Dorixonada tayyorlangan dorilarning sifati nazorat qilib bo‘l¡ngach,
ularning natijalari tegishli hujjatlarda qayd etiladi. Qayd etish daftaridan
namunalar 1 - 5 jadvalda keltirilgan.
5.4. Dorixonada tayyorlangan dori vositalarini rasmiylashtirish
0 ‘zbekiston Respublikasi SSV ning 2002-yil 15-apreldagi “Dorixona
muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori
vositalarining tashqi bezagiga doir qoidalarni tasdiqlash haqida”gi 177 -
sonli buyrug‘iga asosan tayyorlanadigan dori vositalarining yorliqlari
bo'yicha me’yorlar muvofiqlashtirilgan.
Dorixona muassasalarida tayyorlanadigan va idishga joylanadigan
dori vositalarini tashqi bezashda tegishli yorliqlardan foydalaniladi,
ularni
qo‘llanilishiga qarab quyidagilarga bo‘linadi hamda quyidagi rangli
hoshiyalar bilan farqlanadi.
a) “Sirtqi” - to‘q sariq rang;
b) “Ichish uchun” - yashil rang;
v) “Ko‘z tomchisi” - pushti rang;
g) “Ko‘z surtmasi” - pushti rang;
d) “In’eksiya uchun” - ko'k rang;
Dorixona muassasalarida tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori
vositalarini tashqi bezashda ishlatiladigan
yorliqlarning barchasida
quyidagi shartli belgi va yozuvlar bo'lishi kerak:
a) emblema (ilon o'ralgan vaza);
b) dorixonaning nomi;
v) dorining nomi;
g) qo‘llash usuli;
d) “Bolalardan ehtiyot qiling”;
e) “Salqin va yorug1 tushmaydigan joyda saqlansin” - degan
ogohlantiruvchi yozuvlar;
yo) “Sirtqi” ishlatiladigan surtiría dorilar yorlig‘ida “Surtma” degan,
“Ichish uchun” ishlatiladigan kukun dorilar yorlig'ida “Kukun dori” degan
yozuv, “Ko‘z tomchisi” dorisi yorlig‘ida tomchi va ko‘zning rasmi, “Ko‘z
surtmasi”
dorisi
yorlig‘ida
ko‘zning
rasmi;
“In’eksiya”
uchun
ishlatiladigan dorilar yorlig‘ida “Sterillangan” degan yozuv hamda ignali
shprits rasmi boiadi.
Alohida saqlash sharoitini, ehtiyotlik bilan
ishlatishni talab qiladigan
dori vositalariga asosiy yorliqdan tashqari, qo'shimcha ogohlantiruvchi
yozuvlar yopishtiriladi.
78
Dorixonaga keladigan dori moddalari va boshqa tovarlami qabul
qilishda kirish nazorati o‘tkazilishi, ya’ni tovarlami ko‘zdan kechirish
shart. Bu nazorat ulgurji firmalari (dorixona omborlari)
sharoitida ham
o‘tkaziladi.
Kirish nazorati sertifikatda ko‘rsatilgan preparatning tashqi ko'rinishi
va ishlatish qoidasi hamda tahlil sertifikatini o‘z ichiga oladi.
Nazorat vaqtida quyidagilarga e’tibor beriladi:
- tovarning tamg‘alanishi, tovar nomi, dozalari, chiqarish shakli,
ishlab chiqaruvchi korxona nomi, sifat sertifikatiga
va tahlil sertifikatiga
mosligi;
- tovarning germetikligi va o‘ramning mustahkamligi;
- o ‘ram ustidagi ishlab chiqaruvchi seriyaning raqami va kuzatuvchi
hujjatlardagi seriya raqamining sifat sertifikati va tahlil sertifikati raqamiga
to‘g‘ri kelishi.
Sifat sertifikati yoki tahlil sertifikatining Farmatsevtik mahsulot
sifatini tekshirish davlat tizimiga kirmagan laboratoriyalar tomonidan
rasmiylashtirilgan bo‘lsa ham ularni qabul qilish man etiladi.
Agar dori preparati sifati haqida shubha tug'ilsa,
unda farmatsevtik
inspeksiyaga tekshirishga yuborilishi lozim.
Kirish nazorati natijalari maxsus tasdiqlangan daftarga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: