M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Miqdoriy hisobda turuvchi dori vositalari



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

4.4. Miqdoriy hisobda turuvchi dori vositalari
Miqdoriy hisobda turuvchi dori vositalari - maxsus hujjatlangan 
alohida assortimentlangan tovarlaming tabiiy oMchovlarda belgilangan 
hisobi (kg, 1, dona va boshqalar) da beriladigan dori vositalari guruhidir.
6 6


Miqdoriy hisobda turuvchi dori vositalariga:
- giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar 
ro‘yxatiga kirgan dori vositalari;
- zaharli moddalar ro‘yxatiga kirgan dori vositalari;
- apomorfin 
gidroxlorid, 
atropin 
sulfat, 
dikain, 
gomotropin 
gidrobromid, kumush nitrat, paxikarpin gidroyodid substantsiyalari;
- etil spirti kiradi.
Miqdoriy hisobda turuvchi dori vositalarining miqdoriy tahlil hisobi 
zarur bo’lgan giyohvandlik va boshqa dori moddalar hisob-kitobida olib 
boriladi. Ular nomerlangan, shnurlangan, plombalangan bo‘lib, ularda 
hududiy farmatsevtik idoralaming boshqarmasi rahbarining imzosi va 
muhri bo‘lishi kerak.
Kitob bir yil muddatga tutiladi. Uning birinchi varag‘iga dori 
vositasining nomi yoziladi. Kitob 2 qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida 
oyning boshiga qoldiq va kirim, ikkinchi qismida sarflangan dori vositalari 
miqdori va oyning oxiriga qoldiq yoziladi.
Har qanday dori vositasiga - dori shakli, dozasi, qadoqlashiga 
alohida varaq ajratiladi. Bu varaqda hisob birligi, kirim (har bir kelgan 
hujjatga alohida nomer va sana qo‘yiladi), chiqim (kundagi yozuvlar) 
uning har bir turi bo‘yicha (ambulatoriya yoki davolash-profilaktika 
muassasasi retsepti yoki dorixona bo'limi va punktlari) ko‘rsatiladi. Agar 
yozilganda xatoga yo‘1 qo‘yilsa, u holda xato to‘g‘rilab yoziladi va bu 
ishga mas’ul bo‘lgan shaxsning imzosi qo'yiladi.
Har oyning 1-sanasida mas’ul bo‘lgan shaxs hisobda turuvchi dori 
vositalarni kitobda yozilgan qoldig‘i bilan taqqoslaydi. (Inventarizatsiya 
o‘tkazguncha kitobdagi qoldiq boshlang‘ich qoldiq hisoblanadi.) Tayyor 
dori vositalari bo‘yicha bu qoldiqlar teng bo‘lishi lozim.
Kitob bilan umumiy miqdor o‘rtasida farq bo‘lsa, u holda tabiiy 
yo‘qotish topiladi. Tabiiy yo‘qotish - bu tabiiy jarayon davrida (masalan, 
qurib qolish, uchish, oqish va h.k.) modda miqdorining o‘zgarishi demakdir.
Tabiiy yo‘qotish me’yorlari dori vositalari va etil spirti uchun 0 ‘zR 
SSVning 1999-yil 21-dekabr 576 - sonli “Dorixona muassasalarida 
dorilarning, etil spirtining, paxta, tibbiy zuluklarning va dorixona shisha 
idishlarining tabiiy kamayish cheklangan miqdorini va ulami ishlatish 
qo‘llanmalarini tasdiqlash haqida” buyrug‘ida berilgan.
Aniq tovar turi bo‘yicha tabiiy yo‘qotish chegarasi me’yoriy 
hujjatlarda hajmiy ravishda ko‘rsatiladi. Dori vositalarini saqlash, 
tayyorlash va qadoqlashda tabiiy yo‘qotish narxini to‘ldirish uchun haqiqiy 
me’yorlari mavjud.
67


Noto‘g‘ri 
saqlanish 
oqibatida 
yaroqsiz 
holga 
kelgan yoki 
ehtiyotsizlik natijasidagi dori vositalari tabiiy yo‘qotish me’yorlariga 
kirmaydi. Ko'rsatilgan me’yorlar ishlab chiqarishdagi tayyor dori 
vositalariga nisbatan ishlatilmaydi. Inventarizatsiya o'tkazish jarayonida 
ko'rsatilgan qimmatbaho moddiy boyliklar yetishmagan hollarda tabiiy 
yo'qotish me’yori qo'llaniladi. Inventarizatsiyadan so'ng qolgan moddiy 
boyliklar keyingi oy boshiga o'tkaziladi. Giyohvandlik, psixotrop, zaharli 
dori vositalari va etil spirti tabiiy yo'qotish me’yori foiz hisobida 
o‘rnatilgan bo‘lib, ularning sarflanish turiga qarashlidir.
Sarflanish turi
Giyohvandlik 
vositalari, 
psi­
xotrop 
moddalar 
va 
ularning 
prekursorlari, boshqa miqdo-riy 
hisobda turuvchi dori moddalar 
(foizda)
Etil spirti 
(foizda)
Yakka 
tartibda 
tayyorlangan 
dori vositalari
1
2
Qo'shimcha 
texnologik 
operatsiyalarsiz tortib olish va 
o'lchash (aralashtirish, eritish, 
dozalarga bo'lish)
0,4
0,7
95 % li etil spirtining tabiiy yo'qotish hisobi quyidagicha:
Masalan, oy oxiridagi kitob qoldig'i - 13,9 kg
hisoblangan qoldiq - 13,8 kg
Ambulatoriya retseptlari bo'yicha etil spirtining kundalik sarfi: 1,5; 
0,5; 1,3; 2,1.
Davolash-profilaktika muassasasi ko‘rsatmasi bo‘yicha etil spirtining 
sarfi - 2kg.
Yechim etaloni tabiiy yo'qotish hisobi to'g'risidagi buyruqqa asosan 
hisoblanadi:
2% 
ambulatoriya 
retsepturasi 
bo'yicha 
etil 
spirti 
sarfidan 
(1,5+0,5+1,3+2,1)*2 % / 100=0,108 kg.
0,7 % massa bo'yicha (angro) etil spirti sarfidan 2,0 *0,7 % /100 
%=0,014 kg.
Hammasi bo‘lib 0,108+0,014=0,122 (kg), ya’ni qoldiq 0,1 kg (tabiiy 
yo'qotish).
Dorixona tayyorlovidagi boshqa dori vositalari uchun tabiiy 
yo'qotish me’yorlari sarfining turiga bog'liqdir. Bu me’yorlar sarflangan 
miqdorga emas, balki sarflangan moddalar narxiga nisbatan o'rnatilgan.
6 8



Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin