M. Z. Islomova farmatsevtika ishini tashkil qilish


Dori vositalari va tibbiyotda ishlatiladigan buyumlarning



Yüklə 352,75 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/103
tarix19.12.2023
ölçüsü352,75 Kb.
#184627
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   103
Toshmuxamedov E.R. Farmatsevtika ishini tashkil qilish

11.5. Dori vositalari va tibbiyotda ishlatiladigan buyumlarning
saqlanishi tashkil qilish
Tovarlarni saqlash tovar harakatining barcha bo‘g‘inlarida, ya’ni 
tayyor mahsulotni ishlab chiqarishdan boshlab uni iste’mol qilish 
mobaynida amalga oshiriladi.
Tovarlarni saqlash - bu tovarning sifati va miqdorini o‘zgartirmaslik 
maqsadida ombor xonalariga joylashtirish va saqlash jarayonidir. 
Saqlashdan asosiy maqsad - tovarlaming boshlang‘ich xossalarini 
barqarorligini ta’minlash demakdir. Tegishli saqlash xonalarining 
mavjudligi, zarur saqlash tartiblarining yaratilishi, saqlash davomida 
tovarlarni to‘g‘ri joylashtirishni tashkil qilish - tovarlarni saqlash shart- 
sharoitlarining asosini tashkil qiladi.
Omborxonalarda va moddiy xonalarda saqlash uchun farmatsevtik 
mahsulotlaming xususiyatlariga bog’liq muayyan sharoitlar asosida amalga 
oshiriladi. Saqlash sharoitlarining (havo harorati va namligi) asosiy 
ko’rsatkichlarini nazoratini olib borish uchun har bir xonada termometr va 
gigrometr bolib, ular saqlash uchun xonalaming ichki devorlarida isitkich 
priborlardan yerdan 1,5-1,7 metr balandlikda, eshikdan esa 3 metr masofada 
joylashgan bo‘ladi. Havo harorati va namligi bir kunda kamida 1 marta
183


tekshiriladi, priborlarning ko‘rsatkichlari har bir boiimda boiishi kerak 
maxsus hisob daftarida belgilanadi.
Saqlash xonalarida havo tozaligiga rioya qilish uchun tortib 
ketadigan 
ventilyatsiya 
qurilmalari 
boiishi 
kerak. 
Dorixona 
assortimentidagi mahsulotlar sifatiga turli tashqi omillar, ayniqsa, fizik- 
kimyoviy xususiyatlarga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli ulami saqlashda 
yuqoridagi omillar ta’sirini hisobga olish lozim.
Yorugiikdan saqlanish lozim boigan dori vositalari-qorong‘i, salqin 
xonalarda yoki eshiklari zieh yopiladigan, ichki tomoni qora rangli 
bo‘yoq bilan bo‘yalgan shkaflarda yoki qopqoqlari zieh yopiladigan 
qutilarida saqlanishi talab etiladi.
Atmosferadagi suv bugiari yoki namlikga sezgir boigan dori 
vositalari salqin joylarda, germetik yopilgan, suv bugiari yoki namlikni 
o‘tkazmaydigan matodan yasalgan, shisha, metall, alyumin, plastmassa 
idishlarda saqlanishi lozim:
- kuydirilgan gips yaxshi yopiladigan idishlarda saqlanadi (masalan, 
mahkam yopiladigan ichiga yopiladigan polietilen plyonka solingan 
yog‘och quti yoki yog‘och bochkalarda);
- xantal ko‘kini ichi laklangan temir bankalarda saqlanadi;
- xantal mahkam berkitilgan idishlarga solingan polietilen plyonka 
yoki pergament qog‘ozga o'ralgan holda saqlanadi.
Uchuvchan dori vositalari salqin joylarda germetik berkitiladigan 
uchuvchan moddalarni oikazmaydigan materiallarda tayyorlangan 
idishlarda saqlanadi.
Kristalgidratlar havoning nisbiy namligi 50-65% boigan salqin 
joylarda germetik yopiladigan shisha, metall yoki qalin plastmassadan 
ishlangan idishlarda saqlanadi.
Havo haroratining yuqori yoki pastligi ta’sir etuvchi dori vositalarni 
saqlashda, ularni yorligi va ishlatish uchun qoilanmasida ko‘rsatilgan 
harorati rejimiga e’tibor beriladi.
Organopreparatlarni quruq sharoitda, yorugiikdan saqlangan holda 
1° + 15°S gacha boigan haroratda saqlanadi (boshqa ko‘rsatma 
berilmagan boisa).
Tibbiy yogiar odatda + 4° + 12°S gacha saqlanadi.
Gazlar ta’siridan saqlanishi shart boigan dori vositalari germetik 
yopiladigan gazlarni oikazmaydigan materiallardan ishlangan idishlarda 
iloji boricha toiatilgan holda saqlanadi.
Turli farmakoterapevtik guruhga mansub boigan dori vositalarini 
saqlashda hidli va bo‘yovchi dori vositalari guruhi ham ajratiladi.
184


Hidli dori vositalari guruhiga uchuvchan hamda uchuvchan 
boflmagan, lekin o‘ta hidli dori vositalari kiradi. Ularni germetik yopiq 
idishlarda bir-biridan alohida holda nomi bo'yicha saqlanadi.
Bo‘yovchi xususiyatli dori vositalariga - idishlarda, jihozlarda va 
rangli iz qoldiruvchi oddiy sanitariya-gigienik ishlovda yuvilmaydigan 
dori vositalari kiradi (brilliant yashili, metilen ko‘ki, indigokarmin va h.k.).
Bo'yovchi dori moddalari alohida maxsus zich yopiluvchi shkaflarda 
saqlanadi (nomi bo‘yicha). Bo‘yovchi moddalarni ishlatishda ularning har 
biri uchun alohida torozilar, xovonchalar, shpatellar va boshqa inventariar 
ajratiladi.
Dorivor o‘simliklar xom ashyosi va yig‘malarn¡ saqlashda 
quyidagilar talab etiladi:
a) yaxshi yopiladigan idish;
b) quruq yaxshi ventilatsiyalanuvchi havo almashuvi ta’minlangan 
xona. Taraning turi xom ashyoni saqlash joyiga bog‘liq.
Omborxonada dorivor o ‘simliklar xom ashyosi so‘kchaklarda 
saqlanadi buning uchun yopiq yashiklar, qoplar (kesilgan xom ashyo), ikki 
qavatli qoplar, karton o‘ramlari (poroshoklar) boMishi kerak.
0 ‘z tarkibida efir moylarini saqlovchi (masalan: shalfey o‘ti), ayrim 
gigroskopik o‘tlar, barglar, mevalar (masalan: angishvonagul bargi
dalachoy va boshqalar) alohida yaxshi yopiladigan idishda saqlanadi.
Zaharli va giyohvand moddalar saqlovchi dori vositalar alohida 
xonalarda, maxsus qulflanadigan ternir shkaflarda saqlanadi.
Quritilgan shirador mevalarni ombor hashoratlaridan himoyalash 
uchun flakonga xloroform solib, bug‘lari chiqib turuvchi trubkasi bo‘lgan 
probka bilan yopiladi va mevalar saqlaydigan yashik ichiga solib qo‘yiladi.
Tarkibida yurak glikozidlari saqlovchi dorivor o‘simliklar xom 
ashyosiga (masalan: angishvonagul bargi, marvaridgul mevasi va 
boshqalar) alohida e’tibor berish kerak. Davlat Farmakopeyasida ular 
uchun qat’iy saqlash muddatlari va biologik faolligini qayta tekshirish 
uchun talablar belgilangan.
Barcha dorivor o'simliklar xom ashyosini vaqti-vaqti bilan Davlat 
Farmakopeyasi nazoratidan o‘tkaib turishi shart. Standartga javob 
bermagan xom ashyo yaroqsiz deb topiladi yoki qaytadan ishlab chiqilgan 
va ijobiy nazoratdan so‘ng ishlatiladi.

Yüklə 352,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin