Kimyo. Masala va mashqlar to



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə28/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

4.2. REAL GAZLAR QONUNLARI
Real gazlar ideal gazlardan farqli ravishda o‘zaro ta'sirlashadi, har bir molekula xususiy hajmga ega bo‘lganligi uchun ularning holat (Van-der-Vaals) tenglamasi:

bo‘ladi. Bu erda - ichki bosim; b - molekulaning xususiy hajmi. a molekulaning o‘zaro tortilish qobiliyatini hisobga oladi. Agar uning haroratga bog‘liqligi hisobga olinsa, Bertlo tenglamasi hosil bo‘ladi:
.
Bertlo tenglamasi ham gazlarning asl holatini tasvirlab berolmaganligi uchun virial holat tenglamasidan

(bu erda - siqilish koeffitsienti; B, C va D - virial koeffitsientlar) foydalaniladi. Past bosimli soha uchun yetarlidir.
4.35. 4,48 m3 hajmli (n.sh.) 1 kmol vodorodning bosimini aniqlang. Bu qiymatni tajribada aniqlangan bosim (52,28·104 Pa) bilan taqqoslang.
Yechish: Bosimni avvalo ideal gaz pV=RT formulasi yordamida hisoblaymiz: kPa.
Endi esa bosimni Van-der-Vaals tenglamasi yordamida (real gaz) aniqlaymiz. Buning uchun maxsus jadvaldan a va b qiymatlarini olamiz:
J·m3/kmol, m3/kmol.
Bu qiymatlarni Van-der-Vaals tenglamasiga qo‘ysak:
p=509,1 kPa.
Real va ideal gaz holat tenglamalari asosida hisoblangan bosimlar o‘zaro 509,1-506,6=2,5 kPa ga farqlanadi. Mazkur farq 2,5·100/509,1=0,5 % ni tashkil etadi.
Van-der-Vaals tenglamasi yordamida hisoblangan bosim tajribada aniqlanganidan 522,8-509,1=13,7 kPa ga farqlanadi, bu 13,7·100/522,8=2,61 % ni tashkil etadi.
4.36. 5,2 m3 hajmli 1 kmol kislorodning bosimini (a=0,138 J·m3/kmol; b=0,0318 m3/kmol) aniqlang. Uni ideal gaz bosimi bilan taqqoslab, qancha farqlanishini aniqlang. Shu gazning siqilish koeffitsientini hisoblang. (Javob: 439,17 kPa; 0,61 %; 1,006).
4.37. 25 oC haroratda 2,24 m3 ammiakning 1 kmol miqdorining real bosimini (a=0,423 J·m3/kmol; b=0,0378 m3/kmol) va gazning siqilish koeffitsientini aniqlang.
(Javob: 1124,96 kPa; 1,017).
4.38. 393 K da 2,5 m3 hajmli 1 kmol suv bug‘ining real bosimini (a=0,555 J·m3/kmol; b=0,0366 m3/kmol) aniqlang va bu bosimning ideal gaz holati tenglamasi asosida hisoblangan bosimdan qancha farq qilishini va siqilish koeffitsientini aniqlang. (Javob: 1326,29 kPa; 1,46 %; 1,0148).
4.39. 1 kmol metan 2026,5 kPa bosimda 1,2 m3 hajmni egallaydi. Shu gazning haroratini (a=0,228 J·m3/kmol; b=0,0428 m3/kmol) aniqlang.
Yechish: Van-der-Vaals tenglamasiga berilganlarni qo‘ysak:
T=282 K.
4.40. 0,5 m3 1 kmol metanning 6079,5 kPa bosimda qanday haroratga (a=0,228 J·m3/kmol; b=0,0428 m3/kmol) ega bo‘lishini toping. (Javob: 334,4 K).
4.41. 0,2 m3 hajmli 1 kmol azotning 7029,6 kPa bosimda qanday haroratga (a=0,1363 J·m3/kmol; b=0,0385 m3/kmol) ega bo‘lishini toping. (Javob: 136,6 K).

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin