M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Retseptdagi ntuhim qisqartmalar



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

Retseptdagi ntuhim qisqartmalar
Qisqartmasi
To'liq yozilishi
Tarjimasi
1
2
3
Aa
Ana
teng
ac. acid
Acidum
kislota
amp.
Ampula
ampula
aq.
Aqua
S U V
aq. destili.
Aqua destillata
distillangan suv
but.
Butyrum
yog' (qattiq)
comp., cps.
Compositus (a, um)
murakkab
D.
Da (Detur, Dentur)
ber (berilsin)
D.S.
Da, Singa
ber belgila
Detur, Signetur
berilsin (belgilansin)
D.t.d.
Da (Dentur) tales
ber (berilsin)
doses
shunday doza
dul.
dilutus
suyultirilgan
div.in p.aed
divide in partes 
aequales
teng qismlarga ajrat
extr.
extractum
ekstrat ajratma
f.
fiat (fiant)
hosil boMsin
g«-
gutta, guttae
tomchi, tomchilar
inf.
infusum
nastoy
in amp.
in ampullis
ampulada
in tabl.
in tab(u)lettis
tabletkada
lin.
linimentum
suyuq surtma
liq.
liquor
suyuqlik
M.pil.
massa pilularum
pilyula massasi
M.
Misce. Misceatur
aralashtir, aralashtirilsin
N.
numéro
dona
ol.
oleum
yog- (suyuq)
past.
pasta
pasta
pil.
pilula
pilyula
p.aeq.
partes aequales
teng qismlar
ppt., praec.
praecipitatus
cho‘ktirilgan
Pulv.
pulvis
kukun dori
q.s.
quantum satis
kerakli miqdori
r., rad.
radix
ildiz
52


Rp.:
Recipe
bering
Rep.
Repete, Repetatur
qaytar (qaytarilsin)
rhiz.
rhizoma
ildizpoya
S.
Signa, Signetur
belgila, belgilansin
sem.
semen
urug'
simpl.
simplex
oddiy
sir.
sirupus
sirop
sol.
solutio
eritma
supp.
suppositorium
shamcha
tabl.
tab(u)letta
tabletka
t-ra, tinct.
tintura
nastoyka
ung.
unguentum
surtma dori
vitr.
vitrum
shisha idish
4.2. Retsept qabul qilish va dori vositasini berish ishlarini tashkil
qiiish tartibi
Dorixona ishida mas’uliyatli vazifalardan biri retseptlarni qabul 
qilish va ular bo‘yicha dori vositalarini berish hisoblanadi. Bu ishni 
bajarishda farmatsevt retsept yozgan vrachning xatolarini aniqlash va 
farmatsevtik deontologiya negizlari asosida retseptni bajarish maqsadida 
juda e’tiborli bo‘lishi kerak.
Farmatsevt tayyor doriga retsept qabul qilayotganda tegishli barcha 
ma’lumotlar borligini tekshirgan holda qabul qilib, bemorga saqlashni va 
uy sharoitida qabul qilish qoidalarini eslatadi.
Ekstemporal 
dorilarga retsept qabul 
qilayotganda 
farmatsevt 
bemoming yoshini aniqlab, retsept yozilgan sanaga, yozilgan ingredientlar 
dozasi va to‘g‘ri kelishiga alohida e’tibor berishi kerak. Bolalarga dori 
tayyorlayotganda zaharli va maxsus hisobda turuvchi dorilarga katta e’tibor 
beriladi.
Zaharli, giyohvand va etil spirt saqlovchi dori tayyorlayotganda 
farmatsevt diqqatini jalb etish uchun qizil qalam bilan chiziladi. Agar 
vrach yozgan zaharli, giyohvand yoki kuchli ta’sir etuvchi dori dozasi 
yuqori birlamchi dozadan oshsa, lekin retsept tegishli tarzda yozilmagan 
bo‘lsa, farmatsevt dozirovkani 1/2 dozada to‘g‘rilab yuqori birlamchi deb 
belgilashi kerak.
Giyohvandlik yoki unga teng moddalari boMgan retsept qabul 
qilinayotganda farmatsevt bir martalik sotilishi, bitta retsept bo‘yicha 
beriladigan me’yorni tekshirishi kerak.
53


Retsept hatolar bilan yozilganda yoki dori vositalari bir-biriga 
to‘g‘ri kelmaganda va boshqa xatolari bo‘lganda, “retsept bekor qilinadi” 
degan yozuv bilan bekor qilinib, maxsus jurnalda ro‘yxatga olinadi.
Agar vrach retseptda qilgan xatosi yoki shubhali ma’lumot bo‘lsa, 
farmatsevt vrach bilan telefon orqali bogManib vosita nomini aniqlab, 
uning dozasi, farmakologik kirishishligini aniqlab, so'ng dorini sotishi 
mumkin.
Retsept qabul qilish bo‘yicha farmatsevt ish joyi, bajarilayotgan 
ishiga muvofiq moslashgan boiishi kerak. Retsept bo‘yicha tez ishlash 
uchun stolda turli xil informatsion-ma’lumotli jadvallar boMishi kerak: 
zaharli, maxsus hisobda turuvchi va kuchli ta’sir etuvchi dorivor 
moddalarni bir martalik va sutkalik dozalari, ingredientlarning bir-biriga 
mosligi, 
vrachlar 
tomonidan 
tez-tez 
yoziladigan 
individual 
tayyorlanadigan dorilar narxi va boshqalar.
Dorixona muassasalarining asosiy maqsadi aholini sifatli dori 
vositalari bilan ta’minlashdir. Retseptlarni qabul qilish, shifokor retsepti 
asosida dori tayyorlash, ularni ichki dorixona nazorati va dorixona 
muassasalaridan dori vositalarini berish qoidalari mavjud. Retseptlarni 
qabul qilish, shifokor retsepti va davolash-profilaktika muassasasi 
talabnomasi asosida dori tayyorlash, ular sifatini nazorat qilish va 
tayyorlangan dorilarni dorixonalarda sotish uchun retseptura ishlab 
chiqarish boMimlari tashkil qilinadi, Bo‘Iimlarga boMim mudiri va uning 
o'rinbosarlari rahbarlik qiladi. Retseptura ishlab chiqarish bo‘limlarida 
farmatsevt va farmatsevt assistenti lavozimlari mavjuddir.
Farmatsevt lavozimiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- qabul qilingan retseptlar asosida individual usulda tayyorlangan dori 
vositalar sifatini nazorat qilish, dorilarni sotish va dorixona ichida 
tayyorlov ishlari bilan shug'ullanish;
- retseptlarni qabul qilish va tayyor dori vositalarini sotish, ichki 
dorixona uchun tayyorlangan dori vositalari va dorixona uchun 
tayyorlangan dori vositalari sifatini to iiq nazorat qilish;
- dorixona rahbariyati dorixonada tushuntirish ishlarini olib borish 
farmatsevtlar ishini nazorat qilish, tungi paytlardan ishlash uchun 
farmatsevt lavozimini ajratish mumkin.
Farmatsevt ish joyida quyidagi tegishli ma'Iumotli adabiyotlar 
bo‘lishi kerak: Davlat farmakopeyasi, bir martalik va sutkalik dozalar 
jadvallari, maxsus adabiyotlar, alohida SSV buyruqlari, dori vositalariga 
ma’lumotnomalar, dori vositalari sinonimlari, narx jadvali, ishlab
54


chiqarish tariflari, hisob hujjatlar (kvitansiya, jurnal, noto‘g ‘r¡ yozilgan 
retseptni hisoblash uchun jurnal, signaturalar va h.k.).
Ish joyida retsept qabul qilish va dori berish jarayonida farmatsevt 
rioya qilishi shart bo‘lgan vazifalar:
- “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”, “Giyohvandlik 
vositasi va psixotrop moddalar to 'g ‘risida” va boshqa dori vositalari 
muomalasi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish haqidagi qonunlar 
va h.k;
- giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar ro‘yxati va ularning 
prekursorlari;
- SSV ning tegishli buyruq va yo‘riqnomalari;
- farmatsevtlar etikasi va deontologiya qoidalari.
Hozir sogMiqni saqlash tizimining muhim muammolaridan biri 
bo‘lib dori vositalaridan ratsional foydalanish hisoblanadi, uning 
zaruriyati ko‘p tomonlardan aniqlanadi:
- chegaralangan byudjet mablag‘i hisobiga dori vositalari sotib olish;
- dori vositalarining noratsional tayyorlanishi va foydalanilishi;
- nostandart, qalbaki dori vositalarining bozorda mavjudligi.
Farmatsevt ish joyini asbob-uskunalar bilan ta’minlayotganda 
quyidagi qoidalarga rioya qilinishi kerak:
- ish joyida nokerak narsalar boimasligi;
- har bir predmet doimiy joyiga ega bo‘lishi;
- tez-tez ishlatiladigan predmetlar qoM ostida boMishi.
Farmatsevt charchamasligi uchun quyidagi sanitariya-gigiena 
qoidalariga rioya qilish lozim: temperatura, ish joyining yoritilishi va 
ventilyatsiyasi.
Giyohvandlik vositalari - misol uchun etilmorfin gidroxlorid, 
kodein, kodein fosfat, natriy etaminal, barbamil, fepranon va boshqalar 
toza holda va indifferent moddalar bilan aralashmasida maxsus retsept 
blankaiariga yoziladi. Bunday retseptga muassasa boshlig‘i (yoki 
yordamchisi) qo‘shimcha imzo qo'yadi va muassasa muhri bilan 
tasdiqlanadi. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar toza holda 
yoki indifferent qo‘shimchalar bilan birga faqat davlat sogMiqni saqlash 
muassasasida ishlaydigan vrach tomonidan yozishga ruxsat etiladi.
Agar dori vositalar tarkibiga boshqa dori vositalari bilan birga zaharli 
moddalar ham qo‘shilsa, uyqu, neyroleptik, antidepressiv, anabolik 
vositalar, steroid gormonlar, trankvilizatorlar boMsa toMiq narxiga 
beriladigan formadagi retsept blankasida yoziladi va qo‘shimcha sogMiqni 
saqlash muassasasining “Retseptlar uchun” muhri bilan tasdiqlanadi.
55


Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar faqat bir martalik 
retsept bo'yicha beriladi va uni tuzatishga ruxsat etilmaydi. Bu vositalar 
ro‘yxati va bir retsept uchun dozasi, berish tartibi, saqlash, hisobini olib 
borish SSV ning 2001-yil 28-noyabr 527 -sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan.
Zaharli yoki kuchli ta’sir etuvchi dorilar uchun retsept yozilganda 
vrach dori dozasini yozma ravishda yozishi va undov belgisi qo‘yishi 
kerak.
Retsept tarkibida zaharli, giyohvand, psixotrop moddalar va 
prekursorlar bo’lsa, bunday dorilar retsepti dorixonada qoladi, bemorga 
signatura beriladi.
Har bir retseptda dori vositalari tarkibiga qaramay, asosiy majburiy 
rekvizitlar bo‘lishi shart:
- davolash-profilaktika muassasasi shtampi (nomi, manzili va telefon
raqami ko‘rsatilish¡);
- retsept yozib berilgan sana;
- kasalning familiyasi, ismi va yoshi;
- shifokor familiyasi, ismi;
- dori vositasining nomlari va soni;
- dori vositasidan foydalanishning aniq usuli;
- shifokorning shaxsiy muhri va imzosi.
Qo‘shimcha retsept rekvizitlari dori vositasining tarkibidan va 
retseptura blanki formasidan iborat bo'ladi.
Retsept blankasi 3 xil bo’ladi.
- Bolalar va kattalar uchun to‘liq narxga dori vositasini olish uchun 
yoziladigan (birinchi shakl). 1- ilova
- Bepul dorilar yozish uchun va psixotrop hususiyatga ega bo‘lgan dori 
vositalari uchun (ikkinchi shakl). 2-ilova
- Faqat giyohvandlik vositalari yozish uchun tavsiya etilgan pushti 
rangli retsept blankisi (uchinchi shakl). 3-ilova
Birinchi formadagi retsept blankasiga zaharli dori vositalari, 
uxlatuvchi dorilar, neyroleptiklar, antidepressiv, steroid gormonlar, 
trankvilizatorlar, astmaga qarshi vositalar, zamanixa nastoykasi, etil spirti 
saqlagan dori vositalari, kuchli ta’sir etuvchi moddalar, antibiotiklar, 
sulfanilamid va boshqa vositalar yoziladi.
Ikkinchi formadagi blankaga gangituvchi dori vositalaridan faqat 1 
ta dori vositasi yoziladi.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 2-dekabr 532-sonli qarori asosida 
quyidagi toifa bemorlarga bepul dori vositalari beriladi.
- Sil kasalligi.
56


- Moxov kasalligi.
- Onkologik kasalliklar.
- OITS (orttirilgan immun tanqislik sindromi).
- Endokrinologik kasalliklar.
- Ruhiy kasalliklar.
- Yasama yurak qopqoqchalarini qo‘yish operatsiyasi o'tkazilgandan 
keyin va a’zolari ko‘chirib qo‘yilgan bemorlar.
- Hech kimi yo‘q, muhtojlar.
- II jahon urushi qatnashchilari, nogironlari, sog‘Iig‘iga ko‘ra ularga 
tenglashtirilganlar.
- 1941-1945 yil mehnat front qatnashchilari.
- Chernobil AES falokati oqibatlarini tugatishda qatnashib nogiron 
bo‘lganlar.
- Baynalminal harbiy xizmatchilar.
Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 3l-may 188-sonli qarori asosida
- Yadro poligonlari va unga tenglashtirilgan korxonalarda ishlagan 
nafaqadagi fuqarolarga bepul dori vositalar beriladi.
Maxsus retseptura blankasida majburiy retseptlardan tashqari 
qo'shimcha rekvizitlar bo‘lishi kerak.
- seriya nomeri va himoya darajasi (pushti rangli qog‘ozi himoya 
yozuv belgilari bilan);
- bosh shifokor yoki uning o‘rinbosari imzosi yoki bo‘lim rahbarining 
imzosi va rangli muhr bilan tasdiqlanadi.
- kasallik tarixi nomeri.
Bitta blankada faqat bitta dori vositasi nomini yozish mumkin. 2 - 
shakldagi retseptura blankasida majburiy va qo‘shimcha rekvizitlar 
bo‘lishi kerak:
- seriya nomeri va manzil yoki bemor tibbiy kartasining nomeri;
- “Retsept uchun” davolash-profilaktika muassasasi muhri;
- shifokor va kasalning to‘liq familiyasi va ismi;
Bepul va imtiyozli dori vositalari berish uchun retsept 2 nusxada 
yoziladi.
1-shakldagi blankalarda zaharli va kuchli ta’sir etuvchi dori 
vositalari, etil spirti, apomorfm gidroxlorid, atropin sulfat, gomotropin 
gidrobromid, dikain, kumush nitrat, paxikarpin gidroyodid, pilokarpin 
gidroxlorid, adrenalin gidroxlorid, galazolin va boshqalar yoziladi.
Farmatsevt retseptning to‘g‘ri yozilganligini va dori vositasidan 
foydalanish usulini tekshirish kerak. Dori vositasi tarkibi, dori shakli,
57


belgilashl va farmatsevtga shifokor murojaati, dori vositasi ishlab 
chiqarish va berish lotin tilida yoziladi.
1-ilova

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin