Talab deganda pullarda ifodalangan u yoki bu tovarga xaridorlaming
ebtiyoji tushuniladi. Talabni miqdoriy
jixatdan oichash mumkin, bunda
talab kattaligi tushunchasi qo‘llanadi. Bu xaridorlar (iste’molchilar)
hohlaydigan, aniq narxlar bo‘yicha qaysidir davr ichida moliyaviy
imkoniyatlarga ega boigan, sotib olishga tayyorlab qoyilgan ma’lum tovar
miqdorini bildiradi.
Bundan kelib chiqadiki, sotiladigan tovaming talab
hajmi, eng avvalo, uning narxi bilan bog‘liq. Odamlar xarid
qiladigan tovar
miqdori va uning bahosi o‘rtasidagi munosabat talab qonunini ta’riflaydi.
Ba’zi teng sharoitlarda tovar narxi va talabning kattaligi o‘rtasida qayta
(yoki salbiy) aloqa, ya’ni narxlaming pasayishi talabni ko‘payishiga olib
kelishi va aksincha mavjudligini talab qonuni tasdiqlaydi.
Talabning kattaligiga ikkita guruh omillar muayyan ta’sir etadi:
dori vositalarga ehtiyojni shakllantiruvchi omillar;
iqtisodiy ko’rsatkichlar guruhi
(tovar va
analogining narxi,
iste’molchining daromadi va b.).
Dostları ilə paylaş: