K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə20/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71
УМК 2023 (2)

Nazorat uchun savollar



  1. Foraminiferalar qaysi davridan boshlab juda keng tarqalgan?

  2. Chuchuk suv havzalarida keng tarqalgan chig’anoqli amyobalar?

  3. Sarkodalilarning soxta oyoqlari qanday shaklda bo’lishi mumkin?


6-ma’ruza. Nurlilar, Quyoshsimonlar, Akantariyalar kenja sinflarining umumiy tavsifi
Reja:



  1. Nurlilar (Radiolaria) kenja sinfi.

  2. Quyoshsimonlar (Heliozoa) kenja sinfi.

  3. Akantariyalar kenja sinflarining umumiy tavsifi.



Nurlilar (Radiolaria) kenja sinfi. Nurlilar plankton hayot kechiruvchi dengiz hayvonlari bo’lib, 8000 ga yaqin turi ma’lum. Ularning ko’pchilik turlari iliq suvli tropik va subtropik dengizlarda turli chuqurlikda tarqalgan, sovuq suvli dengizlarda kam uchraydi. Tuzilishi ancha murakkab bo’lib, plankton hayot kechirishga moslashgan. Kattaligi 40-50 mkm dan 1 mm gacha, ba’zan undan ham yirikroq bo’ladi. Ko’pchilik turlarining tanasi sharsimon; ichki murakkab mineral skeletga ega. Tanasidan har tomonga qarab juda ko’p ingichka ipga o’xshash psevdopodiylar chiqadi. Ko’pchilik nurlilar hujayrasining markazida bitta yirik yadrosi bo’ladi. Yadro gomogen (bir xil tiniqlikdagi) quyuq sitoplazma bilan о‘rab olingan. Sitoplazmaning bu qismi va yadro markaziy kapsula ichiga joylashgan. Kapsula organik moddadan iborat, uning devorida juda ko’p teshikchalari bo’ladi. Markaziy kapsula nurlilarning sitoplazmasini ichki va tashqi zonalarga ajratib turadi. Kapsula teshikchalari orqali sitoplazmaning ichki va tashqi zonalari tutashgan bo’ladi. Sitoplazmaning bunday ikki zonaga bo’linishi faqat nurlilar uchun xos bo’lib, boshqa bir hujayralilarda uchramaydi.
Sitoplazmaning tashqi zonasi ham bir necha qismdan iborat. Markaziy kapsulaga yaqin qismi donador suyuq sitoplazmadan, uning ustki qismi yog’simon shilimshiq kiritmalarga boy bo’lgan ko’pikli qavatdan iborat. Ko’pikli qavatning sirtida yupqa to’rsimon sitoplazma qavati joylashgan.
Bu qavat tashqi muhit bilan chegaralanadi. Nurlilar ikki xil psevdopodiylar hosil qiladi. Ulardan bir xillari tashqi sitoplazmaning markaziy kapsulaga yaqin joylashgan eng chuqur qatlarnidan, boshlanadi; ko’pikli qavatdan o ‘tib, tana sirtiga
chiqadi. Ikkinchi xil psevdopodiylar sitoplazmaning eng sirtqi qavatidan boshlanadi, ular bir-biri bilan tutashib, murakkab to’mi hosil qiladi. Bu to’r yordamida nurlilar o‘z ozig’i (turli mayda suv o’tlari va sodda hayvonlar) ni tutib oladi. Bundan tashqari nurlilarning ancha yo'g’on shoxlanmaydigan aksopodiylari ham bo’ladi. Aksopodiylar ichki o ‘q skeletga ega bo’lib, tanadan radial yo’nalishda chiqadi. Aksopodiylar tana yuzasini kengaytirish va hayvonlarni suvda qalqib turishiga yordam beradi.
Ko’pchilik nurlilar krernniy oksidi yoki stronsiy sulfat (SrSo4) tuzidan iborat murakkab skeletga ega. Skelet turli shaklda, xususan ignaga o’hshash, sharsimon, qo’ng’iroqsimon, tojsimon yoki boshqa xilda bo’lishi mumkin. Skelet tanani himoya qiladi va tana yuzasini kengaytirib, hayvonni suvda qalqib turishiga imkon beradi. Nurlilarning ko’payishi yetarli o‘rganilmagan. Ko’pchilik turlari ikkiga bo’linish orqali jinssiz ko’payadi. Bunda skelet elementlari yosh nurlilar о’rtasida taqsimlanadi yoki organizmlarning birida qolib, ikkinchisida yangidan hosil bo’ladi. Jinsiy ko’payish faqat Acantharia turkumiga mansub bo’lgan ayrim turlarda o’rganilgan. Bunda hayvon tanasi xivchinli juda mayda ko’p sonli gametalarga bo’linadi. Gametalar juftlashib, zigotani hosil qiladi. Zigotadan esa yangi akantariya rivojlanib chiqadi.
Nurlilar qazilma holda kembriy davridan boshlab barcha qatlarnlarda uchraydi. Ayrim cho’kma jinslar, asosan, nurlilar skleti qoldig’idan iborat bo’lib, radiolaritlar deb ataladi. Radiolaritlar Ural, G’arbiy Sibir, Uzoq Sharq va boshqa hududlarda uchraydi. Bu jinslar “tog’ uni” yoki “trepel” nomi bilan mashhur. Trepeldan metallarga ishlov berishda va jilvir qog’oz tayyorlashda foydalaniladi. Nurlilar skeleti boshqa tog’ jinslari, masalan, ohaktosh, bo’r va slanetslar tarkibiga ham kiradi. Ularning skelet qoldiqlari foraminiferalar bilan birga tog’ jinslari yoshini aniqlashda ahamiyatga ega.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin