Maktabgacha pedag


Pedagog - tarbiyachi shaxsini shakllantirish



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə38/260
tarix02.01.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#39801
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   260
F

Pedagog - tarbiyachi shaxsini shakllantirish

Tarbiyachi maktabgacha yoshidagi bolalarga tabiat, jami­yat hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang'ich bilim va tushunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o'z tengdosh­lari va kattalar bilan madaniyatli manosabatda boiish odatla- rini singdiradi, yaxshilik, haqiqatgo'ylik, adolat, jasurlik, kam- tarinlik, kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, ku- zatuvchanlik, o'simlik va hayvonlarga g'amxo'rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, kattalar mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy sifatlar tarbiyalaydi.

Xalq san’ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni bi­lish, san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bola­lar bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, malaka va ko'nikmalarni ma’lum bir izchillik bilan egal- lab borsagina bolalarni tarbiyalash va ularga taiim berish ishi­da yaxshi natijalarga erishadi. Tarbiyachi o'z kasbining mohir ustasi bo'lish uchun maxsus tayyorgarlik ko'rishi kerak. U qu- yidagi shartlarga amal qilishi kerak:

  1. Pedagog yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori maiumotli, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg'or tajribali pedagoglarning tajribasini o'rganib, o'z ishiga tatbiq eta oladigan bo'lishi;


106





  1. Pedagog bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti- harakati sabablarini to'g'ri tahlil qilib, unga ijobiy ta'sir etuvchi vositalarni topa olishi;

  2. Yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko'nikmalardan xabardor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, man- tiqiy, ixcham bo'lishi lozim. Ta'lim berishda texnikaviy vosita- lardan samarali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, ko'nikmalarni yaxshi o'zlashtirib olishlari uchun ularni faol- lashtirib savollardan foydalanishi;

  3. Tarbiyachi o'ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bo- lalarda o'sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg'ota olish, ularn­ing diqqatini jalb qilib, faolligini o'stirish, bolalarning xulqini, xatti-harakatini haqqoniy baholay olishi;

  4. Har bir faoliyat uchun kerakli materiallarni oldindan tayyorlab qo'yishi;

  5. Kun tartibini to'g'ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a'zoni e'tiborga olgan holda rahbarlik qila bilish;

  6. Bolalarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ish- Iarida e'tiborga olishi;

  7. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbat- Iar, uchrashuvlar o'tkazib, axborot almashtirib turishi;

  8. Pedagog bolalarga nisbatan xayrixohlik munosabatda bo'lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, xafa bo'lsa ovuntira olishi;

  9. Kun tartibida olib borgan ta’lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada yaxshilash yo'llarini topa olishi kerak.

Eng muhimi - tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to'g'ri taqdirlashi va mustaqil faoliyat qilishlari uchun imkoni- yat yaratishi kerak. Buni bolalar yuqori baholaydilar.

Pedagog - tarbiyachining nutq madaniyati



Nutq madaniyati — ijtimoiy madaniyatni, kishilik jamiya- ti madaniyatini aks ettiruvchi bir ko'zgudir. Nutq madaniyati


107





adabiy tilning har ikki shakli — yozma va og'zaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e'tibor yolg'iz o'qituvchilardan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o'zlashtirish ta­lab qilinadigan insoniy fazilatlardan biridir. Uni egallash har bir o'qituvchining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimi- ga bog'liq. O'qituvchi pedagogik mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat ma’naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bi- limini, tafakkurini, ilmiy dunyoqarashini, fikr va mushohada yuritishini belgilovchi me’yordir. O'qituvchining nutq madani­yati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas, u pedagogik mahorat bilan, kasb faoliyati davomida, tajriba- li ustozlar o'giti natijasida yillar davomida takomillashib, say- qallanib boraveradi. O'qituvchining nutqiy qobiliyati madaniy, kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivoj­lantirish faqat o'qituvchining shijoatiga bog'liq. Shu qobiliyat tufayli o'qituvchining nutq madaniyati ham shakllanib boradi. Quyidagi o'qituvchining nutq madaniyatiga xos bo'lgan vosita- larni pedagog-tarbiyachi unutmasligi kerak:


  1. Nutq madaniyati o'qituvchining ma'naviy-axloqiy kamo- loti tarkibiy qismidir. Zero nutq, millatimiz erishgan madani- yat darajasini ko'rsatuvchi, o'z ona tilimizga e’tiqodni namo- yish etuvchi yorqin va ishonchli dalildir.

  2. Nutq madaniyati o'qituvchilarni ma’naviy va madaniy sa­viyasi bilan hamda adabiy tilni mukammal bilishi bilan boshqa kasb egalaridan ma’lum ma'noda ajratib turadi.

  3. Nutq madaniyatining pirovard maqsadi erkin fikr egasi bo'lgan barkamol avlodni qanday kasb egasi bo'lib yetishishi- dan qat’iy nazar ma’naviy jihatdan tarbiyalash.

  4. Nutq madaniyati — bu, avvalo, o'qituvchilarda nutqiy ko'nikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu ko'nikma pe­dagogik faoliyatda takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan muvaf- faqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi.

  5. Nutq madaniyatiga o'zbek adabiy tilini mukammal egal­lash asosida erishiladi. Buning uchun o'qituvchi adabiy til qo-


108





nuniyatlarini bilishi, badiiy adabiyot asarlarini doimiy o'qib borishi, she'rlar yod olishi va uni ifodali o'qiy olishi, radio va televideniye eshittirishlarini kuzatib borishi lozim.


  1. Nutq madaniyatini egallashningyana bir ko'rinishi nutqiy taqlid bo'lib, yosh o'qituvchilar o'zidan yaxshiroq, chiroyliroq, ma'noli va ta'sirchan nutq so'zlaydigan ustoz-murabbiylarning nutqiy san'atiga havas bilan qarashi va taqlid qilishi asosida o'rganishi mumkin.

O'qituvchining pedagogik faoliyatida nutq texnikasini mu- kammal egallash muhim ahamiyatga ega. Zero, nutq vositasida o'qituvchi bolaning his-tuyg'ularini uyg'otadi, o'quvchilar bilan ongli muloqotni ta’minlaydi, ta’lim-tarbiyaga oid ma’lumotlarni tahliliy idrok etadi. Buning uchun bo'lajak o'qituvchi, avvalo, nutq sirlarini, uning o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqotda ta’sir kuchini puxta bilishi kerak.

Tarbiya tamoyillari



Tarbiya tamoyillari deb, yosh avlodni tarbiyalash maqsadi- dan kelib chiqadigan va komil insonni tarbiyalashning mazmu­ni va yo'nalishiga qo'yiladigan eng muhim talablarni belgilab beruvchi asosiy g'oya va qoidalar yig'indisiga aytiladi.

Tarbiya tamoyillari o'qituvchi va tarbiyalanuvchilarga yo'l- yo'riq ko'rsatuvchi qoidalar bo'lib, yosh avlodni tarbiyalash, barkamol insonni shakllantirish vazifalariga muvofiq belgilana- di, shuningdek, ular shaxs tarbiyasi borasidagi ilg'or ta’limotlar g’oyalariga hamda pedagogika fanida erishilgan yutuqlarga asoslanadi.

Tarbiya tamoyillari tarbiya jarayoni qonuniyatlarini aks et- tiradi. Tarbiyaviy jarayonda ilg'or tamoyillarga amal qilinishi tarbiya samarasini ta’minlaydi. Tarbiya tamoyillari quyidagi- lardan iborat:

  • Tarbiyaning maqsadga yo'naltirilganligi va g’oyaviyligi;

  • Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g’oyalarining us- tunligi;


109



  • Tarbiyada milliy, umumbashariy qadriyatlarning ustunli-

gi;

  • Tarbiyada izchillik va tizimlilik;

  • Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo'shib olib borish;

  • Tarbiyani mehnat bilan bog'lash;

  • Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish;

  • Tarbiyada o'quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hi­sobga olish;

  • Jamoa va jamoa yordamida tarbiyalash;

  • Tarbiyada o'quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, sal- biy tomonlarni yo'qotish;

Tarbiyaning maqsadga yoiialtirilganligi va g'oyaviyligi - o'qituvchi ijtimoiy tarbiya maqsadi va vazifasini aniq tasawur etishi va puxta anglab olishi zarur.

Yosh avlodni yuksak g'oyaviylik ruhida tarbiyalash ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq manfaat bo'lishi mumkin emasligini singdirishi, ularni vatan- ga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash de- makdir.

Bu sohada mustaqil respublikamiz xalq taiimi xodimlarin- ing asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk mutaxassis, komil shaxsni tarbiyalashdan iboratdir.

Maktabda va maktabdan tashqarida olib boriladigan tar­biyaviy ishlarning barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini ro'yobga chiqarishga yo'naltirilishi zarur.

O'qituvchi (tarbiyachi] lar jamoasi va har bir o'qituvchi-tar- biyachi tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan mu­kammal inson shaxsini tarbiyalashdan iborat bo'lishi lozim. Ana shunda mazkur tamoyil o'z vazifasini bajargan bo'ladi.

Tarbiyada demokratik va insonparvarlik g’oyalarining us- tunligi - tarbiyada inson shaxsini ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o'smir va o'spirinning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy xulqi va erkinligini hi­sobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash bu - tarbiyani ma'muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo'yish, tarbiyachi


110





va tarbiyalanuvchi o'rtasidagi o'zaro ishonch, hamkorlik asosi­da pedagogik munosabatlar mohiyatini o'zgartirish demakdir. Bu tarbiya ishiga jamoatchilikni jalb qilish, uning rivojlanishiga jamoat omilini kiritish demakdir. O'qituvchi o'quvchiga awal- gidek, tarbiya obyekti emas, balki o'zi kabi subyekt deb qarashi darkor. Ya'ni o'quvchini teng huquqli hamkor, hamfikr deb qa- rash lozim.


Umuman, ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirishning pe­dagogik diqqat hamda e’tibor markazida insonning muhim ma- salasi va muddaosi, ya’ni bolalarda inson shaxsiga dunyodagi eng yuqori, bebaho boylik sifatidagi munosabatini shakllanti- rishdek faoliyat yotadi.

Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustunligi- xalqning ko'p asrlik qadriyatlarini, ulkan va boy merosini chuqur bilmasdan milliy o'zlikni anglash, milliy g'urur tuyg'usini qa- ror toptirish mumkin emas. Shu bois, xalq an'analari urf-odat- lari, marosimlari, xalq og'zaki ijodi, milliy o'yinlar va ularda ifo- dalangan g’oyalarni o'quvchilar ongiga singdirish, ularda ush­bu g’oyaga nisbatan hurmatni qaror toptirish lozim.

Umumbashariyat uchun qadrli, ardoqli bo'lgan, insoniyat o'tmishi, buguni hamda kelajagi uchun daxldor qadr-qimmat- ga ega bo'lgan an'analar, urf-odatlar haqida ma'lumotlar berish, ularda mehr-muhabbat tuyg’usini uyg’otish, ularni qo'llab-quv- vatlash, ezgu g’oyalar uchun kurashish hissini qaror toptirish tarbiya jarayonida amalga oshirilishi lozim.

Tarbiyada izchillik va tizimlilik - tarbiyaga yaxlit tizim- li yondashish pedagogik harakatning pirovard natijasiga yo'naltirilganlik darajasini belgilab beradi.

Bunday pedagogik maqsad va vazifalar, ularning mazmuni tarbiyaviy jarayonning barcha qatnashuvchilari tomonidan tan olinishi shart.

Tarbiyada izchillik juda muhimdir. O'quvchilarga bir- daniga ko'p talab va qoidalarni taqdim qilish mumkin emas. O'qituvchilar o'quvchilarga bo'lgan munosabat jarayonida o'zaro bir-biriga zid harakatda bo'lmasliklari, yagona talab qo'yishlari lozim.


Ill





Tarbiyani ijtimoiy hayot bilan qo'shib oiib borish. Yosh av- jdning o'sib ulg'ayishi va shaxsning shakllanishiga hayot, ijti- loiy jamiyat ta’sir etadi.


Bu bir tomondan bo'lsa, ikkinchidan bolalarni tarbiyalash- an maqsad uni turmush uchun mustaqil hayot uchun tayyor- ishdir. Shunday ekan, maktab va tarbiya muassasalarida olib oriladigan bo'lishi kerak.

Tarbiyani mehnat bilan bogiab olib borish. Mehnatning tar- iyaviy ta’siri g'oyat kattadir. Mehnatda ishtirok etish va unum- mehnat qilish bilan shaxs o'z qobiliyati va iste'dodini narao- эп qiladi va kamolga yetadi. Mehnat yosh avlodning tarbiya- uchun juda katta vositadir. O'quv mehnati va ijtimoiy foydali lehnat o'quvchi shaxsiga ijobiy ta'sir etadi, bu ikki faoliyat birii- bolani faollashtiradi, xulq birligini ta'minlaydi, tashabbuskor

з izlanuvchan qiladi. Mehnat bolalarga siyosiy-ma'naviy tarbi- i berish uchun zamin hozirlaydi. Shuning uchun oila va mak- iblarda bolalarni ilk yoshidan boshlab mehnatsevarlik ruhi- j, mehnatga muhabbat va mehnat kishilariga hurmat ruhi- a. tarbiyalashga alohida e'tibor beriladi. Maktabda o'qishning zi ham mehnatdir. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy hlarning aksariyati ham mehnat tarbiyasi bilan mustahkam Dg'langan.

Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish - o'quvchilarni ijti- oiy tarbiyalashning muhim tamoyillaridan biri ularning shax- ni hurmat qilishdir, Bu tamoyil insonparvarlik munosabati- m kelib chiqadi.

O'quvchi shaxsini hurmat qilish, ularga mehr-muhabbat 3‘rsatish va ularga ishonish shart. Tajribalarning ko'rsatishiga, ayerdaki o'quvchilarga hurmat, muhabbat, ishonch bo'lsagina iu yerda tarbiyaning ta’siri samarali bo'ladi. Bolalarga hurmat

  1. muhabbat ular kuchiga kuch qo'shadi o'qituvchiga nisbatan armatni uyg'otadi.

Tarbiyada o'quvchining yosh va alohida xususiyatlarini hi- ?bga olish - tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari bo- larning yoshi va saviyasiga qarab turli sinflarda turlicha


112





?o'ladi. Bolalar maktabda rivojlanishining turli davrlarini bo- alik, o'smirlik va o'spirinlik bosqichlarini bosib o'tadilar. Shu iavrlar ichida bolaning axloqiy turg'unligi rivojlanadi, xulqi va mgi o'rtasidagi uyg’unlik vujudga keladi. Tarbiya berishda har iir o'quvchining shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olish kat- a ahamiyatga ega. Bolalarning jismoniy va ma’naviy o'sishida >ir qadar umumiylik bor, biroq bolalarning tavsif-xislatlari, qo- liliyat va mayllari, qiziqishlari, irodaviy sifatlari har xil bo'ladi. 5u farqlar ularning xulqida, o'qishi va mehnatida aks etadi. Bir
1'quvchiga nisbatan foydali metodni boshqa o'quvchiga nis- •atan qo'llaganda natijasiz bo'lib chiqishi mumkin. Shuning ichun har bir o'quvchi xususiyatini o'rganish maqsadga muvo- iqdir.

jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya jarayo-

  1. o'quvchilarning jamoa bo'lib birlashishlari, ularda manfaat- iorlik birligi, o'zaro yordam tuyg'usini o'stirishga xizmat qili- hi lozim. Tuyg'u tashkil etilgan jamoa a'zolarining qobiliyat a iste'dodini rivojlantirish uchun keng yo'l ochadi. Jamoada ю1а har tomonlama rivojlanishi uchun keng imkoniyatga ega bo'ladi. O'quvchilar ahil jamoa bo'lib uyushganlaridagina tar- iyaviy ishlarni amalga oshirish ancha yengil va muvaffaqiyat- bo'ladi. Yaxshi uyushgan jamoada jamoa fikri katta tarbiyaviy uchga ega bo'ladi, har bir shaxsga ta'sir etadi. O'z manfaatini imiyat manfaati bilan qo'shib olib borish, o'zaro yordam ka- i fazilatlar, awalo, jamoada shakllanadi. O'qituvchi hamma aqt o'quvchilar jamoasiga tayanmog'i, ularni jamoa bo'lib turli ;hlarni bajarishga odatlantirib, jamoada yashash va ishlashga 'rgatib borishi lozim.

Tarbiyada o'quvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy islatlarini yo'qotib borishga e'tibor qaratish lozim. Mahoratli 'edagoglar o'z o'quvchilarining shaxsiy fazilatlarini yaxshi bi- idilar. Tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun bola xulqida- :i ijobiy sifatlarga suyanib ish ko'radilar. Boladagi ijobiy sifat- arga tayanish uning salbiy sifatlarini yo'qotish, yomon odatlar-


113





dan qaytarishning eng yaxshi vositasidir. Tarbiya muvaffaqiya- ti mazkur masalaning to'g’ri hal etilishiga ko'p jihatdan bog'liq.


Tarbiya jarayonini tashkil etishda o'qituvchi (tarbiyachi) tomonidan qo'llaniladigan metodlar ham muhim ahamiyatga egadir.

Tayanch tushunchalar:



Iste’dod - har tomonlama rivojlangan va takrorlanmas qo­biliyat.

Iqtidor - insonning o'z xatti-harakatlariga nisbatan subyek- tiv munosabati,

Tarbiyachi - «eskini o'zlashtirgan va yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo'la oladi» (Konfutsiy).

Nutq faoliyati - bu inson tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajriba- ni o'zlashtirish va avlodlarga yetkazish, kommunikatsiya (alo- qa) o'rnatish maqsadida tildan foydalanish jarayoni.

Notiqlik - bu nutqning og'zaki shakli.

Nutq texnikasi - so'zlayotganda to'g’ri nafas olish, ovozni yo'lga qo'yish, so'zlarni xatosiz talaffuz qilish, ovoz o'zgarishi, diksiya, ritmika.

Nazorat uchun savollar:



  1. Tarbiyachi - pedagoglik kasbi qanday kasb va bunga sizning munosabatingiz?

  2. Tarbiyachining shaxsiy sifatlari va pedagogning odobi qanday bo'lishi kerak?

  3. Hozirgi davr o'qituvchisiga qo'yilgan pedagogik talab ni- malardan iborat?

  4. Kasbiy layoqat deganda nimani tushunasiz?

Mavzu yuzasidan test topshiriqlari:

  1. O'qituvchilar, maktabgacha taiim muassasasi xodimlari necha yilda o'z malakalarini oshiradilar?

  1. 5 yil

  1. 6 yil

v) 3 yil


114





g] 10 yil

  1. Pedagog-tarbiyachi o'z kasbining mohir ustasi bo'lishi uchun qanday shartlarga amal qilishi lozim?

  1. oliy ma'lumotli bo'lishi

  1. bolalarni kuzata oladigan bo'lishi

v] yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko'nikmalardan xabar- dor qilishi


g) hamma javoblar to'g’ri

  1. Tarbiyachi bola shaxsini psixologik qo'llab-quwatlashi bu

  1. kattalar tomonidan bola muammosini tushunish

  2. bolalar emotsional-shaxsiy munosabatlarini shakllanti- rish

v) xatolarga yo'l qo'yish qo'rquvini ketkazish g) hamma javoblar to'g'ri

  1. Tarbiyachi qachon bolalarga ta’sir ko'rsata oladi?

  1. kundalik hayotda, o'yinlarda

  2. mashg'ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida v) bolalar bilan muomalada

g) hamma javoblar to'g’ri

  1. O'zbekiston Respublikasida murabbiy-o'qituvchilarning erishgan yutuqlarini taqdirlash uchun qanday unvonlar ta’sis etilgan?

  1. «Metodist o'qituvchi»

  2. «Katta o'qituvchi»

v] «Metodist-tarbiyachi» g) hamma javoblar to'g’ri


115



  1. BOB. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALAR TARBIYASI VA RIVOJLANISHI



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   260




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin