Kimyo. Masala va mashqlar to


MODDALARNING ERUVCHANLIGI



Yüklə 1,48 Mb.
səhifə38/71
tarix20.02.2023
ölçüsü1,48 Mb.
#85151
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71
kimyo masala va mashqlar to\'plami

8.4. MODDALARNING ERUVCHANLIGI
Eruvchanlik (s) gazsimon, suyuq va qattiq moddalarning erigan holatga o‘tishini ko‘rsatadigan kattalik bo‘lib, berilgan haroratda 100 g erituvchida erigan moddaning grammlar soni bilan ifodalanadi. Bu qiymat eruvchanlik koeffitsienti deb ham yuritiladi. Eritmaning massasi: m=100+s, eritmaning massa ulushi: formula bilan ifodalanadi.
8.59. Bariy xloridning 25 oC dagi eruvchanlik koeffitsienti 37,4 g bo‘lsa, uning shu haroratda to‘yingan eritmasidagi BaCl2 ning massa ulushi qanday bo‘ladi?
Yechish: yoki 27,2 %.
8.60. Kalsiy nitratning 10 oC dagi eruvchanlik koeffitsienti 114,6 g bo‘lsa, shu haroratda to‘yingan eritmadagi Ca(NO3)2 ning massa ulushini toping. (Javob: 0,534).
8.61. Kaliy atsetatning 10 oC dagi eruvchanlik koeffitsienti 233,9 g bo‘lsa, shu eritmadagi CH3COOK ning massa ulushini toping. (Javob: 0,7).
8.62. Cd(NO3)2·4H2O ning 0 oC dagi eruvchanlik koeffitsienti 135,3 g bo‘lsa, uning shu haroratda to‘yingan eritmasidagi Cd(NO3)2 ning massa ulushini toping.(Javob:44,06 %).
8.63. Magniy nitrat kristallgidratining - Mg(NO3)2·6H2O 20 oC dagi eruvchanlik koeffitsienti 73,3 g bo‘lsa, uning shu haroratda to‘yingan eritmasidagi Mg(NO3)2 ning massa ulushini toping. (Javob: 24,5 %).
8.64. Marganets xloridning 0 oC da to‘yingan eritmasidagi MnCl2 ning massa ulushi 38,8 % bo‘lsa, shu tuzning 0 oC dagi eruvchanlik koeffitsientini toping.
Yechish: ; s=63,4 g.
8.65. Natriy atsetatning 0 oC da to‘yingan eritmasida 26,63 % CH3COONa bo'lsa, shu tuzning 0 oC dagi eruvchanlik koeffitsienti topilsin. (Javob: 36,3 g).
8.66. Natriy nitratning 20 oC da to‘yingan eritmasidagi tuzning massa ulushi 0,467 bo‘lsa, shu tuzning 20 oC dagi eruvchanlik koeffitsientini aniqlang. (Javob: 87,6 g).
8.67. Natriy sulfatning 10 oC da to‘yingan eritmasida tuzning massa ulushi 0,0876 bo‘lsa, uning shu haroratdagi eruvchanlik koeffitsienti qanday bo‘ladi? (Javob: 9,6 g).
8.68. Natriy sulfidning 20 oC da to‘yingan eritmasida tuzning massa ulushi 15,68 %. Na2S ning shu haroratdagi eruvchanlik koeffitsientini toping. (Javob: 18,6 g).
8.69. Mis (II) xloridning 20 oC da eruvchanlik koeffitsienti 50 g. Shu tuzning 20 oC da to‘yingan 50 g eritmasini tayyorlash uchun qancha tuz va qancha suv olish kerak?
Yechish: m=100+50=150 g. 150:50=50:x; x=16,67 g CuCl2; msuv,67=33,33 g H2O.
8.70. Marganets (II) sulfatning 20 oC da eruvchanlik koeffitsienti 62,9 g bo‘lsa, shu tuzning 20 oC da to‘yingan 70 g eritmasini tayyorlash uchun qancha tuz olish kerak? (avob:27 g).
8.71. 25 oC da 100 g suvda 41,2 g NiSO4 eriydi. Shu tuzning 25 oC da to‘yingan 100 g eritmasini tayyorlash uchun necha gramm tuz olish kerak? (Javob: 29,18 g).
8.72. 10 oC da 100 g eritmada 22,66 g Pb(CH3COO)2 erigan bo‘lsa, Pb(CH3COO)2 ning 10 oC dagi eruvchanligi qanday bo‘ladi? (Javob: 29,3 g).
8.73. 10 oC da 100 g suvda 40,8 g, 60 oC da 139,5 g CH3COONa eriydi. Shu moddaning 60 oC da to‘yingan 200 g eritmasini 10 oC gacha sovitganda necha gramm cho‘kma tushadi?
Yechish: Eritmalarning 10 va 60 oC haroratlardagi massalari: m10=100+40,8=140,8 g. m60=100+139,5=239,5 g. 60 oC da to‘yingan 239,5 g eritmani 10 oC gacha sovitganda tushadigan cho‘kmaning massasi: m=239,5-140,8=98,7 g.
Bundan: 239,5:98,7=200:x; x=82,42 g cho‘kma tushishi topiladi.
8.74. Mis (II) xloridning 500 g 60 oC haroratda (s60=70,8 g) to‘yingan eritmasini 20 oC gacha (s20=50 g) sovitganda necha gramm cho'kma tushadi? (Javob: 60,9 g).
8.75. 300 g massali natriy sulfidning 80 oC da (s80=49,2 g) to‘yingan eritmasini 20 oC gacha (s20=18,6 g) sovitganda necha gramm cho‘kma tushadi? (Javob: 61,53 g).
8.76. Qandaydir tuzning 450 g massali 60 oC da (s60=124,7 g) to‘yingan eritmasini 20 oC gacha (s20=87,6 g) sovitganda necha gramm cho‘kma tushadi? (Javob: 74,3 g).
8.77. Kumush nitratning 60 oC da to‘yingan eritmasi 81,79 %-li bo‘ladi. Shu eritmaning 400 g ni 0 oC gacha sovitganda 237,5 g cho'kma tushsa, AgNO3 ning 0 oC dagi eruvchanlik koeffitsientini toping.
Yechish: formulaga berilgan qiymat qo‘yilsa,

hosil bo‘ladi, bundan s=449 g. m60=100+449=549 g.
Proporsiya asosida 400 g eritmadan tushadigan tuzning massasini topamiz: 400:237,5=549:x; x=326 g.
Masalaning shartiga ko‘ra 400 g to‘yingan eritmani 0 oC gacha sovitganda 237,5 g cho'kma tushgan bo‘lsa, eritmaning 549 g massasidan 326 g cho‘kma tushar ekan. Demak, 0 oC da eritmaning massasi: m0=549-326=223 g ekan.
Bundan 0 oC haroratda eruvchanlik koeffitsienti:
s=mo100=223-100=123 g.
8.78. Rux xloridning 80 oC dagi 84,6 %li 200 g to‘yingan eritmasini 0 oC gacha sovitganda 105,1 g cho‘kma tushdi. ZnCl2 ning 0 oC dagi eruvchanlik koeffitsientini toping. (Javob: 208 g).
8.79. Seziy sulfatning 80 oC dagi 67,8 %li 350 g to‘yingan eritmasini 20 oC gacha sovitganda 35,64 g cho‘kma tushgan bo‘lsa, Cs2SO4 ning 20 oC dagi eruvchanlik koeffitsientini toping. (Javob: 178,7 g).
8.80. 540 g massali 80 oC da to‘yingan 86,56 %-li rux bromid eritmasini 15 oC gacha sovitganda 158,22 g cho‘kma tushgan bo‘lsa, ZnBr2 ning 15 oC dagi eruvchanlik koeffitsientini toping. (Javob: 426 g).
8.81. Ammiakning suvdagi eritmasida normal sharoitda 46,67 %, 80 oC da 13,34 % ammiak bo‘ladi. 60 g massali normal sharoitda to'yingan ammiak eritmasini 80 oC gacha qizdirganda necha l ammiak ajralib chiqadi?
Yechish: Berilgan qiymat formulaga qo‘yilsa, ammiakning normal sharoitdagi eruvchanlik koeffitsienti topiladi:

hosil bo‘ladi, bundan s=87,5 g. m60=100+87,5=187,5 g.
Xuddi shunday qilib, 80 oC dagi eruvchanlik koeffitsientini ham topamiz: , s80=15,39 g.
Eritmianing massasi mo=100+15,39=115,39 g. Ammiak eritmasini 0 oC dan 80 oC gacha qizdirganda uchib ketadigan ammiakning massasi: g. Shu asosda 60 g eritmadan uchib ketadigan ammiakning massasini topamiz:
187,5:72,11=60:x; x=23,08 g.
Ajralib chiqqan ammiakning hajmi: 17:22,4=23,08:x; x=30,4 l.
8.82. Xlorovodorodning normal sharoitda to‘yingan suvli eritmasida 45,14 % HCl bo'ladi. Normal sharoitda to‘yingan 100 g massali eritmani 60 oC gacha qizdirganda 8,82 l HCl uchib ketadi. Xlorovodorodning 60 oC dagi eruvchanlik koeffitsientini aniqlang. (Javob: 56,1 g).



Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   71




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin