8.5. Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi
143
9-bob. FARMAKOIQTISODIYOTNING ILMIY ASOSLARI
9.1.Farmakoiqtisodiyot to‘g‘risida tushuncha
Farmakoiqtisodiyot - bu bemorlarni dori vositalari bilan davolash
qiymatini kompleks tahlil qilishdir.
Farmakoiqtisodiyot tadqiqotlari dori vositalaridan foydalanish hamda
davolashning alternativ usullari qiymatlarini taqqoslash bilan olib boriladi.
Farmakoiqtisodiy tahlil shifoxonalarda aksariyat hollarda qanday dori
vositalaridan foydalanish zarurligini, bemor uchun berilgan eng yaxshi va
samarali dori vositasini aniqlash imkonini beradi. Shuningdek, ikki
davolash usulini taqqoslash mumkinki, bunda ushbu davolash sxemasini
qoilashda bemorning sogiig'i yaxshilanishi hamda kasallikni davolash
uchun aniq vositani tanlash mumkin.
Farmakoiqtisodiy izlanishlar predmeti:
- kamida ikki xil davolash usulini taqqoslab olingan tahliining
farmakoterapevtik natijalari;
- yangi dori vositalarining xavfsizligi va samaradorligi;
- farmakoterapiya va diagnostika o'tkazishdagi iqtisodiy harajatlar;
- farmakoiqtisodiy statistika ;
- dori vositalarining bir guruh kasalliklarda klinik sinovlarini
hujjatlashtirish.
Bir davlat yoki dunyo miqyosida olib qaraganimizda sog‘liqni
saqlash tizimi harajatlari, ya’ni davolashga ketadigan harajatlar doimiy
oshib bormoqda. Shuning uchun alternativ davolash usullarini tanlash
muammosini hal qilishda iqtisodiy omillar asosiy o ‘rinni egallaydi. Ya’ni
hozirgi kunda quyidagi muhim savol o‘z javobini topishni talab etadi: dori
vositasi aks ettirgan narxidagi darajada samaradorlikka egami?
Dori vositalarini iqtisodiy baholash - bu nafaqat alternativ davolash
usullari narxini solishtirish, balki davolash usulining barcha klinik
jarayonlami, yangi dori vositasini qo‘llagandagi oqibatlarini, shuning bilan
barcha asosiy davolash usuli, dori vositalari bilan birga ishlatiladigan
vositalar (tibbiy texnika anjomlari), tibbiy personal harajatlarini o ‘z ichiga
olgan holda butun moliyaviy harajatlarni baholashdir. Odatda, davolash
jarayoni davolashning samaradorligi va xavfsizligiga ko‘ra baholangan. Bu
maqsadda aniq terapevtik ko‘rsatkichlar bo’yicha davolash natijalarini
baholaydigan yondashuvlar ishlab chiqilgan, masalan GCP (Good Clinical
Practice) Standard. Shuning bilan birga, yuqorida qayd etilganidek, dori
14 4
vositalarining samaradorligi va xavfsizligini
baholashda iqtisodiy
kriteriyalarga tayanish maqsadga muvofiq.
XX-asrning fannakoiqtisodiyotning maqsadi minimal iqtisodiy
harajatlarda maksima! klinik samaradorlikka erishishni ta’minlashdir.
Minimal harajatlar deyilganda faqat eng arzon dori vositalarini qo'llash
nazarda tutilmaydi. Farmakoiqtisodiyotda asosiy maqsad dori vositasi
qiymatidan, narxidan tejash emas, balki yuqori samaradorlikka ega va
xavfsizroq dori vositasini qodlagan holda umumiy davolash harajatlaridan
tejashga harakat qilishdir.
Umumiy davolash harajatlarini tejashga yuqori samarali va xavfsiz
dori vositasini qoMlagandan key in davolash kursining qisqarishi, birga
qo‘llanuvchi vositalarning kamayish, nojo‘ya ta’sirlarning kamayishi
hisobiga ularni bartaraf qilishga ketadigan harajatlaming qisqarishi,
statsionar yoki ambulatoriya sharoitida davolashdagi harajatlar qisqarishi,
bemorning tezroq sog'ayib ish qobiliyatini tiklanishi keladigan foyda
hisobiga erishiladi.
Farmakoiqtisodiyotning rivojlanish tarixi haqida fikr yuritganda, uni
80-yillarda Kanada, Buyuk Britaniya va AQShda paydo bo‘lib, sekin-asta
izlanishlar natijalari umumlanib, sog‘liqni saqlash tizimida alohida
yo‘nalishga aylanib borayotganini aytish mumkin. Avvaliga izlanishlar
sogdiqni saqlash tizimi dasturlarini iqtisodiy baholash usullari sifatida
o’rganilgan. Keyinchalik 90-yillarda izlanishlar yaxshi natija berganligi va
sogMiqni saqlash tizimida iqtisodiy baholash muhim o‘rin tuta
boshlangandan so‘ng. “farmakoiqtisodiyot” atamasi kirib kelgan.
Bu vaqt ichida qilingan ishlar mahsuli sifatida AQSh sog‘liqni
saqlash tizimi, tibbiy xizmat ko‘rsatish va tibbiy tovarlar ishlab chiqarish
assotsiatsiyasi (U.S. Yealth and Human Services, Aqency for Health Gare
Policy and Reseaarch, and the Health Outcomes Work Group of
Pharmaceutical Research Manufacturer’s Association ) tomonidan ta’sis
etilgan ISPOR ( International Sociatary o f Pharmacoeconomies and
Outcames Research) - Xalqaro farmakoiqtisodiyot izlanishlar tashkilotini
keltirish mumkin. Bu tashkilot butun dunyo bo‘yicha farmakoiqtisodiyot
izlanishlarni
moliyalashtiradi,
olingan
natijalarni
yig’adi
va
umumlashtiradi.
Bu tashkilot tomonidan 1998-yil fevral oyida o’tkazilgan ilmiy-
amaliy uchrashuv va konferensiyada farmakoiqtisodiyot bo‘yicha uslubiy
qoilanmalar muhokamadan o‘tkazildi va tasdiqlandi. Bu qoilanmalar
yordamida farmakoiqtisodiyot izlanishlarni o‘tkazish, natijalarni tahlil
10-№ 96
145
qilish
va
sog‘liqni
saqlashda
yakuniy
xulosalar
chiqarishda
ko‘maklashadigan axborot bazalaridan foydalanish mumkin.
Aytish mumkinki, farmakoiqtisodiyotni fan sifatida tan olinishiga
asos shu erda qo‘yildi.
Farmakoiqtisodiyotning Yevropadagi rivoji haqida ma’lumotlarni
shu sohaga ulkan xizmatlari singgan M.Drummond yiqqan. Uning
aytishicha, farmakoiqtisodning umumiy rivojlanishi ko‘p hollarda
Evropada sogMiqni saqlash tizimi olib borayotgan siyosatga bogiiq.
Ilgari Yevropa davlatlari qonunchiligida dori vositalariga narx
belgilash bo‘yicha iqtisodiy asos yo‘q edi. Biroq yaqindan bir qancha
Evropa davlatlarida bunday talablar qonunga kiritilmoqda. Bundan
tashqari, ba’zi davlatlarda farmakoiqtisodiyot izlanishlar o‘tkazish
bo'yicha tavsiyanomalar ishlab chiqilgan.
Yevropada farmakoiqtisodiyot izlanishlar 13 ta davlatda olib borildi.
Har bir davlatdan 5 tadan yirik tadqiqot natijalari olindi. Shuningdek,
o ’tkazilgan farmakoiqtisodiyot izlanishlar va qoMlanilgan tahlil usullari
o‘rganildi. Natijalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin.
Ba’zi davlatlarda farmakoiqtisodiyot tadqiqotlar natijalari rasmiy
organlar tomonidan so’ralmoqda. Masalan, Portugaliyada yangi qonunda
dori vositalari harajatlarini qoplash masalalari bilan shug’ullanuvchi
agentlik Infarmed dori vositasini formulyarga kiritishda iqtisodiy
ekspertiza xulosasini talab qiladi. Finlandiyada 1998-yil boshidan dori
vositasiga
ulgurji
narx
belgilash
uchun
kompaniyalardan
farmakoiqtisodiyot baholanganligi haqidagi ma’lumotlarni ham taqdim
etishi talab etiladi. Izlanishlar yangi dori vositasining qiymati va
samarasini baholashda boshqa mavjud vositalardan ustunligi haqida keng
va ishonchli ma’lumotlarga ega boMishi kerak.
Daniyada formulyarga yangi dori vositalarini kiritishda Daniya tibbiy
agentligiga farmakoiqtisodiyot izlanishlar natijalari ilova qilinadi. Bunday
kelishuv farmatsevtik mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi va
SSV o‘rtasida ham mavjud bo‘lib, ulaming maqsadi dori vositalariga
harajatlami kamaytirishdir.
Buyuk Britaniyada SogMiqni saqlash departamenti tomonidan klinik
afzallik milliy instituti (NICE - National Institut Sor Clinical excelence)
tashkil etilgan. Bu institut har yili 30 ta yangi dori vositasi va
texnologiyalami to’liq baholaydi. NICE izlanishlari natijalariga ko‘ra
yangi texnologiyalar, dori vositalarini muvofiq qoMlash bo’yicha
tavsiyanomalar ishlab chiqiladi. Umuman olganda Yevropa davlatlarida
farmakoitqtisodiyot izlanishlarga juda jiddiy yondashilmoqda.
146
Bizga yaqin boigan Rossiyada sogiiqni saqlash tizimidagi
farmakoiqtisodiyotning o'mi haqida biroz kengroq ma’lumot bersak,
1999-yilni Rossiya uchun farmakoiqtisodiyotning qad rostlashi desak
boiadi. 1998-yil oxirida Moskva shahrida RAMN qoshidagi onkologiya
markazida birinchi bor “Rossiyada farmakoiqtisodiyot. Birinchi tajriba”
mavzusida ilmiy konferentsiya oikazildi. Konferensiya onkologik
kasalliklarni davolashda farmakoiqtisodiyotning asosiy muammolariga
bag‘ishlandi. 1999-yil aprel va noyabr oylarida “Chelovek i Lekarstvo”
kongressida va Moskva tibbiyot akademiyasida farmakoiqtisodiyot
bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulot kurslari oikazildi va
eshituvchilarga sertifikatlar berildi.
1999-yil 22-23 noyabrda Moskva shahrida birinchi umumrossiya
“Farmakoiqtisodiyot. Uchinchi ming yillik bo‘sag‘asida iqtisodiyot”
mavzusida kongress oikazildi. 2000-yil 20-22 noyabr kunlari esa ikkinchi
umumrossiya farmakoiqtisodiyot kongressi bo‘lib o ‘tdi.
Umuman olganda Rossiyada farmakoiqtisodiyot so‘nggi yillarda
yaxshigina rivojlandi. Buni RF SSV dori vositalari bilan ta’minlash,
ulaming sifatini vaxshilash va muvofiq foydalanish bo‘yicha ilmiy
asoslangan islohotlar o‘tkazayotganida va bunda farmakoepidemiologik va
farmakoiqtisodiyot
ilmiy
yondashuvlarga
tayanganida
koiishimiz
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |