emas, chunki ular qanday dori vositasi yozilganligini aniqlashda
adashtiradi. Zaharli ta’sir etuvchi dorilar va giyohvandlik vositalari retsept
boshida yoziladi. Dorini qabul qilish yo‘li, dozasi ko‘rsatilgan, ichish vaqti
(ovqatdan oldin yoki keyin) va muddati davlat tilida yoziladi.
Umumiy
ko‘rsatmalar bilan cheklanish man etiladi.
Ambulatoriya
sharoitida davolanishga
muhtoj, shuningdek,
statsionar sharoitda davolanib, ambulatoriya sharoitida davolashni davom
ettiradigan bemorlarga zarur dori vositalariga retsept yozib beriladi.
Quyidagi holatlarda retsept yozib berish taqiqlanadi:
- 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV tomonidan tibbiyotda ishlatishga
ruxsat etilmagan dori
vositalariga;
- kasallik belgilari mavjud boMmaganda;
- faqat davolash-profilaktika muassasasida ishlatiladigan dori vositalari
(narkoz uchun efir, xloretil, fentanil, sombrevin, kalipsol, ftorotan,
ketamin va boshqalar).
Agar
retseptda
zaharli,
narkotik
va
boshqa
ingredientlar
qo’shilmasidagi kuchli ta’sir qiluvchi vositalar yozib berilgan boMsa,
ularni tayyorlangan dori tarkibiga kiritmay, alohida berish taqiqlanadi.
Pushti rangdagi maxsus retseptura blanklariga yozib berilgan narkotik
dori-darmon vositalari hududiy davolash-profilaktika muassasalariga faqat
shu maqsadlar uchun biriktirib qo’yilgan dorixonalardan beriladi. Zaharli va
narkotik dori vositalari berish huquqiga ega bo'lgan dorixona va davolash-
profilaktika muassasalarining ro’yxati joylardagi sog‘liqni saqlash organlari
va “Dori-darmon” hududiy birlashmalari tomonidan belgilanadi.
Etilmorfin
gidroxlorid, kodein, kodein fosfat va natriy etaminalning
boshqa dori-darmon vositalari bilan aralashmasi shahar (shahar yoki
qishloq ma’muriy turnan) doirasida barcha dorixonalarda tomonidan
o‘zlari joylashgan hududdagi davolash-profilaktika muassasalarining
retseptlari bo’yicha beriladi.
Bemorga dori zaruriyat bo’yicha tez berish kerak bo‘lsa, retseptning
yuqori burchagiga “sito” (tez) yoki “statim” (darhol) belgilari qo’yiladi.
Ekstemporal, ya’ni yakka tartibda tayyorlanadigan dorilarga retsept
yozilganda suyuq
dorilar miqdori millilitrlarda, tomchilarda, qolganlari -
grammlarda yoziladi.
- Retsept yozilganda vrach “surunkali bemorga” deb yozib, retseptni
ishlatish muddati va unga dorini sotish vaqti (har hafta, har oy va b.)
ko‘rsatilishi kerak, ko’rsatma vrach imzosi va shaxsiy muhri bilan
tasdiqlanishi kerak.
51
Tuzatilgan va bir-biriga to‘g‘ri kelinaydigan dori vositalari bilan
yozilgan retsept haqiqiy emas deb hisoblanadi va unga dori berilmaydi.
Retsept “Retsept haqiqiy emas” yozuvi bilan bekor qilinadi.
Dostları ilə paylaş: