir jamiyat aozosining umumiy burchiga aylangan bo‘lishligi sport hayotidagi maqsadni birligi va umumiyligi barcha uchun yagona qonuniy ahamiyatga ega bo‘lishligi, uni jamoa faoliyatida gavdalanishi, jamiyati jismoniy madaniyati tarixi, anoanalari, millatining shoni uchun jamoaning kuchini umumlashtira bilishlik xususiyati.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Abdullaev A., Xonkeldiev SH. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., O‘zDJTI, 2005 yil - 300 b.
2.
SalomovR.S. Sport mashg‘ulotining nazariy asoslari – Toshkent., O‘zDJTI, 2005 yil - 238 b.
3.
Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi Toshkent., “Iqtisod -moliya” 2008 yil - 300 b.