Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati


Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari



Yüklə 2,72 Mb.
səhifə38/127
tarix13.12.2023
ölçüsü2,72 Mb.
#174578
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   127
Jismoniy tarbiya, sport nazariyasi va uslubiyati (1)

Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati fanining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari.

Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyatining rivojla-nishi bir necha davrlarni o‘z ichiga oladi.
Birinchi davr bashariyat taraqqiyotining ilk davridagi harakat-faoliyatini organizmga ta’siri haqida eng dastlabki (emperik) bilimlar (Ponamarev N.I. 1975), ularning to‘pla-nishi, «mashqlanganlik»ning foydasini sezib, ma’nosiga etish va to‘plangan tajribani avloddan-avlodga uzatish usullarini anglashga imkoniyat yaratilgan «jismoniy mashqlar» ni va «jismoniy tarbiya»ni paydo bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratilishiga omillarni yuzaga kelgan davri.
Ikkinchi davr jismoniy tarbiya jarayonida qo‘llanila boshlangan birinchi usuliyatlarning yaratilishi qadimgi YUnonistonda quldorlik davlati davri va O‘rta asrni o‘z ichiga oladi (G.D.Xarabuga, 1974). Jismoniy tarbiyadagi bu usuliyatlar, tajribalar orqali yuzaga kelgan bo‘lib, filosoflar, pedagoglar, vrachlar odam organizmi faoliyati qonuniyatlari bilan unchalik tanish emasligi, o‘rganib ulgurmaganliklari orqali jismoniy mashqlar ta’sirining mexanizmini aytarli tushuntira olmas edilar. SHunga ko‘ra bu davr jismoniy mashqlar bilan shug‘ul-lanishning foydasini tashqi ko‘rinishlarga qarab baholangan davr deb qaralgan. Bu davrda YUnonistonning jismoniy tarbiya usuliyati aytarli darajada keng tarqalgan bo‘lib, u mavjud vositalar va usuliyatlarni kuch, chidamlilik va boshqa harakat sifatlarini rivojlantirish uchun ularni yagona tizimiga birlashtirgan davr deb qaralgan.
O‘rta asrning o‘rtalarida jismoniy tarbiya usuliyatlari-ning xillari ortdi. Gimnastika, suzish, o‘yinlar, kamon otish, otda chopish, qilichbozlik bo‘yicha dastlabki qo‘llanmalar paydo bo‘ldi. Ajdodlarimiz Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniylarning tan tarbiyasiga oid ilmiy dunyoqarashlari vujudga keldi (Usmonxo‘jaev T.N. 1995).
Uchinchi davr jismoniy tarbiya haqidagi nazariy bilimlarni intensiz to‘planishi, uyg‘onish davridan XIX asrning oxirigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Inson tarbiyasi, uni o‘qitish, davolash haqidagi fanning rivojlanishi filosoflar, pedagog va vrachlarning jismoniy tarbiya muammo-lariga e’tibor qila boshlashlari davri, jismoniy tarbiyaning mohiyati haqidagi falsafiy, pedagogik va tibbiy ma’lumot-larning, bilimlarining vujudga kela boshlagan davri. Bu ma’lumotlar hali turlicha, chunki, ko‘pincha o‘sha davrda musta-qilroq sanalgan filosofiya, pedagogika, meditsina fanlari tarkibida voyaga etar edi. Yo‘l-yo‘lakay, ammo zarur bo‘lgan darajada bunday ilmiy fanlarning vakillari ko‘pincha o‘z muammolarini jismoniy tarbining rolini hisobga olmay hal qilish mumkin emasligini tushuna boshladilar. YAngilanish davridayoq pedagog-gumanistlar va hayoliy sotsialistlar jismo-niy tarbiyada bir butun tarbiyaning majburiy qismlardan biri deb qaray boshladilar.
Jumladan, shvetsariyalik demokrat pedagog I.G.Pestalotsii tomonidan (1746-1827) bolalar harakat qobiliyatini rivojlan-tirish uchun tuzilgan jismoniy mashqlar tizimida bo‘g‘inlar (sustavnaya) gimnastika umumiy pedagogika nazariyasi ichida alohida o‘rinni egallaydi. XVIII asrda anatomlar tomonidan jismoniy mashqlar «biomexanika»si bo‘yicha izlanishlar olib borildi, 19 asrda esa jismoniy tarbiya haqida ilmiy- nazariy ishlar vujudga keldi.
Jamiyat hayotida jismoniy tarbiyaning roli tarbiyaning sinfiy xarakterga ega ekanligi ilmiy asoslandi. Tarbiyaning mazmuni ochildi va unda jismoniy tarbiyaning o‘rni hamda shaxsni har tomonlama rivojlantirish yo‘llari aniqlandi.
Aynan shu davrda jismoniy tarbiya nazariyasiga asos solindi deb hisobga olinib, shu soha bo‘yicha ilmiy farazlar va bilimlar to‘planishi orqali mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi.

Yüklə 2,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin