K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə30/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71
УМК 2023 (2)

Nazorat uchun savollar

  1. Arxegregarinalar tuzilishi qay tartibda bo’ladi?

  2. Neogregarinalar tuzilishi qay tartibda bo’ladi?



10-ma’ruza. Koksidiyasimonlar (Coccidiomorpha) sinfining umumiy tavsifi
Reja:



  1. Qon sporalilari (Haeniosporidia) turkumi

  2. Sarkosporidiyalar (Sarcosporidia), yani go'sht sporalilarining tuzilishi

Koksidiyasimonlar sinfi juda xilma-xil tuzilgan 2400 ga yaqin turni o ‘z ichiga oladi. Har xil halqali chuvalchanglar, mollyuskalar, bo‘g‘imoyoqlilar va umurtqali hayvonlarda parazitlik qiladi. Koksidiyasimonlar hujayra ichida parazitlik qilishi bilan gregarinalardan farq qiladi. Ko'pchilik turlarining hayot sikli jinssiz va jinsiy ko'payish hamda sporogoniyaning qonuniy gallanishi orqali boradi. Xo'jayin almashtirmasdan rivojlanadigan turlarida sporogoniya tashqi muhitda boradi. Xo'jayin almashtirib rivojlanadigan turlarida esa sporogoniya va jinssiz ko'payish boshqa-boshqa xo'jayinlar organizmida rivojlanadi. Jinsiy ko'payishi har xil kattalikdagi gametalarning kopulyatsiyasi (anizogamiya) orqali sodir bo’ladi. Makrogameta (tuxum hujayrasi) gamontning bo'linmasdan to'g'ridan - to'g'ri o'sishi natijasida, mikrogametalar esa gamont (gametoid) ning ko‘p marta bo’linishi orqali hosil bo’ladi.


Koksidiyasimonlarning bir qancha turlari uy hayvonlari, parrandalar va baliqlarga katta ziyon yetkazadi. Ular orasida bitta turi odamda ham parazitlik qiladi. Quyida koksidiyasimonlarning eng muhim turkumlari va turlari keltiriladi.
1. Koksidiyalar (Coccidiida) turkumi. Koksidiyalar hayvonlarning ichagi, jigari, buyragi va boshqa organlari epiteliy hujayralari ichida parazitlik qiladi. Tanasi yumaloq yoki oval shaklida. Jinssiz va jinsiy ko‘payishi doimo to‘g ‘ri gallanib turadi. Jinssiz ko'payishi ko‘p marta bo‘linish (shizogoniya) yoki endodiogeniya deb ataladigan ikkigabo‘linish orqali sodir bo'ladi. Koksidiyalarning hayot sikli xilma-xil bo’lib, ayrim turlari faqat bitta xo'jayinda parazitlik qiladi, sporogoniya davri batamom yoki qisman tashqi muhitda o'tadi. Xo'jayin almashtirib rivojlanadigan koksidiyalarning jinssiz ko‘payishi bitta xo‘jayinda, jinsiy ko'payishi va sporogoniyasi boshqa bir xo‘jayinda sodir bo'ladi. Quyida Eimeria, Toxoplasma
va Sarcocystia urug'lariga mansub bo'lgan koksidiyalarning hayot siklini ko'rib chiqamiz.
Eymeriya (Eimeria) koksidiyalari. Eymeriya urug'ining juda ko'p turlari har xil umurtqali hayvonlar, quyon, echki, qo'y va yirik shoxli mollar, uy parrandalarida parazitlik qiladi. Hayvonlar koksidiyalarning oosistalarini suv yoki yem orqali yuqtiradi. Oosistalar juda kichik bo'ladi. Quyonlarda parazitlik qiladigan eymeriya oosistalari uzunligi 12 mkm dan 35 mkm ga yetadi. Har bir oosistada 4 tadan sporoblast (sporosista) bor. Har qaysi sporosista ichida esa 2 tadan ingichka chuvalchangsimon harakatchan sporozoitlar bo'ladi. Oziq yoki suv bilan ichakka tushgan oosistalar va sporosista!ar qobig'i yemirilib, sporozoitlar ichak bo 'shlig 'iga chiqadi. Sporozoitlar faol harakatlanib, ichak, jigar, oshqozonosti bezi hujayralariga
kirib oladi va oziqlanib o'suvchi stadiya - trofozoitlarga aylanadi. Trofozoitlar tez o'sib yiriklashadi. Ularning yadrosi ko'p marta ketma-ket bo'linib, ko'p yadroli shizontlarni hosil qiladi. Shundan so'ng shizontlar bo'linib, ko'p sonli (32 ta gacha) merozoitlarnihosil qiladi. Ko'p marta bo 'linish orqali jinssiz ko 'payish shizogoniya deyiladi. Shizogoniya natijasida hosil bo'lgan merozoitlar ichak bo'shlig'iga chiqib, qo'shni hujayralarga kirib oladi va jinssiz ko'payish yana takrorlanadi. Shizogoniya
natijasida parazitlarning soni keskin ko'payib ketadi. Jinssiz ko'payish 4-5 marta takrorlangandan so'ng merozoitlardan jinsiy hujayralar (gametalar) hosil bo'la boshlaydi. Bu quyidagicha sodir bo'ladi. Hujayralarga kirib olgan merozoidar jinsiy hujayralar (gametalar) ni hosil qiluvchi gamontlarga aylanadi. Gamontlardan bir qismi (makrogamontlar) bo'linmasdan o'sib yetiladi va makrogameta (tuxum) ni hosil qiladi. Ikkinchi qismi (mikrogamontlar) o‘sib yetilgandan so'ng yadro va sitoplazmasi ko'p marta bo‘linib, juda ko 'p sonli mayda mikrogametalar (spermatozoidlar) ni hosil qiladi. Spermatozoidlarning tanasi cho 'ziq bo 'lib, ikkita uzun xivchini yordamida faol harakat qiladi. Spermatozoidlardan biri tuxum hujayrasi ichigakirib, uning yadrosi bilan qo'shilishi natijasida urug'lanish sodir bo'ladi. Zigota o'zidan ikki qavadi mustahkam qobiq ishlab chiqarib, oosistaga aylanadi. Oosistaning bundan keyingi rivojlanishi organizmdan tashqarida boradi. Tashqi muhitda oosista yadrosi ikki marta bo'linadi; har qaysi yadro bo'lagi sitoplazma bilan o'ralib, to'rtta sporoblast hosil bo'ladi. Qattiq po‘st bilan o'ralgan sporoblastlar sporalar (yoki sporosistalar) deyiladi. Har bir sporaning yadrosi yana bo'linib, ikkita sporozoitni hosil qiladi. Oosista ana shu davrda invaziyali (zararlaydigan) bo'lib qoladi. Ana shu tarzda, har bir invaziyali oosistadan 4 tadan sporalar va har qaysi sporada 2 tadan sporozoitlar bo'ladi. Invaziyali oosista hayvonlarning ichagiga tushganida sporalardan va oosistadan sporozoitlar chiqib, rivojlanish yana qaytadan boshlanadi. Elektron mikroskopda olib borilgan tekshirishlarda koksidiyalarning ancha murakkab tuzilganligi aniqlangan. Ularning tanasi uchta membranadan tashkil topgan pellikula bilan qoplangan. Pellikula ostida esa naysimon fibrillar sistemasi (subfibrillar mikronaychalar) joylashgan. Merozoitlar va sporozoitlar juda kichik (8 mkm), bir-biriga o'xshash tuzilgan hujayralardan iborat. Ularda ham hamma hujayralarga xos bo'lgan organoidlar bilan bir qatorda maxsus organoidlar: konoid, roptriyalar, mikronemalar va boshqalar bo'lishi aniqlangan. Konoid hujayraning oldingi qismida joylashgan keng halqa bo'lib, xo'jayin organlari hujayrasiga kirib olishda parazit uchun tayanch vazifasini bajaradi. Roptriyalar esa parazitning hujayraga kirishini osonlashtiradigan suyuqlik
saqlovchi xaltacha hisoblanadi. Sporozoitlar yoki merozoitlar xo'jayin hujayrasi bilan kontaktda bo'lganida roptriyalar ichidagi suyuqlik tashqariga to'kiladi. Roptriyalarning soni har xil turlarda 2 tadan 14 tagacha bo'lishi mumkin. Mikronemalar roptriyalar bilan bog'langan tolachalardan iborat, ularning soni 10-12 ta bo'ladi. Mikronemalarning funksiyasi yaxshi aniqlanmagan; ular ham roptriyalar singari qandaydir modda ajratishi to'g'risida taxmin qilinadi.
Koksidiyalar rivojlanishining hamma stadiyalarida (mikrogametalardan tashqari) tanasining oldingi yarmisida faqat elektron mikroskopda ko ‘rinadigan mikroporalar borligi aniqlangan. Mikroporalar pellikulaning botib kirishidan hosil bo'lgan. Poralarda faqat bitta tashqi membrana bor; ikkita ichki membranasi bo'lmaydi. Taxmin qilinishicha, mikroporalar hujayra og'izchalari (mikrotsitostomlar) funksiyasini o'taydi. Ular orqali hujayra ichiga xo'jayin organizmidan oziq moddalar o'tadi. Shunday qilib, koksidiyalar hujayra ichida parazitlik qiluvchi boshqa organizmlar singari butun tana yuzasi orqali, ya’ni osmotik oziqlanmasdan, og'izchasi orqali, oziqni so'rib oladi.
Koksidiyalar orasida eymeriya avlodi vakillari turli uy hayvonlariga parazitlik qilib, katta ziyon keltiradi. Koksidiyalar keltirib chiqaradigan kasalliklar koksidioz deyiladi. Eimeria magna, E.perforans, E. intestinalis va boshqalar quyonlarda juda xavfli koksidioz paydo qiladi. Bu kasallik ayniqsa, yosh quyonlar uchun xavfli bo‘lib, ko‘pincha ularning yoppasiga qirilib ketishiga sabab bo'ladi. E.tenella va yana 8 turga mansub koksidiyalar tovuqlarda parazitlik qiladi. Kasallik jo'jalarni о‘lib ketishiga sabab bo‘lisli bilan parrandachilikka katta ziyon keltiradi. E.ziimi, E.smithi va boshqalar (10 tur) yirik shoxli mollarga, ko'proq yosh buzoqlarga ziyon
keltiradi. E.bovis qoramollarda qonli ichburug1 paydo qiladi. Baliqchilik ho‘jaliklarigaesakarp koksidiyasi E.carpelli ziyon keltiradi. Koksidioz kasalliklariga qarshi kurash koksidiyalarni yem yoki suv bilan hayvonlarga yuqishining oldini olishga qaratilgan profilaktik choralardan iborat.
Toksoplazma (Toxoplasma gondii) har xil qushlar va sut emizuvchilar, jumladan odamlarning jigari, talog'i, miyasi, qon tomirlari va boshqa organlarida parazitlik qiladi. Parazit dastlab 1908 yili fransuz olimlari Nikol va Manso tomonidan kemiruvchilarda aniqlangan edi. Uzoq vaqt davomida toksoplazmaning bir hujayralilar orasidagi sistematik о‘mi noma’lum bo'lib keldi. Faqat 1970 yili Daniya, Angliya va AQSH olimlari bir vaqtning o'zida toksoplazmaning rivojlanish siklini o'rganishganidan so'ng parazitni koksidiyalar turkumiga kirishi aniq bo'ldi.
Toksoplazmalarning hayot sikli xo ‘jayin almashtirish orqali boradi. Yarim oy shaklidagi trofozoitlarning eni 2-4 mkm, uzunligi 4-7 mkm bo‘ladi. Toksoplazmalar ham hujayra ichida parazitlik qiladi. Elektron mikroskopda tekshirilganida toksoplazmalar merozoitlari ham boshqa koksidiyalarga o'xshash bo'lishi aniqlandi. Toksoplazmalarning jinssiz ko'payishi endodiogeniya yo'li bilan boradi. Endodiogeniyada ikki yosh parazit ona organizm ichida rivojlanadi. Yosh parazitning organoidlari (konoidi, halqasi, roptriysi, mikronemalari va boshqalari) ona organizm ichida yadroning bo'linishi boshlanishi bilan bir vaqtda hosil bo'ladi. Yosh hujayralarning pellikulasi ona hujayra pellikulasidan hosil bo'ladi. Ana shunday ko'p marta ketma-ket bo'linish natijasida bir necha o'nlab merozoitlardan
iborat to'p hosil bo'ladi. Umumiy po'st bilan o ‘ralgan merozoitlar to'ri sista deyiladi. Bunday sistalar zararlangan organlarda yoki hayvonlar so'lagi, suti, siydigi, axlati va boshqa chiqindilarida bo'ladi. Hayvonlar sistalarni yutganida yoki kasal hayvonlarni yeganida parazitni yuqtiradi. Sistalar organizmga terining jarohatlangan joylaridan ham o'tishi mumkin.
Sut emizuvchilarda esa toksoplazmalar yo'ldosh orqali ona organizmdan embrionga o'tadi. Ayrim hollarda toksoplazmalar qon so 'ruvchi kanalar orqali ham yuqishi mumkin.
Toksoplazmalarning jinsiy ko'payishi faqat mushuklar organizmida kuzatilgan. Mushuklar kasal kemiruvchilardan parazitni yuqtiradi. Mushuk organizmida toksoplazmaning hayot sikli, boshqa koksidiyalarda bo‘lganidek jinsiy ko'payish va sporosistalar hosil bo'lishi bilan tugallanadi. Shunday qilib mushuklarni toksoplazmalarning asosiy xo'jayini, boshqa hamma hayvonlarni esa oraliq xo'jayinlar deyish mumkin. Lekin toksoplazmalarning hayot sikli boshqa sporalilarnikiga (masalan, bezgak plazmodiysiga) o'xshamaydi, chunki jinsiy va jinssiz ko'payish to'g'ri gallanib turmaganligi tufayli hayot siklida asosiy va oraliq xo'jayinlar bo'lmaydi.
Toksoplazmalar hayot siklida jinssiz ko'payish ustun turadi. Toksoplazmalar hayvonlarga har xil ta’sir ko'rsatadi. Ayrim hayvonlar kasallikka berilmaydi; boshqalari esa juda ta’sirchanligi tufayli halok bo'lishi mumkin. Odamlarning toksoplazmoz bilan zararlanishida uy hayvonlari, ayniqsa, mushuklar katta o'rin tutadi. Mushuklar bu kasallik bilan eng ko'p zararlanadi. Bir qancha hollarda ularkasallikka chalinmasdan parazitni tashuvchi bo‘lib qoladi. Toksoplazmoz bilan kasallanish limfatik sistema, nerv sistemasi va ko‘zni shikastlanishiga sabab bo'ladi. Odam va boshqa sutemizuvchilar embrioni ona qomida toksoplazmoz bilan zararlanganida tushib ketadi yoki uning ayrim muhim organlari og'ir jarohatlanadi.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin