Jismoniy mashqlarni klassifikatsiya qilish – uni turkumlash, xillash demakdir. Jismoniy tarbiya tizimlarining tarixiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, jamiyatning rivojlanish bosqichlarida jismoniy mashqlar tanlash va turkumlashda o‘sha jamiyat uchun progressiv va tarbiya vazifasini bajarishga mos keladiganlarigagina e’tibor berilgan.
Tabiatning sog'lomlashtiruvchi kuchlari. Gigiyenik omillar.
Havo, quyosh nuri, suv jismoniy tarbiya jarayonida tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchlari tarzida jismoniy tarbiyaning vositasi sifatida foydalaniladi. Hayotiy sharoit, muhit insonni turli sharoitda moddiy neomat yaratish, yashashga majbur qiladi. Bunga ko‘nikish, unga tayyor bo‘lish muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun tabiatning inoomi – havo, suv, quyosh nuri inson ish qobiliyatini oshirish, salomatligini mustahkamlashning asosiy vositasidir.
Jismoniy tarbiya jarayoni ochiq xavoda, quyosh nuri ostida, suv va boshqalardan foydalanib jismoiy mashqlar bajarish samara beradi. CHo‘milish, oftobda toblanish, havoning issiq-sovug‘i jismoniy mashqlar bilan inson organizmiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Mashg‘ulotlar davomida bu vositalardan tizimli foydalanishning muhim ahamiyat kasb etadi.
Gigienik omillar shaxsiy va jamoat gigienasi talab-larini o‘z ichiga olib, mehnat gigienasi, ovqatlanish, dam olish va tashqi muhitning zararli faktorlari va boshqalar jismoniy mashqlarni bajarish (dars, mustaqil mashq qilish, trenirovka) mashg‘ulotlarida gigienik talab va normalarga rioya qilishni taqazo etadi. Ular jismoniy mashqlar ta’sirchanligini, Samara-dorligini oshirishini ilmiy, amaliy jixatdan isbotlagan.
Gigienik sharoitni yetarli darajada taominlash, jismo-niy tarbiya uchun foydalaniladigan moddiy-texnik baza, sport anjomlari, jixozlar va mavjud kiyim-boshning holatiga bog‘liq.
Jismoniy mashqlar, tabiatning sog‘lomlashtiruvchi kuchla-ri va gigienik omillarni ratsional qo‘llash inson salomat-ligini mustahkamlaydi va jismoniy qobiliyatlarni rivojlan-tiradi.