M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


“Qiymat - minimallashtirish” tahlili



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

“Qiymat - minimallashtirish” tahlili 
(QMT).
Agar ikki yondashishda (davolash usullarida) ularning teng 
samaradorligi ko‘rsatilgan bo‘lsa, har bir usulning harajatlarini taqqoslash 
mumkin. Taqqoslashning bunday usuli QMT degan nom bilan yuritiladi. 
Misol uchun davolashdagi vositadan foydalanish qiymati turlicha bo'lishi 
mumkin.
“Qiymat - naf ’ tahlili 
(QNT).
QNT shunday iqtisodiy usulki, undan foydalanilganda (davolash 
usulida) uning samaradorligi bemorning hayrixoxligi yoki davolash sifati 
nuqtai nazaridan baholanadi. QNT tahlili QST tahliliga juda o‘xshaydi, 
lekin uni qo'llanganda yangi ko‘rsatkichga tashqaridan davolash usulidagi 
samaradorlikning bemor tomonidan juzuy baholanishi qo‘shiladi. 
Ko'pgina QNT natijalari bemor hayotining sifat o'zgarishiga tashqari 
davolash usulining qiymati qo‘shilgan holda ifodalanadi.
“Kasallanish qiymati” tahlili 
(KQT).
KQTdan aniq bir kasallikning tarqalishi uchun umumiy (to‘g‘ri hamda 
juz’iy) qiymatni foydalaniladi. Bu uslubiyat o'rganishda aniq bir kasallik 
bilan bogiiq boigan (makroiqtisodiy ma’nodagi) barcha harajatlami 
hisoblash uchun ishlab chiqilgan. AQShda bir necha guruh kasalliklar 
bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, yiliga yurak- 
tomir tizimi kasalliklariga 80 milliard dollar o'simta kasalliklariga 30 
milliard dollar, va asab-ruhiy kasalliklariga 25 milliard dollar harajat 
bo‘lar ekan. Bu kasallikning bevosita oldini olish, aniqlash, davolash, 
sog‘liqni tiklash, tadqiqot hamda o‘qitish, shuningdek, tibbiy muassasalar 
uchun kapital qo‘yilmalar harajatlarini o‘z ichiga oladi.
152


Juz’iy harajatlar yo'qotilgan ish kunlari bo'yicha uniqlnnudi. 
Kasallikning to’g'ridan-to'g’ri 
harajatlari 
yoki 
ju z’iy 
harajatlar
aniqlanganda kasallikning oldini olish yoki davolashga iqtisodiy baho 
berish mumkin boiadi. T oiiq misol bilan tahlil qilish mumkinki, 
kelajakda sog’liqni saqlash tizimi xodimlari va jamiyat tez-tez 
farmakoiqtisodiy muammolarga duch keladi. Lekin, har bir vazifa uchun 
xususiy yo‘l, xususiy uslubiyat tanlanishi lozim. Bu uslubiyat kelgusida 
har 
qanday farmakoiqtisodiy 
ma’lumotlaming 
mavjud 
tayanch
prinsiplariga hamda tahlil usullariga tayanadi.
Farmakoiqtisodiyot tahlil usullarini birgina bemordagina emas, balki 
davolash muassasalarida, ma’muriy-hududiy tumanda, viloyat va yaxlit 
davlat miqyosida qo'llash mumkin. Bu usullar farmakoterapiyani klinik va 
iqtisodiy 
tomondan 
tartibga 
solish 
imkoniyatlarini 
beradi. 
Farmakoiqtisodiyot tahlil usullari davolashning aniq standartini tanlashda, 
dori vositalarini qayd qilish va sotib olishda, klinik tajribalarning 
natijalarini baholashda muvaffaqiyat bilan ¡shlatilmoqda.
Formulyar tizimning qoilanishi hududiy tibbiy yordam sifatini 
boshqarish modellarining shakllanishiga har tomonlama yondashish 
zaruriyatidan kelib chiqadi.
Sog‘liqni saqlashni boshqarish organlari oldida farmakoiqtisodiy 
masalalarni hal qilishda bir qancha muammolar qatorida quyidagilar ham 
bor:
- dori vositalaridan oqilona foydalanishni ta’minlab beruvchi tashkiliy 
tuzilmalarni tuzish;
- formulyar tizimni hudud va muassasalarda qoilashning uslubiy 
ta’minotini ishlab chiqish;
- tibbiyot muassasalari amaliyotida farmakoiqtisodiy tahlil asoslarini 
qo’llash;
- tibbiy yordam sifatining nazoratini o’tkazishda dori vositalari 
xavfsizligi va sifatini baholash mezonlarini ishlab chiqish;
- dori vositalaridan oqilona foydalanishni qo’llashda bemor va tibbiyot 
mutaxassislarining qiziqishini oshirish uchun sharoitlar yaratish.
Formulyar tizim qo’llashni ta’minlab beradigan tashkiliy tizimning 
shakllanishi bir-birini qaytaradigan, noxush, yomon oqibatlarni keltirib 
chiqaradigan, hayotiy zarur toifaga kirmaydigan, klinik-epidemiologiya 
tomonidan klinik samarasizligi tasdiqlangan dori vositalari sonini 
kamaytirish vazifalarini ko’zda tutadi.
Formulyar tizimi tashkiliy tuzilmasining shakllanishi va dori 
vositalaridan oqilona foydalanishga quyidagilar imkon beradi:
153


- dori vositalari ishlatilishining klinik nazoratini, zarur hollarda olib 
borilayotgan farmakoterapiyani to‘g‘rilashni o‘tkaz¡sh;
- davolash-profilaktika muassasalari uchun hududiy formulyar va 
formulyar ro‘yxatlami ishlab chiqish, hamda doimiy ravishda yaxshilab 
turish;
- aholiga bepul tibbiy yordam ko'rsatishning davlat dasturlarini 
amalga oshirishda dori vositalarga bo‘lgan ehtiyojni tibbiy-iqtisodiy va 
farmakoiqtisodiy jihatdan asoslab berish;
- aholini, ta’minotchilarni, ishlab chiqaruvchi firmalar, tibbiy sug‘urta 
tashkilotlari tibbiyot xodimlari, tibbiyot muassasalari organlari rahbarlarini 
axborot bilan ta’minlash xizmatini yaratish;
- tibbiyot muassasalari 
ehtiyoji 
uchun 
sotib olinadigan 
dori 
vositalarining farmakoiqtisodiy samaradorligini hisobga oigan holda 
ularning narx - navolarini to‘g‘rilash sharoitini yaratish.
Formulyar uchun 
dori 
vositalarining 
davolash 
samaradorligi, 
havfsizligi va narxlari kriteriylarini hisobga oigan holda tanlab olinishi 
kerak. Bu qiyin ishni amalga oshirishda shifokorlar to'qnash keladigan 
birlamchi muammolardan biri dori vositalari to‘g‘risida mutlaq zamonaviy 
axborotlarni qidirishdir. Tibbiyot muassasalarida formulyar ro‘yxatlarni 
ishlab chiqish bir qancha tadbirlarni bosqichma-bosqich bajarilishini 
ko‘zda tutadi.
154



Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin