K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə29/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71
УМК 2023 (2)

Ko'payishi va hayot sikli. Jinssiz ko'payish faqat kam sonli arxegregarinalar
hamda neogregarinalar turkumlari vakillarida kuzatilgan. Asosiy ko'pchilik gregarinalar, xususan haqiqiy gregarinalar turkumi vakillari faqat jinsiy yo'l bilan ko'payadi. Jinsiy ko'payish quyidagicha boradi. Tanasi ma’lum bir kattalikka yetgan gregarinalar epimeritini yo‘qotadn; juft-juft bo'lib bir-biriga yopishib, sizigiy hosil qiladi. Sizigiy atrofiga umumiy qobiq (sista) hosil bo’ladi. Sizigiydagi har qaysi gregarinaning yadrosi mustaqil ravishda ko‘p marta mitoz yo'li bilan bo'linadi. Hosil bo'lgan yadro bo'lakchalari sitoplazma cheti bo'ylab joylashadi. Har qaysi yadrocha atrofiga biroz sitoplazma ajralib chiqishi natijasida juda ko'p jinsiy hujayralar (gametalar) hosil bo'ladi. Sitoplazmaning ishlatilmay qolgan qismi keyinchalik yo'qolib ketadi. Bitta sizigiyning har xil individlari (gamontlari) da hosil bo'lgan gametalar o'rtasida kopulyatsiya (juftlashish) sodir bo'ladi (juftlashadi). Gregarinalarda kopulyatsiya bir xil gametalar (izogamiya) yoki har xil kattalikdagi gametalarning qo'shilishi (anizogamiya) tariqasida sodir bo'lishi mumkin. Qo'shilish
natijasida hosil bo‘lgan zigota qattiq po'stga o ‘ralib oosistaga aylanadi.
Oosista ichida endi jinssiz ko‘payish sporogoniya sodir bo’ladi. Oosista yadrosi ketma-ket bo’linib, 8 ta kichik yadroni hosil qiladi. Bunda dastlabki ikki bo‘linish meyoz orqali sodir bo‘lganidan xromosomalar soni ikki baravar kamayadi. Oosista sitoplazmasi ham 8 bo’lakka ajraladi; ulardan juda kichik chuvalchangsimon tanachalar-sporozoitlar hosil bo’ladi. Ana shunday oosistalar boshqa hayvonlarga yuqishi mumkin. Yetilgan sistalar hayvonning axlati bilan chiqib ketadi. Bu sistalar boshqa hayvonlar ichagiga tushganida yorilib, ichidan sporozoitlar chiqadi. Sporozoitlar juda harakatchan bo‘lib, ichak hujayralariga kirib olib o‘sadi. Sporozoit tanasining hujayradan tashqarida qolgan qismi ayniqsa ko'proq cho‘ziladi. Asta-sekin epimerit, protomerit va deytomerit hosil bo‘lib, yangi
gregarina shakllanadi. Shundan so'ng bu jarayon yana takrorlanadi. Shunday qilib, gregarinaning rivojlanish siklini uch bosqichga bo ‘lish mumkin. Birinchi bosqichda gregarinalar voyaga yetadi. Ikkinchi bosqichda jinsiy hujayralar hosil bo‘ladi va uruglanish (kopulyatsiya) sodir bo’ladi. Uchinchi bosqichda zigota (oosista)lar rivojlanadi va sporozoitlar hosil bo‘ladi. Gregarinalar faqat umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qilgani sababli katta iqtisodiy ahamiyatga ega emas.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin