K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə26/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71
УМК 2023 (2)

Nazorat uchun savollar

1. Xivchinlilar sinfining umumiy tavsiflab bering?


2. O’simliksimon xivchinlilar tavsiflab bering?
3. Xivchinlilar sinfining rivojlanish bosqichlari?


8-ma’ruza. Hayvonsimon xivchinlilar kenja sinfi


Reja:

1. Yoqali xivchinlilar (Choanoflagellata) turkumi.


2. Ildiz xivchinlilar (Rhizomastigina) turkumi.
3. Kinetoplastidlar (Kinetoplastida) turkumi.

Hayvonsimon xivchinlilarning bir qancha turlari dengiz va chuchuk suv havzalarida uchraydi. Ulardan bir qismi osmotik yo‘l bilan saprofit oziqlansa, boshqa qismi ovqat zarralarini yutish xususiyatiga ega. Ko'pchilik turlari odam, hayvonlar va ba’ zan о‘simlik to ‘qimalarida parazitlik qiladi.


1. Yoqali xivchinlilar (Choanoflagellata) turkumi. Bir xivchinli erkin yashovchi yakka yoki kolonial hayvonlar bo‘lib, xivchini asosini sitoplazmatik yoqacha o‘rab turadi. Bakteriya va boshqa oziq zarrachalari xivchinining harakati tufayli yoqacha ichiga tushadi. Bu yerda ularni sitoplazma o'simtalari qamrab oladi. Ovqat hazm qilish vakuolalari ichida oziq hazm qilinadi. Koloniyasi xilma-xil shaklda bo’ladi, ko'proq tuxumsimon sferik va daraxtsimon koloniyalar uchraydi.
2. Ildiz xivchinlilar (Rhizomastigina) turkumi vakillari sarkodalilar hamda xivchinlilarning tuzilish xususiyatlarini o'zida mujassamlashtiradi. Ularda 1-3 xivchin bilan bir qatorda yaxshi rivojlangan psevdopodiylari bo’ladi. Bu turkumning vakili mastigamyoba (Mastigamoeba aspera) ning kattaligi 100 mkm ga yaqin, botqoqliklarda uchraydi.
3. Kinetoplastidlar (Kinetoplastida) turkumi. Bu turkumga mansub hayvonlarda xivchin bilan bog'langan maxsus organi – kinetoplast bo'ladi. Ayrim turlari (Bodo) erkin yashaydi. Asosiy ko'pchilik turlari parazit hayot kechiradi. Bodolar (Bodo) 10-25 mkm kattalikdagi ikki xivchinli hayvonlar, sitoplazmasining xivchinlari asosida joylashgan qismida pellikulasi bo'lmaydi. Bu joy orqali bakteriyalarni yutib, oziqlanadi. Parazit kinetoplastidlar orasida odam va umurtqali hayvonlar qonida parazit yashovchi tripanozomalar (Trypanosoma) urug'i vakillari ayniqsa, katta ahamiyatga ega. Ularning tasmaga o'xshash yassi tanasi 20-70 mkm keladi. Oldingi tomonida joylashgan bitta xivchini tanasining yonidan orqaga qarab yo'nalgan. Xivchin yupqa to'lqinlanuvchi membrana yordamida ektoplazmaga tutashgan. Bazal tanachasi (kinetoplast) endoplazmada xivchinning asosida joylashgan. Uyqu kasali tripanozomasi (Trypanosoma rhodesiense) Afrikaning tropik qismida yashovchi xalqlarda og'ir uyqu kasalini keltirib chiqaradi. Tripanozoma qon plazmasida va limfa suyuqligida yashaydi. Keyinchalik orqa miya suyuqligiga o'tib oladi. Kasallanish alomatlari isitmalashdan boshlanadi va sekin-asta organizm og'ir xastalikka chalinadi. Kasal kishi ko'p uxlaydi va juda ozib ketadi; davolash choralari ko'rilmaganda halok bo'ladi.
Uyqu kasali tripanozomasi tabiatda yovvoyi hayvonlardan antilopalar qonida uchraydi. Tripanozomani se-se pashshasi (Glossina morsitans, G.palpalis) antilopalardan odamlarga yuqtirishi aniqlangan. Pashshalar ichagida tripanozoma bo‘yiga bo‘linib ko'payadi va tana suyuqligi orqali avval uning so‘lak bezlariga, so'ngra xartumiga o'tib oladi. Pashsha so'lagidan qonga o'tgan parazitlar qon plazmasida yana jinssiz bo'linib ko'payadi. Parazit hayvonlarga ziyon keltirmaydi. Antilopalar kasallikning tabiiy manbasi, se-se pashshasi esa kasallik qo'zg'atuvchining tarqatuvchisi hisoblanadi.
Tripanozomalarning bir qancha turlari har xil uy hayvonlarida og'ir kasalliklar keltirib chiqaradi. Janubiy Osiyo mamlakatlarida Qora mollarda parazitlik qiluvchi Trypanosoma brucei so'nalar yordamida tarqaladi. Qozog'iston, Turkmaniston, O'zbekiston va Ural oblasti cho’llarida tuyalar, otlar va eshaklarda og'ir “suv og'rig'i” kasalini Trypanosoma evansi keltirib chiqaradi. Bu tripanozoma ham so'nalar orqali tarqaladi. Otlarda kuyikish kasalini qo'zg'atuvchi ot Tripanozoma – Trypanosoma equiperdum bir hayvondan ikkinchisiga jinsiy aloqa orqali o'tadi. Tripanozomalarning ayrim turlari o'simlik to'qimalarida yashashga moslashgan. Masalan, leptomonas (Leptomonas davidi) Janubiy Amerikada kofe daraxti bargining sarg'ayib to'kilishiga, ba’zan qurib qolishiga sabab bo'ladi.
Leyshmaniyalar (Leishmania) ham tripanozomalarga birmuncha o'xshash tuzilgan, lekin odam terisida va ichki organlarida parazitlik qiladi. Ular hujayra ichida parazitlik qilganidan xivchin hosil qilmaydi, harakatsiz bo'ladi. Uzunligi 4-7 mkm bo'lgan bu parazitlarning ovalsimon hujayrasida bitta yadrosi va kinetoplasti bor. Leyshmaniyalarning ikki turi odamda parazitlik qilishi ma’lum. Tropik leyshmaniya (L. tropica) yuz, qo‘l va oyoqlar terisida parazitlik qilib, surunkali pendinka yarasini paydo qiladi. Bu yara O'rta Osiyo xalqlari o'rtasida yomon yara yoki pashshaxo'rda nomi bilan ham ma’lum. Bunda dastlab terida kichikroq shish paydo bo'ladi, keyinchalik shish yiriklashib surunkali ochiq yaraga aylanadi. Yara 1,5-3 yildan keyin tuzalib ketadi, lekin uning o'rni chandiq bo'lib qoladi. Tabiatda leyshmaniya paraziti kemiruvchilar (yumronqoziq, kalamushlar) va itlarda parazitlik qiladi. Bu hayvonlar leyshmaniya parazitining rezervuari hisoblanadi. Kemiruvchilar inida yashaydigan qon so'ruvchi iskabtoparlar (Phlebotomus pappatasii) hayvonlar qonini so'rganida leyshmaniyani o'ziga yuqtiradi. Iskabtoparlar ichagida leyshmaniya bo‘linish orqali tez ko'payadi; uning xivchini paydo bo'ladi va faol harakat qiladi. Iskabtoparlar leyshmaniyani odamlarga yuqtiradi. Leyshmanioz Shimoliy Afrika, Janubiy Yevropa va Janubi-G'arbiy Osiyoning bir qancha mamlakatlarida tarqalgan. Kasallik O'zbekistonning janubiy hududlarida tarqalgan bo'lib, uning tabiiy manbai asosan cho'l mintaqasidagi yumronqoziqlar ini bilan bog'langan. Shunday qilib, leyshmaniya ham uyqu kasalligi ko'zg'atuvchisi singari tabiatda odam bo'lishi yoki bo'lmasligidan qat’iy nazar yovvoyi hayvonlar organizmida mavjud bo'ladi. Parazitlarni bir hayvondan
boshqasiga hasharotlar yuqtiradi. Rus parazitologi Ye. N. Pavlovskiy odamlar va hayvonlar о 'rtasida bo'g ‘imoyoqlilar yordamida aylanib yuradigan kasalliklarni tabiiy manbali transmissiv kasalliklar deb ataydi.
Odamlarning jigari, talog 'i va limfa bezlarida parazitlik qiluvchi Leishmania
donovani “kala-azar” deb ataluvchi og'ir ichki leyshmaniozni paydo qiladi. Bu kasallikni ham iskabtoparlar yuqtiradi. Kasallangan kishida kamqonlik paydo bo'lib, u ozib ketadi. Jigar va talog'i shishib halok bo'lishi mumkin. Kala-azarni ko'zg'atuvchi leyshmaniya paraziti tabiatda itlar qonida yashaydi. Kala-azar Janubiy va Shimoliy Osiyo va Italiyada, Turkmanistonning ayrim hududlarida uchraydi. Yuqorida ko'rsatilgan har ikkala leyshmanioz bilan ham ko'proq bolalar kasallanadi. Kasallikdan keyin muntazam immunitet hosil bo'ladi. Shuning uchun odam leyshmanioz bilan faqat bir marta kasallanadi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin