K. A. Saparov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Tabiiy fanlar fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor



Yüklə 1,37 Mb.
səhifə35/71
tarix16.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#114165
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71
УМК 2023 (2)

Nazorat uchun savollar

  1. Infuzoriyalarning yadrolarining tuzilishini ayting.

  2. Infuzoriyalarda qachon konyugatsiya amalga oshadi.



14-ma’ruza. Erkin yashovchi va parazit infuzoriyalar sinflariga umumiy tavsif
Reja:

  1. Erkin yashovchi infuzoriyalar sinflariga umumiy tavsif

  2. Parazit infuzoriyalar sinflariga umumiy tavsif



Erkin yashovchi infuzoriyalar. Ko'pchilik erkin yashovchi infuzoriyalar dengizlarda va chuchuk suv havzalarida hayot kechiradi. Ularning bir qismi suv planktonida muallaq yashaydi. Bentosda hayot kechiradigan infuzoriyalar orasida suv tubida yoki suv o'simliklarida o‘rmalab yuruvchi turlari ham ko'p uchraydi. Psammofil infuzoriyalar qirg'oq yaqinidagi qum zarralari orasidagi kapillyar namlikda yashashga moslashgan. Ularning tanasi ingichka va uzun bo'lib, oldingi qismida kipriklar yaxshi rivojlangan. Infuzoriyalar orasida o'troq yashovchi turlari ham bo'ladi. Ular maxsus poyacha orqali suv tubidagi predmetlar, mollyuskalar yoki qisqichbaqalar tanasiga yopishib oladi.
Ko‘pchilik infuzoriyalar bakteriyalar, chiriyotgan o'simliklar qoldiqlari va bir hujayrali suv о ‘tlari bilan oziqlanadi. Infuzoriyalar orasida haqiqiy o'txo'rlari ham bor. Masalan, chuchuk suv infuzoriyalaridan biri Nassulla omata faqat ipsimon ko'k-yashil suv o'tlari bilan oziqlanadi. Ayrim yirtqich infuzoriyalar о'zidan yirikroq tufelkalarni ham yutib yuborish qobiliyatiga ega. Yirtqich didiniy ning o'ljasi tufelkalardan bir necha marta kichik bo'ladi. Ayrim erkin yashovchi infuzoriyalarning uzunligi 1,5 mm.gacha yetadi. Ularni oddiy ko'z bilan ham ilg'ab olish mumkin. Infuzoriyalar bakteriya va ayrim suv o'tlari bilan oziqlanib, suv havzalaridagi oziq zanjirining muhim zvenosini tashkil etadi. Shuning bilan birga ularning о‘zi ham ko ‘pchilik umurtqasiz hayvonlar va yosh baliqchalar uchun
oziq bo‘ladi.
Infuzoriyalar orasida bir qancha turlari tuproqda uchraydi. Ular boshqa mikroorganizmlar bilan birga tuproqda boradigan biologik jarayonlarda muhim ahamiyatga ega. Infuzoriyalar va boshqa bir hujayrali hayvonlar tuproq mikroflorasi bilan juda murakkab bog‘langan. Ular boshqa bir hujayralilar, bakteriyalar va boshqa mikroorganizmlar bilan oziqlanish bilan birga ularning ko‘payishini jadallashtiruvchi biologik faol moddalar ishlab chiqarishi aniqlangan. G‘o‘za ekiladigan maydonlarda bu hayvonlar tuproq hosildorligiga ijobiy ta’sir qilishi ma’lum.
Kavsh qaytaruvchi hayvonlar oshqozonining oldingi qismida endodiniomorfa
turkumi (teng kipriklilar kenja sinfi) ga mansub bo'lgan 120 turga yaqin infuzoriyalar yashaydi. 1 sm3 oshqozon shirasida ularning soni 2 mln.gacha, bitta sigir oshqozonidagi massasi 1 kg.ga yetadi Infuzoriyalar oshqozonda kletchatkani hazm bo‘lishini osonlashtiradi. Shuning uchun ularni kavsh qaytaruvchi hayvonlar bilan simbioz yashaydigan xivchinlilar deyish mumkin.

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin