K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə19/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71
УМК 2023 (2)

3. Foraminiferalar (Foraminifera) turkumi. Foraminiferalar turkumiga dengiz va okeanlarda hayot kechiruvchi mingdan ko’proq sarkodalilar kiradi. Ayrim vakillari o’rta Osiyoning sho’rlangan yer osti va quduq suvlarida ham uchraydi. Foraminiferalar hamma dengizlarda har xil chuqurlikda, qirg’oqning litoral zonasidan boshlab eng chuqur abissal qismigacha tarqalgan. Lekin asosiy ko’pchilik turlari 200-300 m. chuqurlikda yashaydi va bentos tarkibiga kiradi. Ayrim vakillari (masalan, globigerina - Globigerina) planktonda hayot kechiradi.
Foraminiferalarning sitoplazmatik tanasi turli shakldagi kremniy (qum) zarralaridan va ohaktosh (CaC03) dan tarkib topgan chig’anoq ichida joylashgan. Dengiz tubida yashovchi foraminiferalar chig’anog’i sirti silliq bo’ladi. Plankton tarkibiga kiradigan globigerinalar chig’anog’i sirtida esa chig’anoq sathini kengaytiradigan va shu orqali suvda qalqib turishga imkon beradigan radial joylashgan juda ko’p ignachalar bo’ladi.
Qumda chig’anoqli foraminiferalar turlari xilma-xilb bo’lmasa-da; ular ayrim dengizlarda son jihatidan bentosning asosiy qismini tashkil etadi.
Masalan, Hyperammina, Astrorhiza avlodlariga mansub 2-3 sm keladigan yirik foraminiferalar Laptevlar va boshqa Sharqiy Sibir dengizlari tubini qalin qoplab olgan. Foraminiferalarning ko’pchilik turlari ohaktosh chig’anoqli bo’ladi. Ularning sitoplazmasi dengiz suvidan kalsiv elementini ajratib olish xususiyatiga ega. Eng yirik turlari bo’lib, asosan Comuspira urug’iga mansub. Ular dengizning juda chuqur joylarida yashaydi.
Ohak skeletli foraminiferalarning ko’pchilik turlari ko’p kamerali chig’anoqqa ega. Bunday chig’anoqlarning ichki bo’shlig’i to’siqlar orqali bir necha, ba’zan o‘nlab va yuzlab alohida bo’lmalar (kameralar)ga bo’lingan. To’siqlar orasidagi teshiklar orqali foraminiferalarning sitoplazmasi o’zaro tutashgan. Ko’pchilik foraminiferalar chig’anog’i sirtida juda ko’p mayda teshikchalar - poralar bor. “Foraminifera” nomi ham “Teshikchali” degan ma’noni anglatadi. Chig’anoq og’izchalari yoki kameralar sirtidagi teshikchalar orqali sitoplazmatik ipchalar – rizopodiylar chiqib turadi. Rizopodiylar juda mayda oziq, xususan bir hujayrali suv o'tlarini yopishtirib oladi. Kichikroq oziq bo’laklari chig’anoq og’izchasi orqali sitoplazmaga о‘tadi. Yirikroq ozig’i esa chig’anoqdan tashqarida fagotsitoz usulida hazm bo’ladi.
Foraminiferalarning ko’pchilik turlari murakkab siklda jinssiz va jinsiy avlodlarining almashinuvi orqali ko'payadi.
Ko’p kamerali elfidium (Elphidium spora) ning jinssiz ko’payishi yadrosining bir necha marta ketma-ket bo’linishi bilan boshlanadi. Yadrosi bir necha o’ndan yuzgacha bo'laklarga ajraladi. Har qaysi yadro bo’lagi sitoplazma bilan o’ralgach, ko’p sonli amyobasimon yosh individlar hosil bo’ladi. Yosh inlividlar chig’anoqdan tashqariga chiqqandan so’ng har qaysi murtak atrofiga bir kamerali dastlabki murtak
(embrion) chig’anoq hosil bo’ladi. Shundan keyin murtak chig’anoq og’izchasidan vaqti-vaqti bilan biroz sitoplazma ajratib chiqarib turadi; bo’lakchalar atrofida esa yangi chig’anoq kameralari hosil bo’ladi. Ana shu yo’l bilan ko’p kamerali chig’anoqli jinssiz avlod hosil bo’ladi. Ko’p marta bo’linish orqali bitta organizmdan birdaniga bir necha individlarning hosil bo’lishi shizogoniya deyiladi.
Jinsiy ко‘payish jinssiz nasi yadrosining bir necha mingta juda mayda bo’laklarga bo’linishi bilan boshlanadi. Har qaysi bo’lakcha sitoplazma bilan o’ralib, juda ko’p hujayralar hosil bo’ladi. Ikki xivchinli bu hujayralar gametalar deb ataladi. Ular chig’anoqdan chiqib, juft-juft bo’lib qo’shilishadi va zigota hosil qiladi. Zigota atrofiga murtak chig’anoq hosil bo’ladi. Chig’anoqning keyingi kameralari ham xuddi jinssiz avlod kameralari singari hosil bo’ladi. Jinsiy avlodning birinchi kamerasi jinssiz avlod kamerasiga nisbatan kichik bolganidan mikrosferik avlod, jinssiz nasl esa makrosferik avlod deb ataladi.
Foraminiferalarning zigotasi va undan rivojlanib chiqqan mikrosferik nasl diploid xromosomali bo’lib, agamont deb ataladi. Agamont yadrosi ikki marta reduksion bo’linish (meyoz) orqali gaploid xromosomali yadroga ega bo’lgan agametalarni hosil qiladi. Agametalardan gaploid xromosomali gamontlar, ulardan esa juda ko’p gaploid xromosomali gametalar hosil bo’ladi. Gametalarning qo’shilishidan keyin hosil bo’lgan mikrosferik nasl (agamont) diploid xromosomalik bo’ladi. Shunday qilib foraminiferalarning ko’payish sikli jinssiz (agametalar orqali) va jinsiy (gametalar orqali) ko’payish hamda agamont (jinssiz ko’payadigan) va gamont (jinsiy ko’payadigan) avlodlarining gallanib turishidan iborat. Shu bilan birga bu siklda diploid va gaploid fazalar ham gallanib turadi. Bu bilan foraminiferalar boshqa hayvonlardan keskin farq qiladi. Chunki hayvonlar dunyosida reduksion bo’linish (meyoz) odatda jinsiy hujayralar hosil bo’lishi oldidan sodir boladi. Gaploid (gametofit) va diploid (sporofit) fazalarning gallanishi o’simliklar dunyosida keng tarqalgan. Bu xodisa tuzilishiga ko’ra bir-biridan uzoq bo’lgan organizmlarning konvergent taraqqiy etishiga yaxshi misol bo’la oladi.
Foraminiferalar qadimgi geologik davrlarda kembriy davridan boshlab juda keng tarqalgan. Million yillar davomida ular chig’anog’i dengiz tubiga cho’kib, to’plana borishi natijasida juda qalin cho'kma jinslarni hosil qilgan. Tog’ hosil bo’lishi jarayonida qadimgi dengizlar o’rnida past-tekisliklar va tog’lar hosil bo’lgan. Yer yuzining juda ko’p qismi, jumladan, O’rta Osiyo hududining hamma qismi qadimgi dengizlar tubidan iborat. Juda keng tarqalgan ohaktoshlar ham asosan, qazilma holda uchraydigan nummulitlar chig’anog’idan iborat. Misrning balandligi 150 m gacha bo’lgan mashhur piramidalari, Moskva, Sevastopol, Rim, Vena va boshqa shaharlardagi qadimiy oq toshli binolari ham ohaktoshlardan qurilgan. Alp, Pireney, Kavkaz, 0’rta Osiyo, shuningdek Himolay tog’lari ham foraminiferalar chig’anog’idan hosil bo’lgan ohaktoshlar bilan qoplangan. Ohaktoshni hosil bo’lishida fuzulinlar deb ataluvchi qadimgi foraminiferalar ham ishtirok etgan. Bunday ohaktoshlar javdar urug’iga o’xshash qo’ng’ir-qizg’ish rangda bo’ladi. Turli geologik davrlarda har xil foraminiferalar turi yashab, qirilib ketgan. Shuning uchun ulardan yer osti boyliklari, ayniqsa, neftni qidirib topish uchun olib boriladigan burg’ulash ishlarida yer qatlarnlari yoshini aniqlab berishda keng foydalaniladi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin