Xodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish davolash-
profdaktika muassasasi rahbari tomonidan dorixona mudiri bilan
kelishilgan holda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Dorixona mudiri davolash-profilaktika muassasasi rahbari tomonidan
o‘rnatilgan tartibda ishga tayinlanadi va ishdan bo‘shatiladi, davolash-
profilaktika muassasasi rahbariyati va dorixona mudiri o‘rtasida moddiy
javobgarlik to’grisida shartnoma tuziladi.
Dorixona mudiri dorixona ishini tashkil etadi va uning faoliyati uchun
javobgar hisoblanadi.
Dorixonaning ish tartibi davolash-profilaktika muassasasi rahbari
tomonidan o‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
Farmatsevtika sohasida tugallanmagan oliy ma’lumoti bo‘lgan
shaxslarning bu sohada o ‘rta maxsus ma’lumoti bo‘lgan xodimlar
ishlaydigan lavozimlarda ko‘rsatishi SSV tomonidan belgilangan tartibda
yo‘l qo‘yiladi.
Dorixona xodimlari belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari
kerak.
Ishlab chiqarish xonalarida va ish o‘rinlarida chekish, ovqatlanish,
shaxsiy va ishga kerakli bo’lmagan buyumlarni saqlashga ruxsat etilmaydi.
Rahbar dorixona xodimlariga qonunchilik bilan kafolatlangan
mehnat sharoitlari va ijtimoiy himoya choralarini ta’minlab berishi kerak.
Belgilangan
tartib-qoidalarga
rioya
qilmaydigan
hamda
farmatsevtika faoliyati bilan g‘ayriqonuniy shug‘ullanuvchi shaxslar
qonun oldida javobgar hisoblanadi.
Davolash-profilaktika muassasalarining dorixonasi o‘zaro tuzilgan
shartnoma asosida farmatsevtika institutlarining talabalari, farmatsevtika
kollejlarining o ‘quvchilari, farmatsevtlar malakasini oshirish kurslarining
tinglovchilari, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib boruvchilar uchun ishlab
chiqarish amaliyotini o ‘tkazish markazi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Davolash-profilaktika muassasalari dorixonasining rahbari va
xodimlari belgilangan tartibda 5 yilda bir marta malaka oshirish kurslarida
0
‘qishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: