K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə18/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71
УМК 2023 (2)

2.Chig’anoqli amyobalar (Testacea) turkumi.
Chig’anoqli amyobalarning tuzilishi yalang’och amyobalarga bir muncha
o’xshab ketadi, lekin ulardan tanasining chig’anoq ichida bo’lishi bilan farq qiladi. Psevdopodiylari chig’anoglining bir tomonidagi teshigi orqali tashqariga chiqib turadi. Chig’anoqlari odatda yumaloq yoki birmuncha cho’ziq (oval) qopchaga o’xshash bo’ladi. Ayrim turlarining chig’anog’i yupqa organik moddadan, boshqalariniki mayda qum zarrachalaridan tarkib topgan. Turli chig’anoqli amyobalar psevdopodiylarining shakli va uzunligi, chig’anoqlarining tuzilishi bilan farq qiladi. Chuchuk suv havzalarida keng tarqalgan arsella - Arcella vulgaris chig’anog’i qo’ng’ir tusli kosacha shaklida bo’lib, uning markazida joylashgan teshikchasidan psevdopodiylar chiqib turadi. Artsellaning chig’anog’i shoxsimon organik moddadan tuzilgan bo’lib, sitoplazmadan hosil bo’ladi. Difflyugiya (Difflugia) noksimon kremniyli chig’anog’i asosan tashqi muhitdan olingan mayda qum zarrachalaridan iborat. Вunday chig’anoq dastlab sitoplazmaga yutilgan zarrachalarning sitoplazma sirtiga chiqib, bir-biriga yopishuvi natijasida hosil bo’ladi. Euglifa (Euglypha alveolata) ning qubbaga o ‘xshash chig’anog’i esa oval kremniy plastinkalaridan tashkil topgan. Bunday plastinkachalar sitoplazmadagi qum zarralaridan shakllanadi.
Chig’anoqli amyobalar ham jinssiz ikkiga bo’linish orqali ko’payadi. Dastlab sitoplazmasining taxminan yarmi chig’anoq og’izchasidan tashqariga chiqarilib, sitoplazmatik kurtak hosil qiladi. Sitoplazma sirtida esa chig’anoq hosil bo’ladi. Yadro ham ikkiga ajralib, ulardan biri yangi hosil bo’lgan ko’rtakka o’tadi. Bu davrda har ikkala chig’anoq og’iz tomoni bilan bir-biriga o’girilgan bo’lib, sitoplazma ko’prikchalari orqali o’zaro bog’langan. Keyinroq ko’prikcha ingichkalasha borib uzilgach, har qaysi hayvon mustaqil yashashga о‘tadi.
Chig’anoqli amyobalarning kattahgi 50-150 mkm keladi. Ular bentosda hayot kechiruvchi hayvonlar bo’lib, organik moddaga boy kichikroq suv havzalarida, ko’pchilik turlari sayoz chuchuk suv havzalarining tubida, hovuz va ariqlarning qirg’oqqa yaqin joylarida uchraydi. Sfagnum botqoqliklarining faunasi ayniqsa chig’anoqli amyobalarga boy bo’ladi. Sfagnum moxlarining barglari va poyalarida saqlanadigan suv ichida chig’anoqli amyobalarning o’ndan ortiq turlari topilgan.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin