M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

Retseptlarni saqlash. 
Retseptlar maxsus seyflarda yoki metall 
shkaflarda saqlanadi. Ishlatilgan giyohvandlik vositalari uchun berilgan 
retseptlar qayd qilingan, pechatlangan oy va yil bo‘yicha shnurlangan 
maxsus seyflarda saqlanishi kerak
Retseptlarning saqlanish muddatlari:
Imtiyozli berilgan dori vositalari - 3 yil.
Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar - 5 yil.
Kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli dori vositalari - apomorfin gidroxlorid
atropin sulfat, gomatropin gidrobromid, dikain, kumush nitrat, paxikarpin 
gidroyodid, etil spirti, anabolik gormonlar - t yil.
Saqlanish 
muddat 
tugagan 
retseptlar 
komissiya 
tomonidan 
dalolatnoma asosida yo‘q qilinadi.
Anabolik ta’sirga ega gormonlar, shu jumladan, steroid gormonlar, 
trankvilizatorlar, antidepressiv moddalar, neyroleptiklar, 8-oksixinolin 
saqlagan dori vositalari va antigistamin vositalarga berilgan retseptlarga 
“Dori berilgan” shtampi bosiladi. Ularni 
qaytadan olish uchun yangi 
retsept lozim borfadi.
5
- №
96
65


Dorixonalardan bepul yoki imtiyozli dori vositalarini retsept asosida 
ambulatoriya sharoitida davolanuvchi fuqaroga faqat davlat tasarrufidagi 
davolash-profilaktika muassasasi shifokori berishi mumkin.
Yana imtiyozli dori vositalarini mustaqil berish huquqi quyidagi 
shifokorlarga berilgan:
- ambulatoriya-poliklinika vrachlariga;
- sogMiqni saqlash hududiy organ boshqarmasi bilan kelishuvga asosan 
amaliyotdagi vrachlarga;
- mustaqil qabul qiluvchi feldsher yoki akusherlarga;
- qishloq davolash-profilaktika muassasasida vrach bo‘lmaganda;
- mustaqil qabul qiluvchi tish vrachlariga.
Imtiyozli retseptlarni davolovchi vrach tomonidan quyidagi dori 
vositalariga yozib beradi:
- psixotrop, kuchli ta’sir etuvchi, zaharli, anabolik gormonlarga;
- onkologik yoki gematologik kasal bo‘lgan bemorlarga giyohvandlik 
vositalari.
Miqdoriy hisobda turuvchi yoki imtiyozli dori vositalari retsept 
blankasida bitta turdagi dori vositalari yoziladi.
Retsept blankasini to‘ldirish vaqtida shifokor dori vositasi uchun 
to‘lov turini ko‘rsatishi kerak.
Retseptda davolovchi shifokorning telefon raqami bo‘lishi shart, 
chunki retseptda ko‘rsatilgan dori vositalari dorixonada bo‘lmasa, u holda 
dorixona xodimi shifokor bilan telefon orqali maslahatlashib ko‘rsatilgan 
dori vositasidan boshqa sinonimini taklif qilishi mumkin boladi.
Agar kerakli imtiyozli dori vositalari yoki ularning sinonimi 
dorixonada bo‘lmasa, u holda bemorlar (invalidlar va urush qatnashchilari, 
80 yoshdan oshgan keksa fuqarolar va qiynalib yuruvchi odamlar)ga 
telefon orqali yoki pochta orqali xabar beriladi.
Bu haqda imtiyozli dori oladigan bemoming imtiyozli dori berish 
kartasida belgi qo‘yiladi. Imtiyozli retseptning ta’sir muddati - 30 kun; 
giyohvand va psixotrop dorilarga - 10 kun, kuchli ta’sir qiluvchi va zaharli 
moddalar, dori moddalari: apomorfin gidroxlorid, kumush nitrat, atropin 
sulfat, gomatropin gidrobromid, dikain, paxikarpin gidroyodid, anabolik 
gormonlarga - 10 kun belgilangan.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin