Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Mavzu: Jismoniy tarbiyaning vositalariga tavsif



Yüklə 2,72 Mb.
səhifə43/127
tarix13.12.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#174578
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati (1)

Mavzu: Jismoniy tarbiyaning vositalariga tavsif.
Ma’ruzaning metodi: “Klaster” har bir talaba mustaqil fikrini bildiradi.
Maqsadi: talabalarning yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib nazariy bilimlarini amaliy jixatdan mustaxkamlash, mustaqil, ijodiy fikrlash, kasbiy bilimlarini rivojlantirish.
Mashgulot turi: ma’ruza.
Mashgulot jixozi: tarqatma materialar, kompyuter, proektor, prezentatsiya, slaydlar.
Ajratilgan vaqt: 80 minut.
Mashgulotning borishi:

4-Mavzu. Jismoniy tarbiyaning vositalariga tavsif.
Reja:

  1. Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tavsifi. Jismoniy mashqlarning kelib chiqishi va mohiyati.

  2. Jismoniy mashqlarning ta'sirini belgilaydigan omillar. Jismoniy mashqlarning mazmuni va shakli. Texnika. Texnikaning asosi, zvenolar va detallari.

  3. Jismoniy mashqlarning turkumlanishi.

  4. Tabiatning sog'lomlashtiruvchi kuchlari. Gigiyenik omillar.



  1. Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tavsifi. Jismoniy mashqlarning kelib chiqishi va mohiyati.

Ko‘p yillik jismoniy tarbiya jarayonida jismoniy mashqlar, tabiatnining sog‘lomlashtiruvchi kuchlari va gigienik omillardan jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi.
Jismoniy mashqlar jismoniy tarbiyaning asosiy vositasi bo‘lib, u tarixan gimnastika, o‘yinlar, sport va turizm tarzida guruhlarga ajratilib, tarbiya jarayonining vositasi sifatida foydalanib kelindi.
Jismoniy mashq deb, jismoniy tarbiya qonuniyatlari talablariga javob beruvchi, ongli ravishda bajariladigan ixtiyoriy harakat faoliyatlarining turli turkumi tushuniladi. Bunday harakat faoliyatlari gimnastika, o‘yinlar, sport, turizm mashqlari sifatida tarixan tizimlashtirildi, usuliyati to‘plandi va to‘ldirildi.
Jismoniy mashqni vujudga kelishi tarixan qator dars-liklarda (A.D. Novikov, B.A. Ashmarin va boshqalar, 1966, 1979) Ibtidoiy jamoa tuzumi davriga to‘g‘ri keladi deb ko‘rsatiladi. Jismoniy mashqning vujudga kelishida oboektiv sabab qilib ibtidoiy odamning qorin to‘ydirish maqsadida ov qilishi, suboektiv sabab sifatida ongning shakillanishi deb qaraldi.
Ibtidoiy qurollarni ishlatishni bilmagan ibtidoiy odam o‘z o‘ljasini (ovini) holdan toldirguncha quvlagan. Bu bilan ovchi organizmi katta jismoniy tayyorgarlikka muhtojlik sezgan. Jismoniy tayyorgarligi etarli bo‘lmagan-larining o‘zlari oviga em bo‘lgan. SHunga ko‘ra vaqt o‘tishi bilan ibtidoiy odamlar ovga gala-gala bo‘lib chiqadigan bo‘ldilar.
Jismoniy mashqlar tabiatini tabiiy qonunlar I.M. Sechenov va I.P. Pavlovning ilmiy dunyoqarashlarida ochib berilgan. Ixtiyoriy harakat Sechenovning fikricha, ong va aql bilan boshqariladi hamda biror maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Pavlov esa harakatlarni fiziologik mexanizmini ochib, harakatlar bosh miya pustloq qismining to‘plash xususiyati bilan bog‘liqligini birinchi, ikkinchi signal sistemasi, shartli hamda shartsiz reflekslarning aktiv ishtirokida vujudga kelishligini ilmiy isbotladi.
Biologik, mexanik, psixologik va boshqa jarayonlarning mashq bajarishda birini biri bilan aloqasi, o‘zaro kelishilganligi yugurish mashqlarida boshqacha bo‘lsa, shtanga ko‘tarishda boshqacha, ya’ni ichki struktura turlicha bo‘ladi.
Mashqning tashqi shakli, tashqi strukturasi esa o‘sha mashqning tashqi ko‘rinishi, harakatni bajarish paytiga ketgan vaqt yoki kuch sarflash me’yori va harakat intensivligini ko‘rinishi bilan xarakterlanadi.


  1. Yüklə 2,72 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin