M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Maxsus ta’sirga ega bo‘lgan dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

Maxsus ta’sirga ega bo‘lgan dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni
aniqlash. 
Dori vositalarining iste’moli aholining kasallanish va tibbiy 
yordam ko'rsatish darajasi bilan bog‘liq. Maxsus ta’sirga ega bo‘lgan dori 
vositalarining ehtiyoji har biriga alohida hisoblanadi.
Bunda quyidagilar hisobga olinadi. Biror kasallikda bir kishiga 
ishlatilgan preparatlar bir kursi uchun yil davomida ketadigan dori 
vositalari miqdori.
Ehtiyojni aniqlash quyidagi formula bilan topiladi:
E = M x K x B, bunda
E - dori vositalariga boigan ehtiyoj;
M - 1 davolash kursiga bitta bemor uchun ketadigan dori vositasining 
miqdori;
K - bir yil davomida davolash kurslarining soni;
B - bemorlar soni.
158


Keng qamrovli ta’sir etuvchi dori vositalariga boMgan ehtiyojni
aniqlash. 
Bu guruhga keng ta’sir etuvchi arsenalli dori vositalari kiradi. 
Ularga turli 
kasalliklarning qo’zg'atuvchilariga nisbatan faollikni 
ko’rsatuvchilar: antibiotiklar, sulfanilamid dori vositalari, nitrofuran 
hosilalari, alkaloidlar, oksidlovchilar, ogir metall tuzlari, fenol hosilalari va 
boshqalar misol bo’ladi. Bu guruhga yana organizmning funksional 
sistemasidagi xilma-xil kasalliklami davolashda ishlatiladigan dori 
vositalari, bir xil ta’sirli, ammo kelib chiqishi har xil bo’lgan: analgetik va 
isitma tushiruvchi, markaziy nerv sistemasini qo‘zg‘atuvchi, uxlatuvchi, 
sedativ va neyroleptik, mahalliy og’riqsizlantiruvchi, o ‘rab oluvchi va 
adsorbtsiyalovchi, 
terini 
burishtiruvchi 
va 
shilliq 
pardalarni 
yallig‘lantiruvchi, balg‘am ko’chiruvchi va ko‘ngil aynatuvchi, surgilar, 
vitaminlar, gormon dori vositalari va boshqalar kiradi.
Keng qamrovli ta’sir etuvchi dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni 
aniqlash ikki bosqichda olib boriladi:
- kerakli ma’lumotlarni to’plash va ularni tahlil qilish;
- iqtisodiy-matematik usullar, ekspert baholash va boshqalar asosida 
aniq dori vositalarining ehtiyoj istiqbolini aniqlash.
Shu tahlil jarayonida berilgan guruh preparatlariga bo’lgan talabni 
taxminan, bir dori vositasi o'rniga ikkinchisini quyish mo’ljallangan 
o’zgarishlarni hamda shu preparatni mahalliy qoMlash xususiyatlarini 
aniqlash kerak.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin