M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Aseptik sharoitda dori vositalari tayyorlashning o‘ziga xos



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

5.2. Aseptik sharoitda dori vositalari tayyorlashning o‘ziga xos
xususiyatlari
Aseptik sharoitda dori vositalari tayyorlash uchun, asosan, katta 
dorixonalarda alohida izolyatsiyalangan xonalar ajratiladi.
Aseptik sharoitda dori vositalari tayyorlanadigan xonada optimal 
sanitariya-gigiena sharoiti yaratish uchun dorilami sterilizatsiya qiladigan 
avtoklavlar va boshqa apparatlar qo‘shni xonaga (koktoriyga) joylashtiriladi.
Koktoriy - dorixona xonalaridan biri bo‘lib, unda suv xaydaladi va 
assistent ishiga bog‘liq bo‘lgan har xil farmatsevtik jarayonlar: damlama 
va qaynatmalar tayyorlash, dorilami sterillash, qaynatish, bugiatish ishlari 
ham bajariladi.
Ba’zi dorixonalarda aseptik sharoitda dori tayyorlash uchun maxsus 
blok-xonalar quriladi. Bloklar 3 ta seksiyadan iborat bo‘ladi:
a) aseptik xona
b) sterilizitsiya xonasi
g) tambur
Aseptik xonada dori vositalari tayyorlanadi. Sterilizatsiya xonasiga 
avtoklav, 200°S gacha isitadigan quritgich shkaf va boshqa sterilizatsiya 
shkaflari o‘matiladi. Tambur (boksdan oldingi xona)da farmatsevt sterillangan 
xalat qalpoqcha, tapochka (baxilla) lami kiyib, so‘ngra aseptik xonaga kiradi. 
Bazi dorixonalarda aseptik sharoitda dorilar tayyorlash uchun maxsus xonalar 
bo'lmasligi natijasida, dorilami qisman aseptik sharoitda tayyorlash imkonini 
bemvchi stol bokslardan foydalaniladi. Aseptik blok havo tortish ventilyatsiyasi 
bilan jihozlanadi. Bunda mikroblar tarqalishini kamaytirish maqsadida 
harakatlanuvchi retsirkulyatsion havo tozalagichlar o‘matilishi tavsiya etiladi.
Aseptik blokda, tayyorlash, distilyatsiya, sterilizatsiya xonalarida 
havoni zararsizlantirish maqsadida bakteritsid nurlatgichlar o‘rnatiladi. 
Ular 1-2 soatga ish vaqtidan oldin yoqib ishlatiladi. Nurlatgichlarning 
o‘chirgichlari xonaga kirishda joylashtiriladi. Nurlatgich o‘chirilgandan 15 
minut keyin xonaga kirishga ruxsat etiladi.
Xodimlar ishlaydigan xonalarda bakteritsid nurlatgichlar yerdan 1,8- 
2 m balandlikda o‘rnatiladi.
Aseptik blokga kiritiladigan jihozlar oldindan dezinfektsiya vositalari 
bilan artiladi. Aseptik blokda ishlatilmaydigan jihozlarni saqlashi qat’iyan 
man etiladi. Aseptik blok dorixonaning boshqa xonalaridan shlyuz bilan 
ajratiladi. Aseptik sharoitda dori tayyorlaydigan xodimlar shlyuzga 
kirishda steril xalat, 4 qavatli dokali niqob, qalpoqcha, baxillalar kiyadilar. 
Doka niqoblarni har 4 soatda almashtirish shart. Aseptik blokdan 
tashqarida nosteril sanitariya kiyimida yurish man etiladi.
71


Sanitariya kiyimlari bokslarda sterillanadi va berkitilgan bikslarda 
saqlanadi (saqlash vaqti 3 sutkadan oshmasligi kerak).
Poyafzallar ish boshlashdan oldin va ish kuni tugagach tashqi 
tomonidan dezinfektsiyalanadi va shkaflarda, yashiklarda saqlanadi.
Dorilarni tayyorlash uchun kerakli moddalar yopiq shkaflarda, 
shtanglazlarda toza sharoitda saqlanadi. Shtanglazlar toidirishdan oldin 
yuvib, sterillanadi.
Yordamchi materiallar (paxta, doka, pergament qog’oz, filtrlar va b.) 
bikslarda yoki og‘zi berkitiladigan shisha idishlarda yopiq holda 3 sutka 
saqlanadi. Ochilgan materiallar 24 soat mobaynida ishlatilishi zarur.
Biks har safar ochilgandan so'ng, yaxshi berkitiladi. Biks ichidan 
buyumni sterillangan pintset bilan olish mumkin. Yordamchi materiallar 
(pergament va filtr qog'ozi, kerakli oMchamlarda kesilgan dokadan 
tayyorlangan tamponlar) sterillash uchun bikslarga tayyor holatda solinadi.
Idishlar yuvilgandan so‘ng sterillanadi, tiqinlanadi 
va jips 
berkitiladigan shkaflarda saqlanadi. Shkaflar ichki tomonidan och rang 
bo‘yoq bilan bo'yaladi yoki plastik bilan qoplanadi.
Aseptik sharoitda dori tayyorlash va qadoqlash uchun sterillangan 
idishlar 24 soatdan ortiq saqlanmaydi.
Katta sig‘imli ballonlarni yuvilgandan so‘ng 30 daqiqa davomida 
bug‘ bilan zararsizlantirilib, tiqin bilan tiqinlanib yoki steril pergament 
bilan bogianib toza sharoitda 24 soat davomida saqlanadi.
Ko‘z tomchilarni va in’ektsion eritmalarni tiqinlash uchun tiqinlarni 
alyuminli qalpoqchalar tayyorlanadi va yuviladi. In’ektsion eritmalar va 
ko‘z tomchilarini tayyorlashda kichik mexanizatsiya vositalarini qo‘llash 
ularni zararsizlantirish yoki sterillash sharti bilan ruxsat beriladi.
Konsentrlangan 
eritmalar, yarim 
fabrikatlar, 
dorixona 
ichki 
mahsulotlarini 
aseptik 
sharoitda tayyorlab, 
ularni 
fizik-kimyoviy 
hossalariga va yaroqlilik muddatiga muvofiq saqlanadi.
Aseptik blokda ishlamaydigan xodimlarga ushbu xonalarga kirish 
man etiladi.
Nosteril dori shakllarini tayyorlashda ishlatiladigan dori vositalari 
zieh berkitilgan shtanglazlarda (yoki boshqa idishlarda) saqlanishi kerak.
Nosteril dori shakllarini tayyorlashda ishlatiladigan steril idishlarni 
saqlash muddati 3 kundan oshmasligi kerak.
Dorixonada tayyorlanadigan va qadoqlangan dorilarni berkitish 
uchun tiqin vositalar sterillanib saqlanadi.
Dorilarni 
tayyorlashda va qadoqlashda 
ishlatiladigan kichik 
mexanizatsiya vositalari ularni ishlatish qoMIanmasiga muvofiq yuviladi
72


va zararsizlantiriladi. Agar ishlatish qoMlanmasida ko‘rsatmaIar bo‘lmasa, 
ish oxirida kichik mexanizatsiya vositalari ajratiladi, issiq suvda (50-60°S) 
yuviladi, zararsizlantirilib, sterillanadi. Zararsizlantiruvchi moddalar 
buyumlardan issiq suv bilan yuvilgach, distillangan suv bilan chayiladi va 
toza holatda saqlanadi. Tayyorlangan matenallaming xossalariga binoan 
buyumlardan zararsizlantiruvchi eritmalami issiq suvda yuvib, distillangan 
suvda chayib toza holda saqlaydilar.
Har bir smenaning boshida tarozilar, shpatellar, qaychilar va boshqa 
dorixona kichik jihozlarini 3% li vodorod peroksid eritmasi yoki spirt - 
efirli aralashmasi bilan artiladi.
Byuretka 
moslamalari va 
tomizg‘ichlar 
har 
10 
kunda
konsentratlardan bo‘shatilib, issiq suv (50-60°S) va xantal kukuni 
aralashmasi bilan yoki 3% li vodorod peroksid va 0,5% li yuvish vositasi 
eritmasi bilan yuvilib, distillangan suv bilan chayiladi. Yuvilgandan so‘ng 
u yerdagi suvlarda yuvish vositalarining qoldig'i aniqlanadi.
- Dori moddani har safar tortib yoki o‘lchab olgandan keyin 
shtanglazning og‘iz qismi va tiqini, shuningdek, qo‘l torozilari doka bilan 
artiladi. Dokali salfetkalar faqat bir marta ishlatiladi.
Ish jarayonida ishlatiladigan qog‘ozli va mumlangan kapsulalar, 
shpatellar, iplar, assistent (qadoqlash) xonasidagi qutilarda saqlanadi. 
Yordamchi materiallar yopiq jovonlarda toza holda saqlanadi.
In’eksiya uchun ishlatiladigan tozalangan suvni olish, tashish va 
saqlanishiga qo‘yiladigan sanitariya talablari:
- distillangan suvni olish va saqlash alohida shu maqsadga ajratilgan 
distiilyatsiya xonasida o ‘tkaziladi. Ushbu xonada suv haydash bilan 
bog‘liq boMmagan boshqa ishlar o ‘tkazilmaydi. In’eksiya uchun suv 
aseptik blokning distillash xonasida olinadi. Bu yerda suv haydash bilan 
bog‘liq bo‘lmagan har qanday ishlar qilish man etiladi.
- har kuni suv haydashdan oldin 10-15 daqiqa davomida 
akvadistillyatordan sovutgichni yoqmasdan bug‘ o‘tkazilishi kerak. 
Distillangan suvning birinchi tomchilari 15-20 daqiqa davomida to‘kilib, 
keyingisi yig‘iladi.
- toza sterillangan va bug‘ bilan ishlangan suv to‘plagichlarga 
olingan distillangan suv va in’eksiya uchun suv yig‘ilad¡. Ba’zan shisha 
ballonlarga yig‘ish mumkin. Suv to'plagichlar ustida “Distillangan suv”, 
“In’eksiya uchun suv” kabi yozuvlar bo‘lishi kerak. Agar bir nechta suv 
to‘plagichlar bir vaqtda ¡shlatilsa, ularga tartib raqami qo‘yiladi.
- Shisha suv to‘plagichlar ikkita teshikli tiqinlar bilan zich berkitilishi 
kerak, ular ballonlar uchun moslamalarga va tagliklarga o ‘rnatiladi.
73


- Suv to'plagichlar shisha naychalar yordamida akvadistillyatorga 
biriktiriladi. Rezinali naychalar faqat shisha naychalarni biriktirish uchun 
ishlatiladi.
- Ish o‘rinlariga suv ballonlarda yoki suv o‘tkazuvchi naycha 
moslamalar orqali yuboriladi. Suv o‘tkazuvchi naychalar suvning sifatiga 
ta’sir etmaydigan materiallardan tayyorlanadi, shuningdek, yuvishga va 
zararsizlantirilishiga moslangan.
- naychalarni yuvilishi va zararsizlantirilishi yig‘ilishidan oldin 
kamida 14 kunda 1 marta o‘tkaziladi.
- shisha va metall naychalarni zararsizlantirish uchun avtoklavdan 30 
daqiqa davomida kuchli bug‘ yuboriladi. Polimer materiallardan va 
shishadan tayyorlangan trubkalarni 6% li vodorod peroksid eritmasi bilan 
yuvib sterillanadi. Keyin distillangan suv bilan yuviladi. Trubkalarning 
tozalanganligi maxsus daftarda qayd etiladi.
- pirogen moddalardan shisha naychalarni va ¡dishlarni tozalash 
uchun ular 1% li kaliy permanganat eritmasi bilan 25-30 daqiqa davomida 
qayta ishlanadi. Eritmani tayyorlash uchun 10 qism 1% li kaliy 
permanganat eritmasiga 65 qism 1,5% li sulfat kislota eritmasi qo‘shiladi. 
Naychalar qayta ishlangandan so‘ng in’eksion suv bilan yuviladi.
- distillangan suvni aseptik sharoitda 3 kundan ortiq saqlab 
bo‘lmaydi.
- in’eksion uchun suvni aseptik sharoitda 24 soat davomida saqlash 
mumkin.
Kasalxonalarning 
infektsion 
bodimlaridan 
kelgan 
idishlar 
dorixonada 1% li xloramin eritmasi bilan va yangi tayyorlangan vodorod 
peroksidning 3% li eritmasi va 0,5% li yuvish vositasi eritmasi bilan 
aralashmasi yordamida zararsizlantiriladi: Xloraminning aktivlangan 
eritmasini tayyorlash uchun xloramin oddiy suvda eritilib, teng ravishda 
aktivator qo‘shiladi. Bunda idishlar aktivlangan xloramin bilan 30 daqiqa 
davomida zararsizlantiriladi (2 kun davomida saqlangan xloramin eritmasi 
ishlatilganda idishlarni zararsizlantirish 2 soatgacha uzaytiriladi).
Vodorod peroksidi va “Dezmol” eritmasi aralashmasi oddiy suvda 
tayyorlanadi. 
Ushbu 
eritmada 
idishlar 
80 
daqiqa 
davomida 
zararsizlantiriladi. 3%, li vodorod peroksid eritmasidan 1 litr tayyorlash 
uchun 120 mi pergidrol olib suv qo'shiladi. Shu eritmaga 5 g yuvish 
vositasi qo‘shiladi.
Pergidrol va xloramin bilan ishlashda rezina qo‘lqoplar, himoya 
ko‘zoynaklari va 4 qavatli doka niqoblardan foydalaniladi.
74


Yuvish vositalari o'ramda yoki polietilen qoplarda quruq joyda 
saqlanadi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin