Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish
Dori vositalarini qalbakilashtirishni bartaraf etish maqsadida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalari bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar Farmatsevtika sanoati. Farmatsevtika sanoati qalbaki dori vositalarini
aniqlashda muhim o‘rin tutadi. Qollanadigan choralar:
dori vositalarining himoya tizimini tatbiq etish, o‘z mahsulotlarining
qalbakilashtirilishini oldini olish maqsadida himoya yorliqlaridan va
boshqa vositalardan foydalanish chora-tadbirlarini qo‘llash;
o‘z omborida dori vositalari va qadoqlash materiallarini noqonuniy
ishlab chiqaruvchi va qadoqlovchilarga sotish maqsadida o‘g‘irlanishining
oldini olish.
Dori vositalarini xorijdan keltiruvchi tashkilotlar. Farmatsevtika mahsulotlarini xorijdan olib keluvchi tashkilotlar
quyidagi choralami ko‘rishlari kerak:
xorijdan olib kelinayotgan dori vositalari tegishli davlatlarda qonuniy
yo‘l bilan ishlab chiqarilganligi kafolatlanishi;
keltirilayotgan davlatlarda xavfsizlik choralarini o‘rganish va
foydalanish;
chetdan olingan dori vositalariga Jahon sogMiqni saqlash tashkiloti
tavsiyalari asosida rasmiylashtirilgan farmatsevtika mahsulotining sifat
sertifikatini imkoniyat darajasida olish.
Ulgurji va chakana savdo tashkilotlar i. Farmatsevtika mahsulotlari bilan ulgurji va chakana savdo
qiluvchilar quyidagi choralarni ko‘rishlari kerak:
- dori vositalarini faqat qonuniy va ishonli manbalardan sotib olish;
- dorilarning qalbakiligiga yoki dorining sifati, samaradorligi, xavfsizligi
shubhali boigan dorilarni sotib olmaslik, sotmaslik yoki etkazib
bermaslik;
dori vositalarining sifat nazoratini vizual va boshqa noanalitik usullar
bilan o'tkazish, shu bilan birga, yorliqlash sifatini va qadoqlash
materiallarini, ishlab chiqaruvchining nomi va manzilini tekshirish.
Sog'liqni saqlash tizimi mutaxassislari. Flamma sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislari
qalbaki dori
vositalariga qarshi kurashga o‘z hissalarini qo‘shishlari kerak. Dori
vositalarini tavsiya etuvchi shifokorlar ba’zi bir dorilar ishlatilganda
davolanishning samarasiz kechishiga alohida ahamiyat berishlari kerak,
chunki bu - dori qalbakiligining belgisi boMishi mumkin. Qalbaki, deb
taxmin qilingan dori vositalari haqida dori vositalari sifatini nazorat
133
qiluvchi milliy organlarga xabar qilinishi, ular esa o’z navbatida
namunalar olib, ekspertiza oMkazishlari kerak.