Kattalarga ichish uchun tayyorlangan dori vositalarining ba’zi birlari,
bolalarga ichish uchun tayyorlangan hamma dori vositalarining ta’mi
tekshiriladi.
Og‘zaki nazorat.
Bunda farmatsevt-texnolog dori vositasi tarkibiga
kiruvchi birinchi ingredientning nomini aytadi. Boshqa murakkab dori
aralashmalarida esa farmatsevt ingredientlarining nomi va miqdorini esida
qolgani bo‘yicha ko'rsatadi. Ushbu nazorat turi ayrim dori vositalarida
o ‘tkaziladi. Og‘zaki nazorat 5 ta dori shakli tayyorlanib boMingach olib
boriladi.
Fizikaviy nazorat.
Bu nazoratda dori shaklining hajmi va umumiy
massasi tekshiriladi. Dorixonada tayyorlanadigan va qadoqlanadigan dori
vositasining har bir seriyasi, yakka tartibda tayyorlanadigan dori
vositalarining ba’zilari, sterilizatsiya talab qiladigan dori shakllari,
sterilizatsiyaga qadar qadoqlanganlari fizikaviy nazoratdan o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: