Ma’ruza. Sqlda jarayonlar va standart funksiyalar


SQL tilida matematik funksiyalar



Yüklə 1,16 Mb.
səhifə2/2
tarix16.12.2023
ölçüsü1,16 Mb.
#182250
1   2
M.B .MUSTAQIL ISHI.1

SQL tilida matematik funksiyalar
SQL tilida matematik funksiyalaridan quyidagilar ishlatiladi: ABS (son) –sonning absolyut qiymatini hisoblaydi;
SELECT Abs(-243.5) AS AbsNum;
RAND(son) – 0 va 1 oralig’ida tasodifiy sonni hisoblaydi;
RAND()*5+5; SELECT RAND()*5+3;
ROUND(son, aniqlik) – ko’rsatilgan aniqlikda sonni yaxlitlaydi.
SELECT ROUND(235.415, 2); 235.42
POWER(son, daraja) – sonni ko’rsatilgan darajaga ko’taradi;
SELECT POWER (3,2); 32 SQRT(son) – sondan kvadrat ildiz chiqaradi; SELECT SQRT(64);
SIN(burchak) – radianlarda ifodalangan burchak sinusini hisoblaydi;

Agregat funksiyalar qo‘llanishi


Agregat (yoki STATIK) funksiyalar, sonli yoki hisoblanuvchi ustunlar bilan ishlaydi. Agregat funksiya argumenti butun ustun bo‘lib, bitta qiymat qaytaradi. Bu funksiyalarni ko‘rib chiqamiz:

SUM() – Ustundagi xamma qiymatlar summasini hisoblaydi.

AVG() – Ustundagi xamma qiymatlar o‘rtachasining qiymatini hisoblaydi.

MIN() – Ustundagi xamma qiymatlar eng kichigini aniqlaydi.

MAX() – Ustundagi xamma qiymatlar eng kattasini aniqlaydi.

COUNT() – Ustundagi qiymatlar sonini hisoblaydi.

COUNT(*) – So‘rov natijalari jadvalidagi satrlar sonini hisoblaydi.

Komandalar sintaksisi ko‘rinishi:


SUM (ifoda) DISTINCT ustun

AVG (ifoda) DISTINCT ustun nomi

MIN (ifoda)

MAX (ifoda)

COUNT (ustun nomi) DISTINCT

COUNT(*)


Agregatlash argumenti bo‘lib ustun nomidan tashqari ixtiyoriy matematik ifoda xizmat qilishi mumkin. Misol uchun quyidagi so‘rovda: Sizni kompaniyangizda reja bajarilishi o‘rtacha foizi qancha?
SELECT AVG(100*(SALES/QUOTA)) FROM SALESREPS;
Yana bir shakl : sizni komkaniyangizda reja bajarilishi o’rtacha foizi qancha ?
SELECT AVG(100*(SALES/QUOTA)) AS PROCENT FROM SALESREPS
Bu holda ustun nomi ma’noliroq , lekin bu asosiysi emas.Ustunlar summasini hisoblab ko’ramiz.SUM() funksiyasini qo’llaymiz, buning uchun ustun int toifada bo’lishi kerak! Masalan . quyidagicha Kompaniya xizmatchilari sotuvlar hajmi rejadagi va haqiqiy o’rta qiymati qanchaga teng?
SELECT SUM(QUOTA),SUM(SALES) FROM SALESREPS;

  1. SUM() – jadvaldagi qiymatlar yig‘indisini hisoblash. “qurilma” jadavalida barcha qurilmalar id lari yig‘indisini topamiz; So‘rov: Select sum(id) as ‘qurilma id lari yig’indisi ’ from qurilma;

  2. Natija:


.1 – rasm. Sum() agregat funksiyasidan foydalanish
. MIN() – eng kichik qiymatni chiqarish “Qurilma” jadvalidan birinchida turgan qurilma nomi va id sini chiqaramiz; So`rov: Select min(id) as ‘eng birinchi qurilma; Natija
Min() agregat funksiyasidan foydalanish
. MAX() – eng katta qiymatni chiqarish
So‘rov: Select qurilma_id, max(ogirligi_kg) from maxsulot group by qurilma_id;
NATIJA:

Max() agregat funksiyasidan foydalanib, ustundagi eng katta qiymatni aniqlash
Xulosa
Ushbu ma’ruzada ko’rib chiqilgan funksiyalar, proceduralar va triggerlar foydalanuvchi talablaridan kelib chiqqan xolda SQL kodiga kiritilishi yoki kiritilmasligi mumkin. Dasturchi Ushbu imkoniyatlarni boshqa yuqori darajali dasturlarda xam amalga oshirsa bo’ladi. Lekin umuman olganda MB ga murojatni sekinlashishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun SQL dagi imkoniyatlardan foydalanib proceduralar VA funksiyalar va to’liq ishlatish tavsiya qilinadi.
MUSTAHKAMLASH UCHUN TEST
1,CONCAT FUNKSIYASINING VAZIFASI
A.Birgalikda ikki yoki undan ortiq ustunlarni qoshadi
B. Belgilangan qatorlarni takrorlaydi
C.Ikki sonni taqqoslaydi
2. LTRIM FUNKSIYASINI VAZIFASI
A. Birgalikda ikki yoki undan ortiq ustunlarni qoshadi
B. Ikki sonni taqqoslaydi
C.Satrdan bo’sh joylarni olib tashlaydi
3. MATEMATIK FUNKSIYA BERILMAGAN JAVOBNI ANIQLANG
A. RAND
B. POWER
C.SPACE
4.QAYSI FUNKSIYALAR SATR ICHIDAN BO’SH JOYLARNI OLIB TASHLAMAYDI
A.LTRIM
B.RTRIM
C.INSTR
Yüklə 1,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin