Ma`ruza mashg`uloti mavzusi pedagogik fik-r tarixi va maktab amaliyetida o`qituvchi maxorati masalalari



Yüklə 209 Kb.
səhifə37/52
tarix17.02.2023
ölçüsü209 Kb.
#84778
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52
Ma`ruza mashg`uloti mavzusi pedagogik fik-r tarixi va maktab ama

Pedagogik muloqot - bu o’qituvchi bilan o’quvchi tarbiyachi bilan tarbiyalanuvchi orasidagi ta’lim – tarbiya tizimini amalga oshirish, yuzaga chiqarish extiyotlari natijasida tarkib topadigan munosabatlardir.
Pedagogik muomala bu o’qituvchi, tarbiyachining ta’lim oluvchilar, tarbiyalanuvchilarga ta’sir o’tkazish usullarining muayyan tizimi bo’lib, muomalaga kirishuvchilarning o’zaro axborot almashuvi, turlicha kommunikativ vositalar yordamida o’zaro ta’sir va o’zaro munosabatlarni tashkil qilish, ta’lim – tarbiya jarayonining rejalashtirish, tashkil qilish va o’tkazish, shaxsni, o’z – o’zini anglash, hissiy holatlarni boshdan kechirish kabi bir qator funktsiyalarni bajaradi.
Pedagogik muomala ta’lim – tarbiya faoliyatini yakkahol bajarishning omil va vositasi, ta’lim – tarbiya jarayonini taminlash va uning samaradorligini oshirishning ijtimoiy – psixologik tizimi, o’qituvchi va o’quvchi, (talaba) orasidagi o’zaro hamkorlik faoliyatini, samarali munosabatlar tizimini tashkil qilish usuli, o’quvchi , talabaning iqtidori, qobiliyatini aniqlash, qaror toptirish, rivojlantirishga imkon beruvchi jarayon sifatida namoyon bo’ladi.
Pedagogik muomala o’zaro axborot almashish, ta’lim – tarbiyaviy ta’sir o’tkazish, hamkorlik faoliyatini yuzaga chiqarish, o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro tushunishga erishishga yo’naltirilgandir.
Pedagogik muloqotni tashkil etish madaniyati.
O'qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal qilinadi. Shu boisdan hozirgi davrda O'zbekiston Respub­likasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi"da kasb tanlash motivlari, kasbiy tayyorgarlik, kasbiy layoqat va kasbiy mahorat bilan cheklanib qolmaslikni, balki bo'lg'usi pedagog kadrlar shaxsiy faoliyatida kasbiy rnadaniyatni tarkib toptirish mutlaqo zarur ekanligi ta'kidlanadi. Respublikamizda o'qituvchilik kasbining o'ziga xos etnopsixologik fazilatlari, hislatlari, qobiliyatlari ish uslublari, pedagogik mahorat sirlarini egallash yo'llari, shaxslararo muloqot mada­niyati yuzasidan turli davrlarda har xil ilmiy izlanishlar olib borilgan.

Yüklə 209 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin