K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə25/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71
УМК 2023 (2)

2. Evglenasimonlar (Euglenoidea) turkumi. Evglenasimonlar oziqlanish usuliga ko‘ra juda xilma-xil bo'ladi. Ular orasida fotosintez qiluvchi turlaridan tortib, haqiqiy hayvonlarga o'xshash vakillari bor. Chuchuk suv havzalarida, ayniqsa, kuchli ifloslangan suvlarda turli xil evglenalar uchraydi. Evglenalar sitoplazmasining sirtqi qavati qattiq pellikula qobiq hosil qiladi. Ayrim vakillari, masalan, evglenaning pellikulasi juda yupqa va elastik bo'lganidan ularning tanasi qisqarishi, cho'zilishi yoki egilishi mumkin. Fakus (Phasis)ning qobig'i qalin bo'lib, egiluvchan emas. Ko'pchilik turlari (evglenalar) pellikulasida chiziqli xoshiyalarni ko'rish mumkin.
Evglenalar tashqi muhit sharoiti o'zgarishi bilan bir xilda oziqlanishdan ikkinchi xil oziqlanishga o'tishi mumkin. Yorug'lik va zarur kimyoviy elemendar yetarli bo'lganida ular avtotrof oziqlanadi, ya’ni yashil o'simliklar singari fotosintez qiladi. Evglenalar organik moddalar yetarli bo'lgan qorong'i muhitga o'tkazilganda xloroffilni yo'qotib, rangsizlanadi. Endi ular atrofdagi muhitdan tayyor organik birikmalarni pellikulasi orqali shimib ola boshlaydi, ya’ni saprofit (geterotrof) oziqlanishga o'tadi. Agar bunday evglenalarni yana yorug' joyga chiqarilsa, qisqa vaqtdan so'ng ular yashil rangga kirib, avtotrof oziqlanishga kirishadi. Odatda organik birikmalar bilan ifloslangan suvlarda evglenalar bir vaqtning o'zida avtotrof
hamda geterotrof oziqlanishi mumkin. Shunday qilib, organik olarn taraqqiyotining tuban bosqichlarida hayvonlar bilan o'simliklarning ozigianish usuli o'rtasida keskin farq bo’lmaydi. Bu hodisa ularning bitta umumiy ajdoddan kelib chiqishini ko'rsatadi.
Evglenasimonlariing ayrim turlari xlorofilini tamoman yo'qotganligi sababli avtotrof oziqlanish xususiyatiga ega emas. Ulardan ba’ zilari saprofit oziqlansa, boshqalari esa (masalan, Peganema, Urceolus avlodi turlari) oziq moddalarni yutib, haqiqiy hayvonlar singari oziqlanishga o'tgan.
3. Fitomonadlar (Phytomonadina) turkumi. Bu turkumga kiruvchi xivchinlilarning vakillarida kosacha shakldagi bitta yirik yashil xromatofori
va bir juft xivchinlari bo'ladi. Ko'pchilik turlari chuchuk suvlarda ayrim turlari dengizlarda yashaydi. Ular orasida yakka va koloniya bo'lib yashaydigan turlari bor.
Ifloslangan chuchuk suv havzalarida 10-30 mkm kattaligidagi limon yoki tuxumga o'xshash ikki xivchinli xlarnidomonadalar urug'i vakillari ko'p uchraydi. Ular oqmaydigan ko'lmak va hovuz suvlarida juda tez ko'payib ketadi va suvni yashil rangga bo'yalishiga (ko'karishiga) sabab bo'ladi. Xlaminadomonada hujayrasida bitta yoki ikkita qisqaruvchi vakuoli joylashgan. Ayrim turlari tanasining oldingi qismida qizg'ish rangli kichkina stigmasi bo'ladi. Stigmani yorug'likni sezishga moslashgan organoid yoki “hujayra ko'zchasi” deb aytish mumkin. Xlaminadomonada jinssiz va jinsiy usulda ko'paya oladi. Jinsiy ko'payishdan oldin xivchinlarini yo'qotib, suv tubiga cho'kadi. Qobiq ichida tanasi 2 marta bo'linib, to'rtta hujayrani hosil qiladi. Hujayra qobig'i yorilgandan so'ng yosh hujayralar tashqi muhitga chiqib oladi, ularniig xivchinlari yangidan hosil bo'ladi; tanasi sirtiga qattiq po'st paydo bo'ladi. Jinsiy ko'payish vegetative hujayralarning gametalarga aylanishidan boshlaiadi. Gametalar juftlashib, zigotani hosil qiladi. Zigota xivchinini yo'qotib yumaloqlanadi. Po'st ichida zigota ikki marta bo'linib, to'rtta yosh xlaminadomonadani hosil qiladi.Ular xivchinlar hosil qilgandan so'ng mustaqil yashashga o'tadi.
Fitomonadlar orasida koloniya hosil qiluvchi turlari ham keng tarqalgan. Koloniya bir nechtadan bir necha minglab hujayralardan tashkil topgan. Kolonial fitomonadlardan chuchuk suvlarda volvokslar, eudorina, pandorina, gonium ko'p uchraydi. Ularning har qaysi hujayrasining tuzilishi xlaminadomonadaga o'xshab ketadi.



Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin