M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

Kimyoviy nazorat. 
Bunda dori vositalarining (sifatining tahlili) 
chinligi va miqdori tekshiriladi.
Dorixonada quyidagi dori vositalarining sifati tekshiriladi:
- dorixonada qadoqlanadigan dori vositalarining har bir seriyalari;
- yakka tartibda tayyorlanadigan dori vositalarining ba’zi birlari (0,1% 
farmatsevt analitik lavozimi bo‘lsa, 0,3% farmatsevt-analitik 
lavozimi boMmasa);
- barcha konsentratlar, yarim fabrikatlarning har bir seriyasi;
- shtanglaslardagi va byuretka qurilmalaridagi dori vositalari;
- omborxonadan dorixonaga keltirilgan dori vositalarining ba’zi 
birlari;
- tozalangan suv (xloridlar, sulfatlar, kaltsiy tuzlarining yo‘qligi).
- Dorixonada 
quyidagi 
dori 
vositalarining 
sifati 
va 
miqdori 
tekshiriladi:
- barcha 
in’eksiya 
uchun 
tayyorlanadigan 
dori 
vositalari 
(sterilizatsiyaga qadar va undan so'ng);
- tarkibida giyohvand va zaharli moddalar saqlagan va ko'z 
kasalliklarida ishlatiladigan dori vositalari (tomchilar, surtmalar);
- atropin sulfat, kumush nitrat, xlorid kislotasi eritmalari (ichish 
uchun);
- barcha konsentrat va yarim fabrikatlar;
- dorixonada tayyorlanadigan barcha dori vositalarining har bir 
seriyasi;
- stabilizatorlar;
- etil spirtining konsentratsiyasi.
77


Dorixonada tayyorlangan dorilarning sifati nazorat qilib bo‘l¡ngach, 
ularning natijalari tegishli hujjatlarda qayd etiladi. Qayd etish daftaridan 
namunalar 1 - 5 jadvalda keltirilgan.
5.4. Dorixonada tayyorlangan dori vositalarini rasmiylashtirish
0 ‘zbekiston Respublikasi SSV ning 2002-yil 15-apreldagi “Dorixona 
muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori 
vositalarining tashqi bezagiga doir qoidalarni tasdiqlash haqida”gi 177 - 
sonli buyrug‘iga asosan tayyorlanadigan dori vositalarining yorliqlari 
bo'yicha me’yorlar muvofiqlashtirilgan.
Dorixona muassasalarida tayyorlanadigan va idishga joylanadigan 
dori vositalarini tashqi bezashda tegishli yorliqlardan foydalaniladi, ularni 
qo‘llanilishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi hamda quyidagi rangli 
hoshiyalar bilan farqlanadi.
a) “Sirtqi” - to‘q sariq rang;
b) “Ichish uchun” - yashil rang;
v) “Ko‘z tomchisi” - pushti rang;
g) “Ko‘z surtmasi” - pushti rang;
d) “In’eksiya uchun” - ko'k rang;
Dorixona muassasalarida tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori 
vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan yorliqlarning barchasida 
quyidagi shartli belgi va yozuvlar bo'lishi kerak:
a) emblema (ilon o'ralgan vaza);
b) dorixonaning nomi;
v) dorining nomi;
g) qo‘llash usuli;
d) “Bolalardan ehtiyot qiling”;
e) “Salqin va yorug1 tushmaydigan joyda saqlansin” - degan 
ogohlantiruvchi yozuvlar;
yo) “Sirtqi” ishlatiladigan surtiría dorilar yorlig‘ida “Surtma” degan, 
“Ichish uchun” ishlatiladigan kukun dorilar yorlig'ida “Kukun dori” degan 
yozuv, “Ko‘z tomchisi” dorisi yorlig‘ida tomchi va ko‘zning rasmi, “Ko‘z 
surtmasi” 
dorisi 
yorlig‘ida 
ko‘zning 
rasmi; 
“In’eksiya” 
uchun 
ishlatiladigan dorilar yorlig‘ida “Sterillangan” degan yozuv hamda ignali 
shprits rasmi boiadi.
Alohida saqlash sharoitini, ehtiyotlik bilan ishlatishni talab qiladigan 
dori vositalariga asosiy yorliqdan tashqari, qo'shimcha ogohlantiruvchi 
yozuvlar yopishtiriladi.
78


Dorixonaga keladigan dori moddalari va boshqa tovarlami qabul 
qilishda kirish nazorati o‘tkazilishi, ya’ni tovarlami ko‘zdan kechirish 
shart. Bu nazorat ulgurji firmalari (dorixona omborlari) sharoitida ham 
o‘tkaziladi.
Kirish nazorati sertifikatda ko‘rsatilgan preparatning tashqi ko'rinishi 
va ishlatish qoidasi hamda tahlil sertifikatini o‘z ichiga oladi.
Nazorat vaqtida quyidagilarga e’tibor beriladi:
- tovarning tamg‘alanishi, tovar nomi, dozalari, chiqarish shakli, 
ishlab chiqaruvchi korxona nomi, sifat sertifikatiga va tahlil sertifikatiga 
mosligi;
- tovarning germetikligi va o‘ramning mustahkamligi;
- o ‘ram ustidagi ishlab chiqaruvchi seriyaning raqami va kuzatuvchi 
hujjatlardagi seriya raqamining sifat sertifikati va tahlil sertifikati raqamiga 
to‘g‘ri kelishi.
Sifat sertifikati yoki tahlil sertifikatining Farmatsevtik mahsulot 
sifatini tekshirish davlat tizimiga kirmagan laboratoriyalar tomonidan 
rasmiylashtirilgan bo‘lsa ham ularni qabul qilish man etiladi.
Agar dori preparati sifati haqida shubha tug'ilsa, unda farmatsevtik 
inspeksiyaga tekshirishga yuborilishi lozim.
Kirish nazorati natijalari maxsus tasdiqlangan daftarga kiritiladi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin