Etil spirti alanga oluvchi preparatlar qatoriga kirgani uchun, uni og‘zi
mahkam yopiladigan idishlarda yorug‘likdan himoya qilingan holda,
salqin joylarda, alohida xonalarda saqlanishi kerak.
Smena tugagach, yuqorida qayd etilgan moddalar saqlanadigan
xonalar yopilib, muhrlanadi yoki plombalanadi.
G ‘amlamalar bo‘limida bajarilgan laboratoriya va qadoqlash ishlari
“Laboratoriya va qadoqlash ishlarini hisobga olish daftari”da qayd etiladi.
Bu daftarda laboratoriya ishi uchun berilgan dori vositalarining nomi,
o‘lchov birligi, miqdori, bahosi, umumiy narxi bilan birgalikda tayyorlab,
qadoqlab topshirilgan mahsulotlarning seriyasi, oichov birligi, nomi,
miqdori, bahosi, umumiy narxi, xom ashyo va tayyor mahsulotlarning
narxlari orasidagi farqlar aks ettiriladi hamda ishni bajarib, sifatini
tekshirib, qabul qilib olgan shaxslaming imzolari qo‘yiladi.
Dorixonalarda xodimlarning ish faoliyatini engillashtirish uchun
oldindan konsentratlar, yarim fabrikatlar tayyorlanadi:
50% li glyukoza, 20% li natriy bromid, 20% li magniy sulfat, 10% li
kaliy yodid, dimedrolning 1% li, bor kislotasi 2% li, 60% li natriy tiosulfat,
natriy xlorid 0,9% li eritmalari va hokazo.
Tayyor dori vositalari boiim i har xil sektsiyali shkaflar, stollar va
peshtaxtalar bilan jihozlanadi, undan tashqari termolabil dori vositalari
uchun muzlatkichlar,
zaharli,
giyohvandlik vositalari uchun esa
qulflanadigan ternir seyflar boiadi. Boiim ni mudir va uning o‘rinbosarlari
- oliy ma’lumotli farmatsevtlar boshqaradi.
Dorixonadagi dori vositalarini va boshqa tibbiy buyumlarni retseptsiz
beradigan boiim ham kutish zaliga joylashtiriladi. U har xil to‘siqlar bilan
ajratilgan boiadi. Retseptsiz savdo boiim ini esa o’rta maxsus ma’lumotli
farmatsevt - assistent boshqarishi mumkin. Bu bo‘limning vazifasi aholiga
vrach retseptisiz berishga ruxsat etilgan dori vositalari, gigiena buyumlari
hamda boshqa tibbiyotda va bemorlar parvarishida ishlatiladigan buyumlar
bilan savdo qilishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: