- ishlab chiqarishda ishlatiladigan apparat, asbob-uskunalarning aniq,
to‘g‘ri ishlashini ta’minlash;
- dorixonada dori vositalarining fizik-kimyoviy xossalarini yaroqlilik
muddatini
e’tiborga olib,
muayyan shart-sharoitlarda
saqlash
( 0 ‘zbekiston Respublikasi SSV ning 2000 y¡1 10 martdagi 109-sonli
buyrug‘i ‘‘Dori vositalari, tibbiyot buyumlarining yaroqlilik muddati
to‘g‘risida”);
- dori moddalari bilan to‘ldirilgan shtanglaslardagi vorliqlarda tegishli
yozuvlarning boiishini nazorat qilish;
- dorixonaga
kelgan
retseptlar
yoki talabnomalarning
to‘g‘ri
rasmiylashtirilganini tekshirish va dorilarni tayyorlash texnologiyasi
qoidalariga amal qilish.
Yakka tartibda tayyorlanadigan dori vositalari, tez buziluvchi va
turg‘un bo'lmagan preparatlar, konsentratlar, yarim fabrikatlarni sifat va
miqdorini nazorat qilish O ‘zbekiston Respublikasi SSV ning 2000-yil 21-
aprelda tasdiqlangan dorixona sharoitlarida tayyorlanadigan dori vositalari
sifatini
yaxshilash
to‘g‘risidagi
195-sonli
buyrug‘iga
muvofiq
dorixonalarda tayyorlanadigan dori vositalarining sifatini
nazorat
qilishning quyidagi turlari mavjud: yozma, organoleptik, og‘zaki, fizikaviy
va kimyoviy nazorat. Bundan tashqari, qabul qilish nazorati ham mavjud.
Qabul qilish nazoratida dorixonaga kelib tushgan dori vositalarining
qadoqlanishi, markirovkasi va tashqi ko'rinishi tekshiriladi. Agar shubha
tug‘ilsa, bu dori vositasi nazorat tahlil laboratoriyasiga jo ‘natiladi.
Dostları ilə paylaş: