Kimyo. Masala va mashqlar to



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə14/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

1.114. Massasi 23,2 g bo‘lgan volfram (VI) oksidini qaytarishga yetarli bo‘lgan vodorodni olish uchun qancha miqdor rux kerak? (Javob: 0,3 mol).
1.115. 40 g massali ko'mirni yondirganda hosil bo‘lgan karbonat angidrid tarkibida 111 g kalsiy gidroksid bo‘lgan eritma orqali o‘tkazilganda dastlab hosil bo'lgan cho‘kma to‘liq erib ketgan. Ko‘mir namunasidagi uglerodning massa ulushini toping. (Javob: 0,9).
1.116. Massasi 98 g bo‘lgan ammoniy tuzini qizdirganda, 22,4 l (n.sh.) ammiak ajralgan bo‘lsa, qanday anionli ammoniy tuzi olingan? (Javob: ammoniy bromid).
1.117. 42,65 g massali ikki valentli metall oksidi vodorod oqimida qizdirildi. Qizdirish to‘xtatilgandan so'ng qaytarilgan metall va qaytarilmay qolgan metall oksidi aralashmasining massasi 26,65 g kelgan bo‘lsa, reaksiya natijasida qancha massa suv hosil bo‘lgan? (Javob: 18 g).
1.118. 5,4 g massali alyuminiy kukuni qanday massali kalsiy karbonat bilan qizdirilganda reaksiya mahsulotlari massalari yig‘indisi dastlabki aralashma massasiga teng bo‘ladi?
Yechish: Reaksiya tenglamalari:
4Al+3O22Al2O3 va CaCO3CaO+CO2 yoki
4Al+3O2+CaCO32Ca(AlO2)2+CO2.
Reaksiya uchun olingan aralashmaning massasi atmosfera kislorodining birikishi hisobiga tenglashganligi uchun reaksiyaga kirishgan kislorodning massasini topamiz: . 4,8 g. Qo‘shilishi kerak bo‘lgan CaCO3 massasini bilan belgilasak, hosil bo‘ladigan Al2O3 va massalari yig‘indisi:

Tenglamadagi massalarni m=vM bilan almashtirsak:

hosil bo‘ladi.
Yoki
,
bundan v=0,1 mol va m=0,1100=10 g CaCO3.
1.119. 7,4 g massali Ca(OH)2 eritmasi orqali karbonat angidrid o‘tkazilganda 9,6 g cho‘kma hosil bo‘lgan bo‘lsa, reaksiyaning unumi qanday bo‘lgan?
Yechish: Reaksiya tenglamasi:
Ca(OH)2+CO2CaCO3+H2O.
Tenglama bo‘yicha proporsiya tuzsak:
g.
Nazariya bo‘yicha 7,4 g Ca(OH)2 dan 10 g CaCO3 hosil bo‘lar ekan. Amalda 9,6 g cho‘kma tushgan bo‘lsa, reaksiyaning unumi:
yoki 96 %.
1.120. Reaksiya unumi 98 % bo‘lganda tarkibida 0,5 mol CaCl2 bo‘lgan eritmaga etarli miqdor Na2CO3 qo‘shganda qancha massa CaCO3 hosil bo‘ladi.
Yechish: Reaksiya tenglamasi:
CaCl2+Na2CO3CaCO3+2NaCl.
Tenglama bo‘yicha proporsiya tuzsak:
g.
Nazariya bo‘yicha 0,5 mol CaCl2 dan 50 g CaCO3 hosil bo‘lar ekan. Amalda hosil bo‘ladigan cho‘kma massasi ma formula yordamida hisoblanadi: g.
1.121. Tarkibida bariy nitrat bo‘lgan eritmaga kaliy sulfat eritmasidan etarli miqdor ta'sir ettirilganda 2,33 g cho‘kma hosil bo‘lgan. Agar reaksiya unumi 98,5 % bo‘lsa, qancha massa bariy nitrat olish mumkin?
Yechish: Reaksiya tenglamasi:
Ba(NO3)2+Na2SO4BaSO4+2NaNO3.
Tenglama bo‘yicha proporsiya tuzsak:
g.
Amalda ta'sirlashgan Ba(NO3)2 massasi mn formula yordamida hisoblanadi:
g.
1.122. Tarkibida 93 % SiO2 bo‘lgan 4,5 kg qum yuqori haroratda natriy ishqori bilan ishlanganda 8,39 kg natriy silikat hosil bo‘lsa, reaksiyaning unumi qanday bo‘lgan? (Javob: 98,6 %).
1.123. Tarkibida 5,45 g kalsiy nitrat bo‘lgan eritmaga mo‘l miqdor natriy oksalat qoshganda 4,14 g kalsiy oksalat cho‘kkan bo‘lsa, reaksiyaning unumi qanday bo‘lgan? (Javob: 97,3 %).
1.124. Reaksiya unumi 87,5 % bo'lganda qo‘rg‘oshin sulfatning 31,3 g cho‘kmasi hosil bo‘lgan. Buning uchun qancha massa qo‘rg‘oshin nitrat olish kerak? (Javob: 37,83 g).
1.125. Zavodning sulfat kislota sexiga tarkibida 78 % FeS2 bo‘lgan boyitilgan 86,5 t pirit keltirildi. Piritdan SO2 olish jarayoni unumdorligi 95 %, SO3 olish unumdorligi 97 % va oxirgi bosqichda H2SO4 olish unumdorligi 98,5 % bo‘lsa, shuncha massa piritdan qancha sulfat kislota olinishi mumkin?
Yechish: Pirit tarkibidagi FeS2 ning massasi:
t.
Reaksiya tenglamalari:
4FeS2+11O28SO2+2Fe2O3,
2SO2+O22SO3,
SO3+H2OH2SO4.
Tenglamalar asosida yagona sxematik tenglama tuzsak:
FeS22SO22SO32H2SO4
hosil bo‘ladi. Sxematik tenglama bo‘yicha tuzilgan proporsiya:
t.
Reaksiyalar unumlari 100 % bo‘lganda 110,2 t H2SO4 hosil bo‘lardi. Berilgan bosqichlar unumi hisobga olinsa, bosqichlarning umumiy unumi:
Bundan: t H2SO4.
1.126. Fosfat kislota sexiga tarkibida 76,5 % Ca3(PO4)2 bo‘lgan 82,4 t boyitilgan fosforit rudasi keltirilgan bo‘lsa, unga sulfat kislota ta'siridagi reaksiya natijasida unumdorlik 96,78 % bo‘lganda, qancha massa ortofosfat kislota olish mumkin?
(Javob: 38,6 t).
1.127. Tarkibida 97,5 % NaCl bo‘lgan toshtuzning 15,78 t massasidan unga konsentrlangan sulfat kislota ta'sir ettirib, unumdorlik 98,5 % bo‘lganda, qancha massa vodorod xlorid olish mumkin? (Javob: 9,46 t).


Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin