Kimyo. Masala va mashqlar to


,2.1024 ta xlor molekulasi (n.sh.) qancha hajmni egallaydi? (Javob: 44,8 l). 4.24



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə27/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

4.23. 1,2.1024 ta xlor molekulasi (n.sh.) qancha hajmni egallaydi? (Javob: 44,8 l).
4.24. 20 oC harorat va 202,4 kPa bosimda karbonat angidrid 20 l hajmni egallaydi. Shu gazning n.sh. dagi hajmini toping. (Javob: 37,2 l).
4.25. Teng hajmdagi geliy va kislorod aralashmasining havoga nisbatan zichligini aniqlang. (Javob: 0,62).
4.26. Vodorod va azotdan iborat aralashmada azotning hajmiy ulushi 11,7 %, vodorodning hajmiy ulushi 88,3 % bo‘lsa, gazlarning aralashmadagi massa ulushlarini aniqlang.
(Javob: 65 % azot va 35 % vodorod).
4.27. Gazlar aralashmasida 25 % metan va 75 % havo bo‘lsa, aralashmaning azotga nisbatan zichligi qancha bo‘ladi? (Javob: 0,92).
4.28. 30 oC harorat va 202,65 kPa bosimda vodorod xlorid va vodorod bromid aralashmasining zichligi 4,7257 g/l. Aralashmadagi tarkibiy qismlarning massa ulushlari topilsin.
Yechish: Dastlab gazlar aralashmasining normal sharoitdagi hajmini topamiz, buning uchun Klapeyron tenglamasidan foydalanamiz:
l.
Endi 1 mol aralashmaning molyar massasini topsak:
1,8:4,7257=22,4:x; x=58,81 g/mol.
(Aralashmaning molyar massasini Mendeleev-Klapeyron tenglamasi yordamida ham topish mumkin:
g/mol).
Bu qiymat asosida har bir gazning modda miqdori va massasini o'rtacha molyar massa formulasidan foydalanib topamiz:
.
Mazkur tenglama yechilsa: vHCl=0,5 mol; vHBr=0,5 mol.
Gazlarning massalari:
mHCl=0,5·36,5=18,25 g, vHBr=0,5·81=40,5 g.
HCl=31,06 % va HBr=68,94 %.
4.29. 152 kPa bosimda va -25 oC haroratda uglerod (II) va uglerod (IV) oksidlari aralashmasining zichligi 2,5 g/l bo'lsa, aralashmadagi gazlarning massa ulushlarini toping.
(Javob: CO=51,9 % va CO2=48,1 %).
4.30. 405,3 kPa bosim va 40 oC haroratda N2 va O2 aralashmasining zichligi 4,52 g/l bo‘lsa, aralashmadagi azotning massa ulushini toping. (Javob: 72,15 %).
4.31. 1107 mm sim.ust. bosimi va 35 oC haroratda saqlanayotgan geliy va argon aralashmasining zichligi 0,9482 g/l bo‘lsa, aralashmadagi zichligi katta gazning massa ulushi topilsin. (Javob: 84,09 %).
4.32. 3,2 atm bosim va 305 K haroratda vodorod va geliydan iborat bo'lgan aralashmaning zichligi 0,304 g/l bo‘lsa, aralashmadagi inert gazning massa ulushi topilsin.
(Javob: 31,72%).
4.33. 1,78 atm bosimi va 20 oC haroratda saqlanayotgan metan va etan aralashmasining zichligi 1,2366 g/l bo‘lsa, aralashmadagi metanning massa ulushi topilsin. (Javob: 91 %).
4.34. 25 oC harorat va 357,4 kPa bosimda etan (C2H6) va propan (C3H8) aralashmasining zichligi 4,877·10-3 g/ml bo‘lsa, aralashmadagi tarkibiy qismlarning massa ulushlari topilsin.
(Javob: 63,99 % etan va 36,01 % propan).



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin