36-
mavzu. Fotonning iMpulsi. yorug‘lik bosiMi.
FotoEFFEktning tExnikada qo‘llanilishi
foton doimiy harakatda bo‘lganligidan, u p = m · c impulsga ega bo‘ladi.
Yuqori dagi munosabatni hisobga olsak, fotonning impulsi
ga teng
bo‘ladi.
formulani hisobga olib, fotonning energiyasi va impulsini to‘lqin
uzunligi orqali ifodalaymiz:
va
. (6–7)
agar, jism yuzasiga fotonlar oqimi tushayotgan bo‘lsa, u holda fotonlar
shu yuzaga impuls beradi va yorug‘lik bosimini vujudga keltiradi.
Maksvellning elektromagnit nazariyasiga binoan ham yorug‘lik biror
jism yuzasiga tushganda unga bosim bilan ta’sir qiladi. lekin, bu bosim juda
kichik qiymatga ega ekan. Maksvellning hisoblariga ko‘ra, Yerga tushayotgan
Quyosh nurining 1 m
2
yuzali absolut qora qismiga ko‘rsatadigan bosim
kuchi 0,48 μn ekan. Bunday kuchni ochiq Yer sharoitida qayd qilish juda
qiyin.
ilk bor yorug‘lik bosimini 1900-yilda rus olimi P. n. lebedev tajribada
o‘lchaydi. Buning uchun o‘ta nozik qurilma yasaydi. Bir yoki bir necha
juft qanotchalar bo‘lgan osma, juda ingichka ipga osilgan. ipga ko‘zgu
o‘rnatilgan bo‘lib, yupqa yengil qanotchalarning biri yaltiroq, ikkinchisi
qoraytirilgan. Yaltirog‘i yorug‘likni yaxshi qaytaradi, qoraytirilgani esa
yutadi.
sistema, havosi so‘rib olingan idish ichiga joylashtirilgan bo‘lib,
juda sezgir buralma tarozini tashkil qiladi. Osmaning burulishi ipga
mahkamlangan ko‘zgu va truba yordamida kuzatiladi. Osmaning burilish
burchagiga qarab, osmaga ta’sir etuvchi yorug‘likning bosim kuchi
aniqlanadi.
lebedevning natijalari Maksvellning elektromagnit nazariyasini tasdiqladi
va o‘lchangan yorug‘lik bosimi nazariy hisoblangan yorug‘lik bosimiga 20 %
xatolik bilan mos keldi. keyinchalik, 1923-yilda gerlaxning tajribalar asosida
o‘lchagan yorug‘lik bosimi nazariy hisoblangandan 2 % ga farq qildi.
144
fotonlar oqimining sirtga beruvchi bosimning formulasini quyidagicha
keltirib chiqarish mumkin. fotonning yuzaga urilish natijasidagi ta’sir kuchi
F
1
=
Δ( mc)
Δ t
ga teng. agar N ta foton urilsa, u holda F
k
= NF
1
=
NΔ( mc)
Δ t
.
Bu yerda: Δ( mc) – foton impulsining o‘zgarishi. agar yuza ideal yaltiroq
bo‘lsa, Δ( mc) = 2 mc ga, absolut qora bo‘lsa, Δ( mc) = mc ga teng.
Unda absolut qora yuzaga berilgan bosim
=
NΔ( mc)
S · Δ t
.
agar yuza yaltiroq bo‘lsa, p
1
=
N · 2 mc
S · Δ t
.
E = mc
2
dan
ekanligini hisobga olinsa, p =
NE
c · S · Δ t
.
Bu yerda
NE
S · Δt
= I – yuza birligiga vaqt birligida tushuvchi yorug‘lik
(to‘lqin) energiyasi yorug‘lik (to‘lqin) intensivligi I deyiladi.
U holda
. Bu Maksvellning elektromagnit to‘lqinlarning
modda yuzasiga tushgan dagi (absolut qora yuzaga) beradigan bosimining
formulasidir.
fotoeffekt hodisasiga asoslanib ishlaydigan asboblardan eng ko‘p
qo‘llaniladiganlari fotoqar shilikdir.
fotoqarshilikning asosini yuzasi nisbatan katta bo‘lgan, yorug‘likka sezgir
yarimo‘tkazgich tashkil qiladi. Uning sxematik ko‘rinishi va shartli belgisi
6.4-rasmda keltirilgan.
a)
b)
elektrod elektrod
elektrod
elektrod
6.4-rasm.
Xona temperaturasida yarimo‘tkazgichning qarshiligi juda katta va
undan juda kichik tok o‘tadi. Unga yorug‘lik tushishi bilan erkin zaryad
tashuvchilarining konsentratsiyasi ortadi, qarshiligi kamayadi. Tok kuchi ortadi.
145
fotoqarshiliklarning yutuqlari quyidagilar. Yuqori fotosezgirlik, uzoq
muddatda samarali ishlashi, o‘lchami kichikligi, tayyorlash texnologiyasi
murakkab emas, har xil to‘lqin uzunligida ishlaydigan yarimo‘tkazgichli
materialdan tayyorlanishi mumkinligidadir.
Uning kamchiliklaridan biri – qarshiligining o‘zgarishi yorug‘lik oqimiga
chiziqli bog‘liq emasligi bo‘lsa, ikkinchisi – temperaturaga sezgirligidir. shu
jumladan, uning inertligi katta, katta chastotalarda uning qo‘llanilishida qator
muammolar paydo bo‘ladi.
ichki fotoeffektga asoslangan fotoelementlar.
ichki fotoeffektga asoslangan p-n o‘tishli yarimo‘tkazgichli fotoele-
mentlar yorug‘lik energiyasini elektr energiyasiga aylantirishda qo‘llani ladi.
Quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi yarimo‘tkaz-
gich – kremniyli fotoelementlar keng qo‘llanil
moq
da va ular Quyosh
batareyalari nomini olgan.
yorug‘lik
p-tip
n-tip
si
– +
6.5-rasm.
Quyosh batareyasining asosini n-turdagi
kremniy plastinkasi tashkil qilib, uning barcha
tomonlari p-tipdagi kremniyning yupqa
(1–2- μm) qatlami bilan qoplangan (6.5-rasm).
elementning yuzasiga yorug‘lik tushi-
shi bilan yupqa p-tipdagi qatlamda elekt ron
kovak juftlari hosil bo‘lib, yupqa qatlamda
rekombinatsiyalanishga ulgurmasdan p-n
tip o‘tishli sohaga o‘tadi. p – n o‘tishli sohada zaryadlarning ajralishi ro‘y
beradi. hosil bo‘lgan maydon ta’sirida elektronlar n-sohaga, kovaklar
p-sohaga haydaladi. hosil bo‘lgan eYuk o‘rtacha hisobda 0,5 V gacha
bo‘ladi. 1 sm
2
yuzali bunday element iste’molchiga ulanganda 25 ma gacha
tok beradi.
kremniyli fotoelementlar sezgirligi yashil nurlar uchun maksimum, ya’ni
Quyosh nurlanishining maksimal qismiga to‘g‘ri keladi. shuning uchun ular
yuqori fik ga ega bo‘lib, odatda, 11–12 %, yuqori sifatli materiallarda 21–
22 % ga bo‘radi.
Quyosh batareyalari Yerdagi Quyosh elektrostansiyalaridan tashqari,
Yerning sun’iy yo‘ldoshlari va kosmik kemalarda elektr energiya manbayi
sifatida xizmat qiladi.
146
ichki fotoeffektga asoslangan va eng ko‘p qo‘llaniladigan asboblardan
biri yorug‘lik diodlari (yarimo‘tkazgichli lazerlar) dir. Bu bir yoki bir nechta
p – n o‘tishga asoslangan diod bo‘lib, undan elektr toki o‘tganda o‘zidan
yorug‘lik chiqaradi. Bu diod materialida elektronlarning miqdori hamda
harakatchanligi kovaklarga nisbatan kattaroq bo‘ladi. elektronlar n-sohadan
p-sohaga o‘tganda kovaklar bilan rekombinatsiyalashib, o‘zlaridan ortiqcha
energiyani nur sifatida chiqaradi.
Yarimo‘tkazgich materialining turiga bog‘liq holda nurlanish rangi
turlicha bo‘ladi.
O‘zbekiston fa akademigi M. saidov tomonidan 10 ga yaqin turli
nurla nishga ega bo‘lgan yorug‘lik diodlari yaratilgan hamda nazariyasi va
tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
avvallari fotoasboblar faqat kinotexnikada hamda fotoelektron
sanagichlarda qo‘llanilgan bo‘lsa, bugungi kunda yoritgichlarda, roboto-
texnikada, avtomatikada, fotometriyada, tungi ko‘rish asboblarida, Quyosh
elektrostansiyalarida hamda yorug‘lik nurlari yordamida amalga oshiriluvchi
ilmiy tadqiqotlarda keng qo‘llanilmoqda.
O‘zbekistonda Quyosh energiyasidan keng foydalanish maqsadida
1993-yilda “fizika-Quyosh” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi tashkil
etildi va keng ko‘lamda ilmiy-tadqiqot hamda amaliy izlanishlar olib
borilmoqda.
1. Fotorezistor nima va uning ishlashi qanday tamoyilga asoslanadi?
2. Ichki fotoeffektga asoslangan fotoelementning elektroenergiya
manbayi sifatida qo‘llanilish tamoyilini tushuntiring.
3. P. N. Lebedevning yorug‘likning bosimini o‘lchash tajribasini
tushuntiring.
4. Yorug‘lik bosimini yorug‘likning kvant tasavvuri asosida tushun-
tiring.
Masala yechish namunasi
1. agar metalldan elektronning chiqish ishi 7,6 · 10
-19
J va elektronning
kinetik energiyasi 4,5 · 10
-20
J bo‘lsa, yuzaga tushayotgan yorug‘likning to‘lqin
uzunligini aniqlang. h = 6,6 · 10
–34
J · s
147
B e r i l g a n:
f o r m u l a s i:
Y e c h i l i s h i:
E
k
= 4,5 · 10
–20
J
A = 7,6 · 10
–19
J
h = 6,6 · 10
-34
J · s
hv = A+ E
k
λ =
6,6·10
–34
J·s·3·10
8
m/s
≈ 2,46 ·10
–7
m.
7,6·10
–19
J +0,45·10
–19
J
Javobi: λ ≈ 2,46 · 10
–7
m.
Topish kerak:
λ = ?
6-mashq
1. 35 g modda 33 g antimoddaga qo‘shilib, 10
5
hz li elektromagnit
nurlanishga aylansa, nechta foton nurlanadi? (Javobi: 9 · 10
33
ta).
2. agar birinchi fotonning energiyasi ikkinchisinikidan 2 marta katta
bo‘lsa, birinchi fotonning impulsi ikkinchisinikidan necha marta farq qiladi?
(Javobi: 2 marta).
3. nisbiy sindirish ko‘rsatkichi n bo‘lgan shaffof muhitda fotonning
impulsi nimaga teng? (Javobi: hv/nc).
4. Massasi tinch holdagi elektronning massasiga teng bo‘lishi uchun
fotonning energiyasi (MeV) qanday bo‘lishi kerak? (Javobi: 0,51 MeV).
5. Chastotasi 10
17
hz bo‘lgan nurlanish ko‘zguga tik tushib, undan
qaytmoqda. fotonning uning qaytishdagi impulsi o‘zgarishining modulini
aniqlang (kg · m/s). h=6,6 · 10
–63
J · s. (Javobi: 4,4 · 10
–25
kg·m/s).
6. 100 sm
2
yuzaga minutiga 63 J yorug‘lik energiyasi tushadi. Yorug‘lik
to‘la qaytsa, uning bosimi nimaga teng? (Javobi: 7 · 10
–7
n/m
2
).
7. Yorug‘likni to‘la qaytaruvchi yuzada yorug‘likni to‘la yutuvchi yuzaga
nisbatan yorug‘lik bosimi necha marta katta bo‘ladi? (Javobi: 2 marta).
8. To‘lqin uzunligi 3 · 10
–7
m ga to‘g‘ri keluvchi yorug‘lik nuri kvantining
energiyasini aniqlang. (Javobi: 6,6 · 10
–19
J).
9. Metalldan elektronning chiqish ishi 3,3 · 10
–19
J bo‘lsa, fotoeffektning
qizil chegarasi v
0
ni toping. (Javobi: 5 · 10
14
hz).
10. Yorug‘likning to‘lqin uzunligi 5 · 10
–5
sm bo‘lsa, fotonning impulsini
aniqlang. (Javobi: 1,32 · 10
–27
kg · m/s).
11. foton energiyasi 4,4
·
10
–19
J bo‘lgan yorug‘likning muhitdagi
to‘lqin uzunligi 3 · 10
–7
m bo‘lsa, shu muhitning nur sindrish ko‘rsatkichini
aniqlang. (Javobi: n = 1,5).
148
12. fotoeffekt qizil chegarasi v
0
= 4,3 · 10
14
hz bo‘lgan moddaga to‘lqin
uzunligi 3 · 10
–5
sm bo‘lgan yorug‘lik tushsa, fotoelektronlarning kinetik
energiyasi nimaga teng (J)? ( Javobi: E
k
≈ 3,76 · 10
–19
J).
13. fotoelementning katodi v
1
chastotali monoxromatik yorug‘lik nuri
bilan yoritilganda fotoelektronlarning kinetik energiyasi E
1
ga, v
2
= 3 v
1
chastotali nur bilan yoritilganda fotoelektronlarning kinetik energiyasi E
2
ga
teng bo‘lgan. E
1
va E
2
larning nisbati qanday? ( Javobi: E
2
> 3 E
1
).
14. seziyli katodga to‘lqin uzunligi 600 nm bo‘lgan yorug‘lik
tushmoqda. elektronning katoddan chiqish ishi 1,8 eV ga teng bo‘lsa,
yopuvchi kuchlanishning qanday qiymatida ( V) fototok to‘xtaydi?
h =4 ,1 · 10
–15
eV · s. ( Javobi: U
yo
= 0,25 V).
15. Quvvati 100 W bo‘lgan yorug‘lik manbayi har 2 sekundda
2,5 · 10
20
ta foton nurlaydi. Yorug‘likning to‘lqin uzunligini aniqlang.
h=6,6 · 10
–34
J · s . (Javobi: λ ≈ 2,5 · 10
–7
m).
16. Chastotasi 10
16
hz bo‘lgan yorug‘lik nuri ko‘zguga tushib, to‘la
qaytmoqda. Yorug‘likning qaytish jarayonidagi foton impulsining o‘zgarishini
toping. h = 6,6 · 10–34 J ·s . ( Javobi: 4,4 · 34
–10
kg · m/s).
17. Yakkalangan mis sharchaga to‘lqin uzunligi 0,165 μm bo‘lgan
monoxromatik ultrabinafsha nur tushmoqda. agar misdan elektronning
chiqish ishi A
ch
= 4,5 eV bo‘lsa, sharcha necha volt potensialgacha
zaryadlanadi? h = 4,1 · 10
–5
eV · s. ( Javobi: φ
max
≈ 2,95 V).
vi bobni yakunlash yuZasidan tEst savollari
1. Yorug‘likning jismlardan elektronni chiqarish hodisasi … deyiladi.
a) qutblanish;
B) difraksiya;
C) dispersiya;
D) fotoeffekt.
2. Tushayotgan yorug‘likning intensivligi 4 marta kamaysa, fotoeffektda
chiqayotgan elektronlar soni qanday o‘zgaradi?
a) 4 marta ortadi;
B) 2 marta kamayadi;
C) 4 marta kamayadi;
D) o‘zgarmaydi.
3. Fotoeffektda tushayotgan yorug‘likning chastotasi 2 marta ortsa,
chiqayotgan fotoelektronlar soni qanday o‘zgaradi?
a) 2 marta kamayadi;
B) 2 marta ortadi;
C) 4 marta kamayadi;
D) o‘zgarmaydi.
149
4. Tushayotgan yorug‘likning oqimi (λ=const da) 4 marta ortsa,
fotoelektronlarning tezligi necha marta o‘zgaradi?
a) o‘zgarmaydi;
C) 4 marta kamayadi;
B) 4 marta ortadi;
D) 2 marta ortadi.
5. Agar fotoeffektda chiqayotgan zarralarning tezligi 1,6 · 10
6
m/s bo‘lsa,
tushayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligini hisoblang. Chiqish ishi
A = 5,3 eV (m).
a) 10 · 10
–6
;
B) 9,8 · 10
–9
;
C) 6,63 · 10
–10
;
D) 2 · 10
–7
.
6. Kaliy uchun fotoeffektning qizil chegarasi 600 nm. Kaliy uchun
chiqish ishini hisoblang (Joullarda)
a) 6,6 · 10
–26
;
B) 6,6 · 10
–19
;
C) 2,2 · 10
–19
;
D) 3,5 · 10
–19
.
7. Agar fotokatoddan elementlarning chiqish ishi 3 eV bo‘lsa, unga
tushayotgan fotonlarning energiyasi 5 eV bo‘lsa, tormozlovchi
potensial qanday bo‘lganda foton kuchi nolga teng bo‘ladi (V)?
a) 1.5;
B) 2;
C) 3;
D) 5.
8. Biror metall uchun fotoeffektning qizil chegarasi 331 nm ga teng.
Bu metallda fotoeffektning ro‘y berishi uchun tushayotgan yorug‘lik
fotonining energiyasi (eV) qanday bo‘ladi?
a) 2,45;
B) 2,60;
C) 2,75;
D) 3,75.
9. Nikel uchun fotoeffekt qizil chegarasini aniqlang (m). Nikel uchun
chiqish ishi 5 eV.
a) 5 · 10
–7
;
B) 2,3 · 10
–5
;
C) 2,5 · 10
–7
;
D) 1 · 10
–6
.
10. Chiqish ishi 3 eV bo‘lgan metallga 5 eV energiyali fotonlar tushganda
undan chiqayotgan fotoelektronlarning maksimal kinetik energiyasini
aniqlang (eV).
a) 0,6;
B) 2;
C) 3;
D) 5.
11. Yorug‘likning to‘lqin uzunligi 10
–7
m bo‘lsa, foton energiyasini
aniqlang (eV). h =4 ·10
–15
eV · s
a) 1;
B) 2;
C) 4;
D) 12.
12. Yorug‘likning to‘lqin uzunligi 220 nm bo‘lsa, fotonning massasini
(kg) aniqlang.
a) 3 · 10
-36
;
B) 1,5 · 10
-36
;
C) 1,6 · 10
-36
;
D) 1 · 10
-35
.
13. Yorug‘likning to‘lqin uzunligi 6,63 · 10
–8
m bo‘lsa, fotonning
impulsini aniqlang (kg · m/s). h = 6,63 · 10
–34
J · s
a) 10
–26
;
B) 10
–42
;
C) 10
–34
;
D) 1,6 · 10
–35
.
150
14. Yorug‘likning chastotasi 3 · 10
15
hz bo‘lsa, uning impulsini aniqlang
(kg · m/s). h = 6,63 · 10
–34
J · s.
a) 2,21 · 10
–19
;
B) 2,21 · 10
–27
;
C) 6,63 · 10
–19
;
D) 6,63 · 10
–27
15. Agar fotonning impulsi 3,315 · 10
–27
kg · m/s bo‘lsa, yorug‘likning
chastotasni aniqlang (hz).
a) 3 · 10
14
;
B) 2 · 10
15
;
C) 1,5 · 10
15
;
D) 2 · 10
14
.
16. Qizdirgichli lampochka nurlanishining o‘rtacha to‘lqin uzunligi
1,2 μm. 200 W quvvatli lampochkaning 1 sekund nurlanishidagi
fotonlar sonini aniqlang. h = 6,63 · 10
-63
J · s.
a) 80 · 10
21
;
B) 2,5 · 10
21
;
C) 1,5 · 10
20
;
D) 1,2 · 10
21
.
17. Nisbiy sindirish ko‘rsatkichi n bo‘lgan shaffof muhitda fotonning
impulsi nimaga teng?
a) nhv/c; B)
nhv; C)
hλ/n; D)
hv/nc.
18. Modda uchun fotoeffektning qizil chegarasi 1 · 10
15
hz bo‘lib unga
chastotasi 1 · 10
15
hz bo‘lgan yorug‘lik ta’sirida uchib chiqqan
fotoelektronlarning maksimal kinetik energiyasini hisoblang. (J)
a) 6,6 · 10
–19
;
B) 3,3 · 10
–19
; C) 2,2 · 10
–19
; D) 1,6 · 10
–19
.
19. Metalldan elektronning chiqish ishi 3,3 · 10
–19
J bo‘lsa, fotoeffektning
qizil chegarasi v
0
ni toping (hz).
a) 10
–14
;
B) 2 · 10
14
;
C) 5 · 10
14
;
D) 6,6 · 10
15
.
Vi bobda o‘rganilgan eng muhim tushuncha, qoida va qonunlar
Vin siljish qonuni Jism nurlanishning maksimumiga to‘g‘ri keluvchi to‘l qin
uzunligi, λ
m
absolut temperaturaga teskari propor sionaldir:
, b = 2,898 · 10
–3
m · k – Vin doimiysi.
kvant
Bu jismning yutish yoki nurlanish energiyasining minimal
qismi.
kvant energiyasi
kvant energiyasi yorug‘lik chastotasiga to‘g‘ri propor sional:
E = hv, h = 6,626 · 10
–34
J · s.
Tashqi fotoeffekt
Bu moddadan yorug‘lik ta’sirida elektronlarning chiqishi.
Yopuvchi
kuchlanish
Bu fotonlar boshlang‘ich tezliklari bilan anodga yetib bora
olmaydigan tormozlovchi manfiy kuchlanish.
151
fotoeffekt
qonunlari:
1. fotoelektronlarning maksimal kinetik energiyasi yorug‘-
lik oqimiga (intensivligiga) bog‘liq emas va tushuvchi
nurning chastotasi v ga chiziqli bog‘liq.
2. har bir modda uchun fotoeffekt ro‘y beradigan minimal
chastota v
min
mavjud va bu fotoeffektning qizil chegarasi
deyiladi.
3. katoddan vaqt birligida chiqayotgan fotoelektronlar soni
katodga tushayotgan yorug‘lik oqimi (intensivligi)ga to‘g‘ri
proporsional, chastotasiga bog‘liq emas.
elektronlarning
maksimal kinetik
energiyasi
.
fotoeffekt uchun
eynshteyn
formulasi
.
fotoeffektning
qizil chegarasi
fotoeffektning qizil chegarasi hv
min
=A yoki
. Bu
yerda v
min
yoki λ
0
– fotoeffektning qizil chegarasiga to‘g‘ri
kelgan chastota va to‘lqin uzunligi.
ichki fotoeffekt
Yorug‘lik ta’sirida yarimo‘tkazgichlarda erkin zaryad
tashuvchilarning konsentrasiyasi ortishi.
foton
Yorug‘lik kvanti yoki zarrasi. Uning tinch holatdagi
massasi m
0
= 0.
fotonning
energiyasi
fotonning energiyasi E = hv, harakat tezligi c, impulsi
, massasi
.
Yorug‘lik bosimi
, bu yerda I – yorug‘lik intensivligi.
fotoqarshilik-
fotorezistor
Yorug‘lik ta’sirida qarshiligi kamayuvchi rezistor.
Quyosh
batareyalari
ichki fotoeffektga asoslangan p-n o‘tishli yarim o‘tkazgichli
fotoelementlar bo‘lib, yorug‘lik energiyasini elektr
energiyasiga aylantirib beradi.
152
vii bob. atoM va yadro FiZikasi.
atoM EnErgEtikasining
FiZik asoslari
Barcha moddalar ko‘p sonli bo‘linmas zarralardan (atomlardan) tashkil
topgan, degan fikr juda qadim zamonlarda yunon olimlari Demokrit, Epikur
va lukretsiylar tomonidan bildirilgan (atom so‘zi yunoncha «atomos» –
bo‘linmas degan ma’noni anglatadi). Lekin bu fikrga turli sabablarga ko‘ra
uzoq vaqtlargacha jiddiy e’tibor berilmagan. ammo o‘n sakkizinchi asrda
a. lavuazye (fransuz) (1743–1794), J. Dalton (ingliz) (1766–1844), a. avogadro
(italyan) (1776–1856), M. lomonosov (rus) (1711–1765), Y. Berselius (shved)
(1779–1848) kabi olimlarning sa’y-harakatlari natijasida atomlarning
mavjudligiga shubha qolmadi. D. i. Mendeleyev 1869-yilda elementlar davriy
sistemasini yaratib, barcha moddalarning atomlari bir-birlariga o‘xshash
tuzilishga ega ekanligini ko‘rsatib berdi. shu bilan birga, yigirmanchi asrning
boshlariga kelib, bo‘linmas hisoblanuvchi atomning ichiga nigoh tashlash, ya’ni
uning tuzilishini o‘rganish muammosi vujudga keldi. Ingliz fizigi J. J. Tomson
1903-yilda atomning tuzilishi haqidagi birinchi modelni taklif qildi. Boshqa
ingliz fizigi D. Rezerford o‘z tajribalariga asosan Tomson modelini inkor
etib, atomning planetar modelini taklif qildi. Ushbu modelga muvofiq, atom
yadrodan (o‘zakdan) va uning atrofida harakatlanuvchi elektronlardan tashkil
topgan. keyinchalik esa atom yadrosi – musbat zaryadlangan proton va elektr
jihatdan neytral neytronlar majmuasidan iboratligi aniqlandi.
37-
mavzu. atoMning bor ModEli. bor postulatlari
1903-yilda ingliz fizigi J. J. Tomson atomning tuzilishi haqidagi birinchi
modelni taklif qildi. Tomson modeliga muvofiq, atom – massasi tekis
taqsimlangan 10
–10
m kattalikdagi musbat zaryadlardan iborat shar sifatida
tasavvur qilinadi. Uning ichida esa, o‘z muvozanat vaziyatlari atrofida
tebranma harakat qiluvchi manfiy zaryadlar (elektronlar) mavjud bo‘lib
153
(bunda atomni keksga o‘xshatish va elektron mayiz singari joylashgan deyish
mumkin), musbat va manfiy zaryadlarning yig‘indisi o‘zaro teng.
Boshqa ingliz fizigi D. Rezerford 1911-yilda o‘z tajribalariga asosan
Tomson modelini inkor etib, atomning yadroviy (planetar) modelini taklif
qildi. Ushbu modelga ko‘ra atom jajjigina quyosh sistemasidek tasavvur
qilinadi. Elektronlar yadro atrofida (yopiq) orbitalar – atomning elektron
qobig‘i bo‘ylab harakatlanadi va ularning zaryadi yadrodagi musbat zaryadga
teng.
Atomning o‘lchamlari juda kichik bo‘lgani uchun (≈ 10
–10
m) uning
tuzilishini bevosita o‘rganish juda qiyin. shuning uchun uning tuzilishini
bilvosita, ya’ni ichki tuzilishi haqida ma’lumot beruvchi xarakteristikalar
yordamida o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Shunday xarakteristikalardan
biri – atomning nurlanish spektri. atomning nurlanish spektri, ya’ni atom
elektromagnit nurlar chiqarishida (yoki yutishida) hosil bo‘ladigan optik
spektrlar ancha batafsil o‘rganilgan.
Shveysariyalik fizik I.Balmer 1885-yilda tajriba natijalariga tayanib
vodorod spektri chiziqlari chastotalari uchun quyidagi formulani topdi.
v = R
. (7–1)
Bu yerda: R = 3,29 · 10
15
hz – ridberg doimiysi, m va n doimiy sonlar, ular
mos holda m = 1, 2, 3, 4, ... qiymatlarni, n esa butun ( m + 1 dan boshlab)
qiymatlarni qabul qiladi. Ushbu formulaga muvofiq vodorod spektri uzlukli
chiziqlardan iboratdir.
rezerfordning yadroviy modeli atomning spektral qonuniyatlarini
tushuntirib bera olmadi. Bundan tashqari, bu model klassik mexanika va
elektrodinamika qonunlariga zid bo‘lib chiqdi.
Dostları ilə paylaş: |