K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə33/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71
УМК 2023 (2)

Nazorat uchun savollar

  1. Mikrosporidiyalar orasida parazit chuvalchanglar va bo’g’imoyoqlilarda parazitlik qilib, ularni yoppasiga qirilib ketishiga sabab bo’luvchi nechta turi mavjud?

  2. Nosema apisga chalingan arilar qanday kasalga duchor bo’ladi?


12-ma’ruza. Miksosporidiyalar tipining umumiy tavsifi
Reja:

  1. Miksosporidiyalarning tuzilishi va ko’payishi

  2. Miksosporidiyalarning ayrim vakillarining tuzilishi.

Miksosporidiyalar tipi ikki sinf: miksosporalilar (Myxosporea) va aktinomiksidlar yoki aktinosporalilar (Actiriosporea) sinflarini o’z ichiga oladi. Umurtqasiz hayvonlar va tuban umurtqalilar (asosan, baliqlar, halqali chuvalchanglar, ba’zan sudralib yuruvchilar) tana bo’shlig’i, to’qimalar va hujayralarida parazitlik qiladi. Hayot sikli parazitlik qiluvchi vegetativ stadiya (trofont) va tarqalish uchun xizmat qiluvchi sporalik stadiyalarini o’z ichiga oladi. Parazitlik qiluvchi stadiyasi ikki tipdagi (vegetativ ham generativ) hujayralardan iborat. Miksosporidiyalar asosan jinssiz ko’payadi. Generativ hujayralardan reduktsion (meyoz) bo’linish natijasida juda ko’p sporalar hosil bo’ladi. Sporalarda spiral o’ralgan otiluvchi ipchasi, kapsula va amyobasimon, ko’pincha ikki yadroli murtagi (sporozoiti) bo’ladi. Sporalar xo’jayin organizmiga tushib qolganida otiluvchi iplar kapsuladan otilib chiqib, sporani ichak devoriga yopishib olishiga yordam beradi.


Miksosporidiyalar yaqin vaqtgacha knidosporidlar tarkibiga kiritilib kelingan edi. Hozirgi sistematikada knidosporidiyalar miksosporidiyalarning sinonimi hisoblanadi.
Miksosporalilar (Myxosporea) sinfi
Miksosporalilar yoki shilimshiq sporalilarga asosan baliqlarda, ba’zan sudralib yuruvchilarda parazitlik qiluvchi bir necha yuz tur kiradi. Ular tabiatda juda keng tarqalgan, hamma suv havzalarida uchraydi. Ayrim miksosporalilar baliqlar, ayniqsa, baliq chavoqlari (yosh baliqlar) da og’ir kasallik paydo qiladi va baliqchilik xo’jaliklariga katta ziyon keltiradi.
Miksosporalilar to’qimalar va tana bo’shlig’ida yashaydi, har xil organlar, jabralar, teri, muskullar, o’t va siydik pufaklari, tog’ay va boshqalarni zararlaydi. Organlar bo’shlig’ida uchraydigan voyaga yetgan miksosporalilar ko’p yadroli amyobaga o’xshash bo’ladi. Ularning kattaligi bir necha mkm.dan 2 sm.gacha keladi. To’qimalarda parazit 1-2 sm va undan ham yirikroq sistali shishlar hosil qiladi. Sistalari ko’p yadroli bo’lib, plazmodiy tanasi bilan to’lgan. Yadrolari ikki xil: vegetativ va generativ yadrolarga bo’linadi. Vegetativ yadrolari o’sish va moddalar almashinuvi, generativ yadrolar esa ko’paysh funktsiyasini bajaradi. Generativ yadrolar atrofiga sitoplazma ajralishi natijasida juda ko’p generativ hujayralar hosil bo’ladi. Bu hujayralar plazmodiy tanasida harakatlanish xususiyatiga ega bo’ladi. Generativ hujayralar yadrosining bir necha marta bo’linishi natijasida ko’p yadroli sporoblastlar shakllanadi.Har bir sporoblast ichida 2 tadan ko’p yadroli spora hosil bo’ladi.
Miksosporalilar sporasi juda xilma-xil va murakkab tuzilgan bo’lib, ko’pincha ikki, ba’zan 3-6 qavatli bo’ladi. Spora ichida otuvchi kapsulasi, kapsula ichida esa otiluvchi ip o’rami joylashgan. Sporaning bo’shlig’ida esa ikki yadroli amyobasimon murtagi joylashgan. Shu sababli bunday sporani daf’atan ko’p yadroli deyish mumkin.
Sporalarning tashqi tomondan qattiq po’st bilan qoplangan va ko’pincha uzun o’simtalari bo’ladi. Baliq tanasidan suvga tushgan sporalarni boshqa baliqlar yutishi mumkin. Ichakda ovqat hazm qilish shirasi ta’sirida otiluvchi ipchalar kapsuladan otilib chiqib, ichak devoriga sanchiladi. Sporaning tavaqalari ochilib, amyobaga o’xshash parazit chiqadi va ichak epiteliysi orqali qonga o’tib oladi. Parazit qon orqali turli organlarga boradi. Uning yadrolari bo’linishi natijasida ko’p yadroli plazmodiy hosil bo’ladi. Keyinchalik plazmodiyda generativ yadrolar shakllanadi va spora hosil bo’ladi.
Miksosporidiyalarning generativ va vegetativ yadrolari diploid xromosomali bo’ladi. Faqat spora hosil bo’lish jarayonida meyoz natijasida yadrolar gaploid bo’lib qoladi. Buning natijasida spora hosil qiluvchi yadrolar (shu jumladan amyobasimon murtak, otuvchi kapsula va tavaqalarning yadrolari) gaploid bo’ladi. Faqat amyobasimon murtakning spora ichidan chiqishidan oldin murtak yadrolari juft-juft bo’lib qo’shilishi natijasida diploid yadro hosil bo’ladi. Jinsiy ko’payish ana shunday sodir bo’ladi va uni avtogamiya deyiladi.
Shunday qilib, jinsiy ko’payish xususiyati hamda hayot siklida yadrosining gaploid va diploid fazalari nisbati o’ziga xos bo’lishi bilan miksosporidiyalar boshqa sporalilardan keskin farq qiladi. Ularda xivchinli stadiyasi bo’lmaydi. Bu bilan miksosporidiyalar boshqa sporalilarga o’xshab xivchinlilarga emas, balki soxtaoyoqlilarga yaqin turadi.
Bir qancha miksosporidiyalar turi baliqlarning ko’plab nobud bo’lishiga sabab bo’ladi. Gulmoy forel o’stiriladigan xo’jaliklarga miya miksozomasi (Myxosoma serebralis) katta ziyon keltiradi. Parazit yosh baliqlar tog’ay to’qimasini zararlab, ularning umurtqalarini qiyshayishiga sabab bo’ladi. Yarim halqa naylari zararlanishi natijasida baliqlarning tana muvozanati buziladi. Ular o’z o’qi atrofida aylana boshlaydi va halok bo’ladi. Kudoa (Kudoa) urug’iga kiruvchi miksosporidiyalar ovlanadigan dengiz baliqlariga katta ziyon keltiradi. Bu parazitlar baliq muskullarini avtolizi (yemirilib, suyuqlanishi) ga sabab bo’ladi. Kasallangan baliqlar iste’mol qilishga yaramaydi.
Aktinomiksidlar yoki aktinosporalilar (Actinosporea) sinfi vakillari halqali chuvalchanglar va sipunkulidlarda parazitlik qiladi. Ular miksosporalilardan sporasining yanada ham murakkabroq tuzilishi bilan farq qiladi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin