K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə24/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71
УМК 2023 (2)

1. Qalqondor xivchinlilar (Dinoflagellata yoki Peridenea) turkumi. Yakka yashovchi ikki xivchinli hayvonlar, dengiz va chuchuk suv havzalarida juda keng tarqalgan. Ko'pchiligi planktonda hayot kechiradi. Qalqondor xivchinlilarning xivchinlari tanasining markaziy qismidan boshlanadi. Ulardan biri orqa tomonga cho‘zilgan, ikkinchisi esa tananing o‘rta qismini o'rab turadigan “belbog"’ deb ataladigan ekvatorial chuqurcha ichida turadi. Qalqondorlarning kletchatkadan iborat po‘sti bo’ladi. Bu po'st ma’lum tartibda joylashgan va choklar orqali bir-biri bilan birikadigan bir necha plastinkalardan tuzilgan. Sitoplazmada juda ko'p xlorofill saqlovchi disksimon xromatoforlar bo'ladi. Fotosintez jarayonida hosil bo'lgan kraxmal zarrachalari sitoplazmada tarqalgan. Chuchuk suv va dengizlarda seratsium (Ceratium) avlodi vakillari keng tarqalgan. Chuchuk suv seratsiumi S.hirydinella tanasidagi to'rtta uzun o'simtalardan biri tanasining oldingi (apikal), qolgan uchtasi orqa (antapikal) tomonga qaratilgan. Dengiz seratsiumlarida bunday o'simtalar ayniqsa, kuchli rivojlangan bo'lib, tana yuzasini kengaytirish va suvda muallaq turish uchun xizmat qiladi.
Suvi bir muncha iliq bo'lgan tropik va subtropik dengizlarda tun yog'duchisi Noctiluca miliaris juda ko'p uchraydi. Uni yoz faslida Qora dengizda ham uchratish mumkin. Tun yog'duchisi yumaloq tanasining diametri 2 mm keladi. Uning xromatoforasi va kletchatka po'sti bo’lmaydi.
Tun yog'duchisi fotosintez qilmasligi va hayvonlarga o'xshash animal oziqlanishi bilan boshqa o'simliksimon xivchinlilardan farq qiladi. U har xil mayda organizmlar: sodda hayvonlar va suv o'tlari bilan oziqlanadi. Tanasining bir tomonida joylashgan chuqurchasi tubida og'iz teshigi joylashgan. Og'izoldi chuqurchasi yaqinida bitta yo 'g 'on xivchin, chuqurcha tubida esa ingichka va kalta xivchin joylashgan. Xivchinlar tebranishi natijasida ozig‘i og‘iz teshigiga qarab suriladi. Tun yog‘duchisining endoplazmasi o‘ziga xos tuzilgan. Sitoplazmaning asosiy qismi og‘iz teshigining ostki qismida, ya’ni markazda to‘plangan. Markaziy sitoplazmadan tana chetlariga qarab juda ko‘p ingichka sitoplazma ipchalari chiqadi.
Tananing asosiy qismi suyuq modda bilan to'ldirilgan vakuoldan iborat. Yadro markaziy sitoplazmada joylashgan. Sitoplazma ipchalarida juda ko‘p miqdorda yog‘ tanachalari bo‘ladi. Tun yog‘duchisining bunday o‘ziga xos tuzilishi plankton hayot kechirishga moslashishga imkon beradi. Sitoplazmaning vakuollari va yog‘ tanachalari tana solishtirma og'irligini kamaytiradi. Tun yog‘duchisi mexaniq yoki kimyoviy ta’sir bilan bezovta qilinganida o ‘zidan yog‘du chiqarish xususiyatiga ega. Tunda ketayotgan kema ortidan qoladigan yorug' iz ana shu hayvonlarning shu’lalanishidan hosil bo'ladi. Kema parraklari aylanganidan bezovta bo‘lgan tun yog'duchisi sitoplazmasidagi yog’ moddasi oksidlanib yog‘du chiqaradi.
Bu yog'du hayvonni shu’lalanishiga sabab bo‘ladi. Qalqondor xivchinlilar dengiz va chuchuk suv planktoni tarkibining asosiy qismini belgilaydi. Ular dunyo okeani biomassaning asosiy qismini tashkil etadi. Hamma qalqondorlar biosferadagi moddalar almashinuvida juda katta ahamiyatga ega.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin