Ma`ruza mashg`ulotlari mazmuni. 1-mavzu: Sezgi va idrok: umumiy tasavvurlar yondashuvlar. Reja


Mavzu:Yetakchi analizatorlarga ko’ra sensor-perseptiv jarayonlar turlari



Yüklə 379,91 Kb.
səhifə8/45
tarix13.05.2023
ölçüsü379,91 Kb.
#112828
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45
Umumiy psixologiya UMK

3 Mavzu:Yetakchi analizatorlarga ko’ra sensor-perseptiv jarayonlar turlari.
Reja:

  1. Teri tuyush sezgisi va idroki. Teri tuyushning murakkab shakllari va sezish idroki.

  2. Sezish va harakatni sezishni o’rni. Sezish obrazining paydo bo’lish fazalari.

  3. Gaptik tizim. Teri tuyush sterognoziyasi. Og’riqni idrok qilish.

  4. Ko’rish sezgisi va idroki. Ko’rish analizatorining tuzilishi. Ko’rish analizatorining yo’llari.

  5. Ko’rish analizatorining markaziy apparati. Birlamchi va ikkilamchi ko’rish po’stloqlari.

  6. Agnoziya va psevdoagnoziya. Eshitish sezgisi va idroki. Eshitishning anatomik, fiziologik va neyrofiziologik asoslari.

  7. Ichki quloq funksiyasi. O’rin nazariyasi.Vaqtinchalik nazariya.

  8. Patterning audial idroki. Eshitish patologiyasi.

  9. Eshitish idrokining murakkab formalari. Fazoni eshitish orqali idrok qilish.

  10. Nutq tovushlarini neyrofiziologiyasi va patologiyasi. Musiqani tinglash.

  11. Ta’m bilish idroki. Xemoresepsiya funksiyalari.

  12. Ta’m analizatorining anatomiyasi va fiziologiyasi. Ta’m sezgilarining chegaralari.

Borliqdagi narsa va hodisalarning yashash shakli, uzluksiz ravishda harakatda bo`lishi, muayyan obektiv vaqt birligida hukm surishi inson ongida bevosita inikos qilinadi. Odatda inson tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan ruhiy hodisalar, holatlar, vaziyatlar, xususiyatlarning o`zaro o`rin almashinuvi tufayli namoyon bo`ladi va o`ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi.


Idrok jarayonida uning fenomenlari muayyan hodisalarni aks ettirishda ishtirok etadi, in’ikosning turlicha aniqlikda namoyon bo`lishi mumkinligi to`g`risida ma’lumot beradi. Ular jahon psixologiyasi fanida gallyutsinatsiya ya’ny yo`q narsalarning ko`rinishi, eshitilishi, sezilishi, illyuziya, adashish, yanglishish degan ma’noni bildiradi, attraktsiya o`ziga tortish, mahliyo etish, tushunchalar orqali nomlanadi.
Yaqqol voqealikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish analizatorlariga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning yani ovozlarning eshitilishi, sharpalarniig sezilishi xayolan, fikran paydo bo`lishidan iborat idrokning psixopatologik hodisasiga gallyutsinatsiya deyiladi.
Gallyutsinatsiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo`lib, ba’zan qo`rqinch hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig`idagi qo`zg`alish jarayonlarining nuqsonli, sust harakati natijasida, goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelish mumkin.
Bizningcha, gallyutsinatsiya hodisasi bir necha xil ko`rinishga ega bo`lishi mumkin ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir:
a)yo`q narsalarning ko`zga ko`rinishi;
b) u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar eshitilishi;
v) yo`q sharpalar, hidlar sezilishi kabilar.
Illyuziya hissiy a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va xodisalarning noto`g`ri idrok qilishdan iborat jarayonning noyob hodisasidir.
Ba’zan psixologiya fanida noto`g`ri idrok qilishga olib keluvchi qo`zg`atuvchilar konfiguratsiyasining o`zi ham illyuziya deb ataladi. Tasvirlar yorug` fonda qora fonga nisbatan qoraroq tuyuladi, ya’ni holat mahsuli deyiladi.
Kontrast frantsuzcha keskin qarama-qarshilik demakdir, boshqacha so`z bilan aytganda yorug`lik bilan fon o`rtasidagi munosabat ifodasidir. «Fon» tushunchasi asos, negiz ma’nosini bildiradi.
Aksariyat illyuziyalar ko`rinadigan harakatlar bilan bog`liqdir,
a) qorong`ilikda harakatsiz yorug`lik manbaidan nurlarning tartibsiz tarqalishi;
b) fazoviy jihatdai yaqin joylashgan ikki harakatsiz stimulning tez sur’atlar bilan
namoyon etib turish harakat taassurotini vujudga keltiradi;
v) harakatsiz obektni uni qurshab turgan fonga qarama-qarshi yo`nalishga qo`yish harakat tuyg`usini paydo qiladi.
Attraktsiya insonni o`zi bilan o`zga o`rtasidagi munosabatda namoyon bo`lib, o`ziga maxliyo qilish, qalbni «jiz» ettirishdan iborat, ongsizlikka taalluqli insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasidir.
Bu hodisa bir qancha manbalar, qo`zg`atuvchilar, motivlar ta’sirida vujudga keladi, jumladan:
1) dastlabki tashqi ko`rinish, istarasining issiqligi;
2) subektga nisbatan rishtasiz bog`lanib qolishlik, ongsizlik darajasidagi anglashilmagan ichki noaniq moyillik;
3) shaxslarning xarakteridagi o`xshashlikning mavjudligi;
4.sheriklarning muomala maromidagi yaqinlik va boshqalar.
Idrokda ob’ekt va fon, appertseptsiya, idrokning konstantligi,
Doimiylik, o`zgarmaslik uning asosiy belgilari hisoblanadi. Idrok qilinishi zarur narsa va hodisalar muayyan tuzilishga yoki strukturaga ega bo`lgandagina ularning tarkibiy qismlari, alomatlari to`g`risida mulohaza yuritish mumkin bo`ladi, xolos.
Xuddi shu sababdan, ularning hajmi, fazoda egallagan o`rni, rangi, ichki mohiyati, ko`rinishi, vazni to`g`risida muayyan tushunchaga ega bo`lish uchun idrok qilinadigan aniq tuzilishga, ya’ni strukturaga ega bo`lishi lozim.
Bilish jarayonini taqozo etuvchi idrokning muhim ususiyatlaridan biri, ya’ni bittasi uning tuzilishiga ega ekanligi, ya’ni strukturaviyligidir. Ushbu xususiyatsiz idrokning mag`zi hisoblanmish yaxlitlik hakida jonli mushohada bo`lishi mumkin emas, chunki struktura qismlardan vujudga kelsa, alohidaliklar birikmasidan yaxlit tuzilma yaratiladi.
Yuqoridagi xususiyatlarning barchasi insonning yosh xususiyatlariga, aqliy kamolotiga, ajribasiga, bilim saviyasiga bog`liqdir. Lekin to`g`ri (adekvat) idrok qilish uchun ma’lum shart-sharoitlar muhayyo bo`lmog`i lozim:
1) sub’ektning aks ettirishi zarur bo`lgan narsalar yuzasidan oldingi o`quvi, tasavvurlarining ko`lami, ularning kengligi, chuqurligi;
2) mazkur jism, fan, voqelik, muammo o`rganilishi bilan bog`liq bo`lgan maqsad, maqsad qo`ya olish;
3) pertseptiv faoliyatning faolligi, izchilligi va tanqidiy xususiyati;
4) idrok qilish faoliyati tarkibiga kiruvchi faol xatti-harakatlarning saqlanishi, ularning o`zaro uyg`unligi.
Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idroq qilinadigan narsa yoki jism idrokning ob’ekti deb ataladi. Idrok qilinadigan narsa uni o`rab turgan boshqa narsa, jism yoki hodisalarga nisbatan ob’ekt hisoblanib, ob’ektning atrofdagilari esa fon deyiladi.
Insonning tashqi qiyofasining tuzilishi bo`yicha shaxs xarakteri xususiyatlari va uning fazilatlariga oid ishonchli fikr bildirish o`zining uzoq tarixiga ega bo`lsa-da, lekin muammoning ilmiy negizi, uning mexanizmi hozirgi davrdagina tadqik qilina boshlandi.
Odamning tashqi qiyofasini taxlil etish orqali uning ruhiy dunyosiga baho berish yuzasidan jahon psixologlari tomonidan yaratilgan nazariyalar, to`plangan amaliy ma’lumotlar umumlashtirilsa, quyidagi tasnifnomani yuzaga keltirish mumkin:
1. Insonning tashqi qiyofasidagi har bir o`zgarish uning yaqqol shaxsiy xususiyati bilan uzviy bog`liq ekanligini mavjudligi.
2.Insoning tashqi qiyofasidagi beixtiyor, tabiiy ko`rinishdagi maftunkorlik, xushbichimlik shaxsning kechinmalari bilan uyg`unlashuvini e’tirof qilishga qaratilgan yondashuv. Idrok qilinayotgan inson muayyan masofada muomala va muloqotga kirishuvchi shaxs tomonidan qay yo`sinda qabul qilinsa, demak, o`sha odam to`g`risidagi taassurot bevosita, vaziyatga bog`liq, bo`ladi, chunki yoqtirish yoki yoqtirmaslik, simpatiya, empatiya bir lahzalik idrok mahsulida mujasssamlashishi mumkin.
3. Idrok qilinayotgan insonni tashqi ko`rinishining alomatlari iliq taassurot va tasavvur yg`otuvchi tanish odamning psixologik xususiyatlari notanish kishiga o`xshashligi tufayli ixtiyorsiz ravishda unga qiyos beriladi. Oldin idrok qilingan tanish insonning barcha fazilatlari va xislatlari tashqi qiyofa evaziga notanish kishiga ko`chiriladi. Shunisi ajablanarliki, mazkur jarayonda na manqiy tahlil, na uzviylik talqini ishtirok etadi. Xuddi shu boisdan, bu tarzda
insonni inson tomonidan idrok qilish o`xshashlikka asoslanishini ta’kidlab o`tish maqsadga muvofiq.
4.Insoning tashqi qiyofasini idrok qilish negizida uni u yoki bu ijtimoiy guruxlarga, ya’ni toifalarga aloqadorligi to`g`risida muayyan qarorga kelinsa, odamning shaxsiy sifatlarini baqolash xuddi shu nuqtai nazardan amalga oshiriladi. Kishining tashqi ko`rinishiga nisbatan bunday yondashish ijtimoiy kelib chiqishga asoslanuvchi o`xshatish deyiladi. Bizningcha, insonni inson tomonidan idrok qilish jarayoni qat’iy ravishda quyidagi bosqichlar orqali amalga oshishi mumkin.
- idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o`zining shaxsiy xislatlari bilan qiyoslash natijasida, uning mahsuli bo`yicha talqin qilinadi va tushuntiriladi;
bunday idrok qilish tarzida insonni inson tomonidan aks ettirish, o`xshatish, unga taqlid qilish, undan ibrat olish uslublari orqali yuzaga keladi, ya’ni identifikatsiya bosqichi bevosita amalga oshadi;
-idrok qilinayotgan shaxsning o`rniga idrok qiluvchi o`z xohishi bo`yicha mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilish o`z-o`zini anglash negizida namoyon bo`ladi, ya’ni refleksiya bosqichi vujudga kelganligi to`g`risida muayyan qarorga kelinadi;
- o`zga kishilarning kechinmalari va his-tuyg`ulariga nisbatan hamdardlik bildirish, mehr-qibatliligini seminar ifodalash orqali ularni tushunish imkoniyati tug`iladi, buning natijasida tub ma’nodagi empatiyaga asoslangan idrok qilish bosqichi yuzaga keladi.
4.Idrokda illyuziya va gallyutsinatsiya.

Yüklə 379,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin