F7 yoki Vstavka menyusida Vstavit pustoy klyuchevoy kadr (Insert blank keyfrme) - aktiv
qatlamda yangi bo„sh boshqaruv kadr yaratish. F6 yoki Vstavka menyusida Кlyuchevoy kadr
(Insert keyframe) - aktiv qatlamda keyingi boshqaruv kadrini yaratish Shift+F6 yoki Vstavka
menyusida Ochistit klyuchevoy kadr (Clear keyframe) - aktiv qatlamda tanlangan boshqaruv
kadrini tozalash F5 yoki Vstavka menyusida Кadr (Insert frame) - aktiv qatlamda bo„sh kadrini
yaratish Shift+F5 yoki Vstavka menyusida Udalit kadr (Remove frames) - aktiv qatlamda
tanlangan kadrini tozalash
Belgilar (Symbol - Simvol) - Flash dasturning asosiy elementlaridan biri. U oddiy grafik
yoki bir nechta qatlamdan iborat murakab grafik tasvir (graphic), animatsiyalashgan klip (movie
clip) yoki aktiv tugma (button) ko„rinishida bo„lishi mumkin. Har bitta belgi o„z ichiga bir nechta
boshqa belgilarni olishi mumkin bo„lganligi sababli Flash dasturida ishlash juda qulay. Yangi
belgi yaratish uchun Ctrl+F8 yoki Vstavka menyusida Novыy simvol (New symbol) buyrig„ini
tanlaymiz. Natijada yangi belgining yaratish muloqot oynasi chiqadi, ushbu oynada biz belgi
turini (grafik tasvir - graphic, yoki aktiv tugma - button) tanlaymiz va OК tugmasini bosamiz.
Yangi belgini boshqa yo„l bilan ham yaratish mumkin. Agar biror bir tasvir qismini sichqoncha
bilan tanlab F8 yoki Vstavka menyusida Preobrazovat v simvol (Convert to Symbol) buyrig„ini
tanlasangiz, u holda Flash shu tasvir asosida siz tanlagan turiga mansub yangi belgi yaratadi.
Dostları ilə paylaş: |