K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor


Sarkosporidiyalar (Sarcosporidia), yani go'sht sporalilari



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə31/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71
УМК 2023 (2)

Sarkosporidiyalar (Sarcosporidia), yani go'sht sporalilari turli uy hayvonlari (qora mollar, cho'chqalar, parrandalar) va bir qancha yovvoyi hayvonlar muskullarida parazitlik qiladi. Ular go'shtda uzun xalta shaklda 0,5-5 mm kattalikdagi sistalar hosil qiladi. Sistalar ichida yuzlab chuvalchangsimon bir yadroli merozoitlarbo'ladi. Go'sht sporalilarining hayot sikli koksidiyalarga o'xshab ketadi, lekin rivojlanishi ikkita xo‘jayinda o ‘tadi. 0 ‘txo'r sut emizuvchilar va parrandalar
parazitning oraliq xo'jayini hisoblanadi. Ular organizmida parazit jinssiz shizogoniya yo'li bilan ko'payadi. Yirtqich hayvonlar (mushuklar, itlar) va odamlar asosiy xo'jayin bo'lib, ular organizmida parazitning jinsiy bo'g'imlari rivojlanadi. Go'sht bilan asosiy xo'jayin organizmiga tushgan sistalardan juda ko'p sistozoidlar chiqadi va ular ichak epiteliysi hujayralariga kirib oladi. Hujayra ichida mikro va makrogamontlar, ulardan esa mikro va makrogametalar yetishib chiqadi. Urug‘lanishdan keyin hosil bo'lgan zigota ustiga po‘st chiqarib oosistaga aylanadi. Har bir oosista ichida 2 tadan spora hosil bo'ladi. Yem bilan oraliq xo'jayin organizraiga tushgan oosistalardan sporozoitlar chiqadi. Sporozoitlar qon orqali qon
tomirlari devori (endoteliy)ga, so'ngra muskullarga o'tib oladi. Bu yerda ular yuqorida ta’riflangan endodiogeniya orqali tez ko'payish orqali xaltaga o'xshash yirik sistalarni hosil qiladi. Go'sht sporalilari bilan zaharlangan hayvonlarda odatda kasallanish alomatlari kam seziladi. Ayrim hollarda parazit organizmda juda tez ko'payib ketganida kasallanish alomatlari paydo bo'lishi mumkin.
2. Qon sporalilari (Haeniosporidia) turkumi. Qon sporalilari xo'jayin almashtirib rivojlanadigan bir necha o'nfab turlarni o'z ichiga oladi. Ularning jinsiy ko'payishi qon so'ruvchi chivinlar ichagida, jinssiz ko'payishi esa odam va boshqa umurtqalilar (qushlar, sutemizuvchilar, sudralib yuruvchilar) organizmida boradi. Chivinlar ularning asosiy xo'jayini, odam vaumurtqali hayvonlar esa oraliq xo'jayini hisoblanadi. Qon sporalilarining sporogoniyasi (spora ichida ko'payishi) tashqi muhitda emas, balki odatda chivinlar organizmida boradi. Bu hasharotlar qon sporalilarini tashuvchilar hisoblanadi.
Bezgak plazmodiysi (Plasmodium vivax) ning hayot sikli. Plasmodium urug'iga odamda parazitlik qiluvchi to'rtta tur kiradi. Bu plazmodiylarning hayot sikli bir-biriga o'xshash bo'lib, quyidagicha boradi.
Bezgak chivini (Anopheles)ning urg'ochisi odam qonini so'rganida (erkak chivinlar qon so'rmasdan, balki gul nektari bilan oziqlanadi) odam qoniga bezgak plazmodiysining juda ko'p sporozoitlari o'tadi. Plazmodiy sporozoitlari 5-8 mkm keladigan juda kichik chuvalchangsimon bir yadro hujayralar bo'lib, tuzilishi koksidiyalarning sporozoitlarigao'xshaydi. Lekin konoidi bo'lmaydi. Sporozoitlar qon oqimi bilan butun tanaga tarqalib ketadi.
Ular jigar va qon tomirlari endoteliysi (ichki qoplarna qavati) hujayralariga kirib olib, trofozoit va shizont stadiyalarini o'taydi. Jinssiz ko'payish (shizogoniya) natijasida shizontlardan juda ko'p bir yadroli hujayralar merozoitlar hosil bo'ladi.
Merozoitlar endi zararlangan organning boshqa hujayralariga va qon eritrotsitlariga kirib olib o'sadi. Parazitning eritrotsitlar gemoglobini hisobida oziqlanib о‘sadigan stadiyasi trofozoitlar deyiladi. Rivojlanishning boshlanish davrida trofozoitlar tanasining markazida vakuol bo'lganligi sababli uzuk shaklida ko'rinadi. Keyinroq vakuol astasekin yo'qoladi va parazit amyobasimon shaklga kiradi. Trofozoitlardan bo'linib ko'payuvchi shizontlar hosil bo'ladi. O'sayotgan trofozoitlarda koksidiyalar merozoitlaridagiga o'xshash ultratsitostora bo'lishi aniqlangan. Shizontlar eritrotsit hujayrasini to'ldirib oladi. Parazit eritrotsitlar gemoglobinining bir qismini hazm qiladi; hazm bo'lmasdan qolgan qismi esa qoramtir pigment melaninga aylanadi. Har qaysi eritrotsitlardagi har bir shizont bo'linib (shizogoniya) 10-20 merozoit hosil qiladi. Merozoitlar eritrotsitlarni yemirib, qon plazmasiga chiqadi va yangi eritrotsitlarga kirib oladi. Jinssiz ko'payish yana takrorlanadi.
Eritrotsitlar yemirilganida qonga melanin bilan birga zaharli moddalar almashinuv mahsulotlari chiqariladi. Zaharli mahsulotlar ta'sirida odam organizmida moddalar almashinuvi o'zgarib, tana harorati keskin ko'tariladi va bezgak huruj qila boshlaydi. Bir necha marta jinssiz ko'payish (shizogoniya) siklidan keyin parazit ko'payishdan to 'xtaydi. Eritrotsitlarga kirgan merozoitlar o'sib, shizontlarni emas, balki bo'linmaydigan gametotsitlar, ya’ni gamontlar (gameta hosil qiluvchi hujayralar)ni hosil qiladi. Eritrotsitlardagi gametotsitlar ikki tipda: birmuncha yirik makrogametotsitlar va kichikroq mikrogametotsitlar bo'ladi. Gametotsitlarning bundan keying rivojlanishi faqat bezgak chivini (Anopheles) tanasida davom etadi.
Urg'ochi chivin qon so'rganida uning ichagida makrogametotsitlar yirik makrogametalarga aylandi. Mikrogametotsit yadrosi bo'linib, 5-6 ta chuvalchangsimon harakatchan va mayda mikrogametalarni hosil qiladi. Chivin ichagi bo'shlig'ida mikro va makrogametalar qo'shilishadi va urug'lanish sodir bo'ladi. Hosil bo'lgan zigota juda harakatchan bo'lgani sababli ookineta deyiladi. Zigota chivin ichagi devorini teshib kiradi va uning ustki, tana bo'shlig'iga qaragan tomoniga o'tib oladi. Bu yerda zigota elastik po'st bilan o'ralib, oosistaga aylanadi. Oosista ichak devorida juda tez o'sadi, uning hajmi bir necha yuz barobar kattalashadi. U o'sgan sayin yadrosi ham ko'p marta bo'lina boradi. Bu jarayon oosista ichida juda mayda (14 mkm gacha) ingichka bir yadroli ko'p sonli (bitta oosistada 10 minggacha) harakatchan sporozoitlarni hosil bo'lishi bilan tugallanadi. Oosista qobig'i yorilgandan so'ng sporozoitlar tana bo'shlig'i suyuqligi (gemolimfa) ga chiqadi. Tana suyuqligidan sporozoitlar pashshaning so'lak bezlariga, so'ng so'lak chiqaruvchi naylarga о 'tib oladi. Chivin chaqqanda parazitlar yana odam qoniga o'tadi va jinssiz sikl qayta boshlanadi. Shunday qilib, bezgak plazmodiylarining hayot sikli faqat xo'jayinlar (chivin va odam) organizmida o'tadi. Shuning uchun u noqulay tashqi muhitdan himoyalanishga imkon beruvchi qattiq po'st bilan qoplangan spora hosil qilmaydi.
Odam organizmida bezgak kasalini paydo qiluvchi Plasmodium avlodining
4 turi (P.vivax, P.malariae, P.falciparum, P.ovale) uchraydi. Ular bir-biridan ayrim morfologik va biologik xususiyatlari bilan farq qiladi. P.malariae turidajinssiz sikl, binobarin bezgakning huruj qilishi har 72 soatda takrorlanib turadi. Shuning uchun bu tur paydo qiladigan kasallik 4kunlik bezgak deyiladi. P.vivax juda keng tarqalgan qon paraziti bo'lib, shizogoniya har 48 soat davom etadi, bezgak ham har 3 kunda huruj qilib turadi. P.falciparum parazitida shizogoniya 24 yoki 48 soat davom etadi, lekin bezgak xuruji uzoq davom etishi sababli eng xavfli hisoblanadi. P.falciparum paydo qilgan kasallik tropik bezgak deb ataladi. P. ovale faqat Afrikada uchraydi. Bezgak plazmodiysi odam qoniga o'tgandan so‘ng kasallik alomatlari paydo bo'lguncha birmuncha vaqt o ‘tadi. Bu vaqt kasallikning yashirin, ya’ni inkubatsiya davri deyiladi. Bezgak kasalligining inkubatsiya davri odatda 2 hafta,ba’zan 6 oygacha va undan ko'proq ham davom etadi.
Kasallik haroratning juda tez va keskin (40°va undan yuqori) ko’tarilishi bilan boshlanadi. Birozdan so’ng harorat yana me’yorga keladi, lekin isitmalash har doim ma’lum vaqt (24, 48 yoki 72 soat) o'tgandan so’ng takrorlanib turadi. Bezgak huruji shizogoniya natijasida hosil bo’lgan merozoitlarning eritrotsitlardan qon zardobiga chiqish davriga to’g’ri keladi.
Merozoitlarning eritrotsitlarga kirib olgandan so’ng yangi shizogoniyaga qadar kasallik xuruji to’xtaydi. Bezgak kasalligida ko’pincha anemiya (kamqonlik) paydo bo’ladi. 1 mm3 qondagi eritrotsitlar soni normadagi 5 mlndan bir mln.gacha tushib qoladi. Kasallangan kishining qoni, jigari va talog’ida melanin to’planib qoladi. Jigar shishib ketadi.
Bezgak yer yuzida eng keng tarqalgan kasalliklardan biri bo’lib, asrlar davomida juda ko’p odamlarning yostigini quritgan. 19-acp oxirigacha kasallikning sabablari noma’lum bo'lib kelgan. Faqat 19 -asr oxirida va 20-asr boshlarida bezgak paraziti aniqlanib, uning hayot sikli o'rganilgach, kasallikka qarshi kurash olib borish imkoni tug'ildi. Bezgak kasalligi XIX asrning oxiri va XX asming 40-yillarigacha Kavkaz, O’rta Osiyo, Volga havzasining o'rta va quyi oqimi va Ukrainada juda keng tarqalgan edi. 1935 yilda mazkur hududlarda 9 mln. kishi bezgakka chalinganligi ma’lum.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin