dorixona om borlari bajaradi.
Omborxonalar kelib tushgan tovarlarni
qabul qilish, joylashtirish va saqlash qoidalariga rioya qilgan holda,
iste’molchilarga berish uchun mo'ljallangan bo'ladi.
Dorixona omborining asosiy vazifalariga: dorixona, davolash-
profiklaktika muassasalari va boshqa tashkilotlarga sifati va amaldagi
qonunchilikning hamma talablariga javob beradigan dori vositalari, tibbiy
buyumlar, dorixona jihozlari va inventarlarni qabul qilish, saqlash va
berish kiradi.
Dorixona ombori asosiy vazifalariga muvofiq quyidagi funksiyalami
bajaradi:
- ta’minotchilar bilan shartnomalar tuzish;
- dorixona assortimentiga mos tovarlar va tibbiyot buyumlarini sotib
olish;
- da’vo va izlanish ishlarini olib borish;
- iste’molchilar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini
nazorat qilish;
- dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchilardan sifati,
miqdori va qiymati bo'yicha qabul qilishni amalga oshirish;
- dori vositalari va tibbiyot buyumlarini fizik-kimyoviy xususiyatlari
va DF talablarini hisobga olgan holda ular saqlanishini tashkil qilish;
- farmatsevtik, parafarmatsevtik va boshqa tovarlarni hisobga olish va
berish tartibiga qat’iyan rioya qilishni tashkil qiladi.
Dorixona omboriga qo'yilgan farmatsevtik talablar tegishli tarmoq
standartida belgilangan.
Dorixona ombori bajarilayotgan ish hajmiga, sanitariya-gigiena
qoidalariga, yong'inga qarshi, boyliklarni saqlash talablariga javob
beradigan sharoitda joylanishi kerak. Omborxona alohida turadigan binoda
176
(bino tizimining ijara huquqida yoki
boshqa xuquqlar asosida
qonunchilikka zid keltirmagan holda) joylashishi mumkin.
U yerda, albatta, suv bilan ta’minlanish, kanalizatsiya, issiqlik, tortib
ketadigan ventilyatsiya qurilmalari mavjud bo‘lishi shart.
Tashqarida tashkiliy-huquqiy shakli, korxona nomi, joylashgan o‘rni
(yuridik manzili) va ish tartibi yozilishi kerak.
Dorixona ombori dori vositalari va tibbiyot buyumlarini fizik-
kimyoviy, farmakologik, toksikologik xususiyatlariga asosan saqlash va
tegishli butligini hamda dori vositalari va tibbiyot buyumlari sifatini
standartlar talablarini hisobga oigan holda ta’minlab beruvchi ajratilgan va
maxsus jihozlangan binolarga ega boMishi kerak. Omborxonada alohida
kirish yo‘li, tovarlarni qabul qilish uchun ajratilgan joy bo‘lishi kerak.
Agar omborxona ko'p qavatli uylarda joylashgan bo‘lsa, tovami ortish
yoki tushirish xonadonlarning derazasi tagida amalga oshirishga ruxsat
etilmaydi. Tibbiyot yoki dorixona sifatida xizmat qiluvchi binolarda
mayda ulgurji ombor joylashganda ma’muriy-maishiy xonalar umumiy
boMishi mumkin.
Omborxona xonalari bajariladigan funksiyalariga qarab uzviy qabul
qilish, saqlash, buyurtmalami jamlash va mahsulotlarni berish ishlari
funksional bog‘liq boMishi lozim.
Omborxona xonalarining maydoni, saqlanishi ko‘zda tutilgan
mahsulotlar hajmiga mos kelishi va 150 m2 dan kam boMmasligi lozim:
- mahsulotlarni qabul qilish joyi;
- tibbiyotda ishlatiladigan mahsulotlar va dori vositalarini saqlash joyi;
- maxsus saqlash sharoitini talab qiluvchi dori vositalarini saqlash
xonalari;
ekspeditsiya (jo‘natish) joyi.
Ma’muriy-maishiy xonalaming umumiy maydoni xodimlarning
soniga bogiiq, lekin amaldagi me’yorlar va qoidalarga binoan 34 m2 kam
bo‘lmasligi kerak.
Dorixona ombori bajaradigan funksiyalaridan kelib chiqib, tegishli
jihoz va inventariar bilan ta’minlanishi lozim.
Dorixona omborida bo‘lish lozim boMgan
jihozlarning tahminiy
ro
\yxati:
- stellajlar, poddonlar, podtovarlar, tovar osti moslamalari;
- muzlatkich kameralari;
- yukni yuklash-tushirish mexanizatsiya vositalari;
- havo ko‘rsatkichlarmi rasmiylashtiruvchi asboblar;
- yog‘och va metall shkaflar (seyflar);
l2-№ 96
177
- ishchi stol va stullar;
- maxsus va ustki kiyimbosh hamda poyafzal saqlanadigan alohida
shkaflar;
- sanitar holatni saqlash uchun inventar va dezinfektsiyalovchi
vositalar.
Saqlash xonalarining soni alohida xonalarda saqlanishni talab
qiluvchi
dori
vositalari
guruhlariga
qarab
belgilanadi.
Odatda,
omborxonaning ish hajmi qancha bodishidan qat’iy nazar quyidagi saqlash
boiimlari bodishi ko‘zda tutiladi: quruq dori vositalari, suyuq dori
vositalari, tayyor dori vositalari, sanitariya va gigiena tovarlari, bogdov
materiallari, zaharli va giyohvandlik dori vositalari (agar ularni saqlash
uchun alohida litsenziya bo‘lsa).
Bundan tashqari, dorixona omborida dori vositalarini qadoqlash va
o‘rab joylash, yordamchi bodimlari, transport boiimi va v. h.k. tashkil
qilinishi mumkin. Moliyaviy ishlarni bajarish uchun buxgalteriya,
iqtisodiy rejalashtirish bo‘limi ham ko‘zda tutiladi.
Dorixona omborlariga boshqa soha omborlaridan farqli ravishda,
asosan, oliy farmatsevtik va o ‘rta maxsus ma’lumotli malakali xodimlar
ishlashi talab etiladi. Dorixona ombori xodimlari soni ular bajaradigan ish
hajmiga (savdo hajmi) asosan belgilanadi,
Dorixona omborida tovarlar harakati quyidagi logistik jarayonlardan
iborat: tovar qabul qilish, sifat nazorati, saqlash joylariga joylashtirish,
saqlash bodimlaridan tovarlarni berish. Omborxonada tovarlami saqlash
ishlari amaldagi tarmoq standard va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlar
asosida olib boriladi.
Qabul qilish bodimi boshqa xonalardan alohida bo‘lishi, lekin asosiy
dori vositalari saqlash xonalari bilan uzviy bog‘liq bodishi lozim.
Dorixona omborida kelib tushgan mahsulotlarni qabul qilish va
tegishli bodimlarga berishni amalga oshirish maqsadida kamida uch
kishidan iborat qabul xay’ati tashkil etiladi. Qabul xay’ati raisi qabul
bodimi boshligd, kichik ish xajmiga ega omborlarda esa dorixona ombori
mudiri hisoblanadi.
Qabul qilish hay’ati tarkibiga bodim mudirlari, mahsulot qabul
qilishga tegishli boshqa shaxslar ham kirishi mumkin. Ba’zi hollarda
xay’at tarkibiga mutaxassis-ekspertlar yoki betaraf tashkilot vakillari
kiritilishi mumkin.
Qabul qilishda ishtirok etuvchi shaxslar dori vositalarini son va sifat
jihatdan qabul qilish qoidalarini, tibbiyotda ishlatiladigan mahsulotlarni
yuborishning asosiy va alohida sharoitlarini, dori vositalari fizik-kimyoviy
178
xossalarini, dori turlarini ishlab chiqarish shakllarini, narx-navo va
boshqalami yaxshi bilishi majburiydir.
Dorixona omboriga zaharli yoki giyohvandlik vositalari kelishi bilan
darhol zaharli va giyohvan vositalari saqlash boMimiga topshiriladi. Ularni
son jihatidan va kuzatuv hujjatlariga mosligi omborxona mudiri tomonidan
tekshiriladi.
Qabul qilish bo‘limida mahsulotlar qaysi bo‘limga tegishli bo‘lsa shu
bo‘lim mudirlari (o‘rinbosarlari) ishtirokida ochib ko‘riladi, lozim bo‘lgan
taqdirda betaraf tashkilot vakili yukni qabul qilishda ishtirok etish
huquqini beruvchi hujjat asosida qatnashadi.
Tovarlarni yetkazib berish shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Dori vositalarini amaldagi reglamentlari asosida ulgurji va chakana
dorixona tarmoqlari orqali sotishda quyidagi hujjatlar boiishi talab etiladi:
- muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik bo‘yicha deklaratsiya;
- muvofiqlik sertifikatining asl nusxasi egasi tomonidan, notarius yoki
sertifikat
bergan
tovarlarni
sertifikatlashtirish
idorasi
tomonidan
tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi;
- tovar-kuzatuv hujjatlari (schet-faktura) ishlab chiqaruvchi yoki
ta’minotchi (sotuvchi) tomonidan rasmiylashtirilgan bo‘lib har bir tovar
norm bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga ular muvofiqligi haqida ma’lumotlar;
- muvofiqlik sertifikati nomeri va uning amal qilish muddati;
- sertifikat bergan idora; yoki muvofiqlik bo‘yicha deklaratsiya qayd
qilingan nomeri va uning amal qilish muddati;
- deklaratsiyani qabul qilgan ishlab chiqaruvchi yoki ta’minotchining
(sotuvchining) nomi va qayd qilgan idora.
Barcha hujjatlar nusxasi ishlab chiqaruvchining (ta’minotchi,
sotuvchi) imzo va muhri bilan manzili va telefonlari ko‘rsatilgan holda
tasdiqlangan bo‘lishi lozim.
Dori vositalarini qabul qilishdan oldin ularning yaroqlilik muddatiga
e’tibor berish lozim.
Dostları ilə paylaş: |