Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlari. Reja



Yüklə 273,01 Kb.
səhifə1/153
tarix13.05.2022
ölçüsü273,01 Kb.
#57813
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Ma’ruza ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari


MA’RUZA-1. Ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni

va imkoniyatlari.

REJA:

1. Ta‟lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining o„rni va imkoniyatlari.

2. Ta‟lim jarayonida qo„llaniladigan axborot axborot-kommunikatsiya texnologiyalari,

texnik va dasturiy vositalardan foydalanish.

3. Zamonaviy o„quv-texnik vositalari va ularning tasnifi.

4. Pedagogning axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kompetentligi.



Tayanch soz va iboralar: axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron hujjatlar,

o‘quv audio va video materiallari, e-portfolio, WEB-texnologiyalar, Smartfon (smartphone,

LMS MOODL, videoekranli akustik va videoqabul qiladigan tizimlar, naushnik, mikrofon,

proyektor, videoglaz, Web-kamera.

AKTni rivojlantirishdan maqsad nima? Nima uchun gumanitar fanlarni o„qitishda AKTni

rivoji muhim omil hisoblanadi? AKTni joriy qilish va rivojlantirish uchun quyidagi omillarga

e‟tibor qaratish lozim bo„ladi.

Chet tillarini o„qitishda AKTni rivojlantirishning turli omillari mavjud, ulardan biri

talabalarni zamonaviy axborot-texnologiyalari asoslari bilan tanishtirish, erishilgan yutuqlar va

axborot texnologiyalarining imkoniyatlari mohiyatini tushuntirish va ularni ta‟lim olish hamda

ish faoliyati jarayonida amaliy qo„llay olishga o„rgatishdir.

Fanning vazifasi va mutaxassis tayyorlashdagi tutgan o„rni quyidagilarda o„z aksini topgan:

- til o„rganish samaradorligini oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish

asoslari;

- elektron hujjatlar yaratish va ishlov berish vositalari;

- faoliyat doirasida taqdimot yaratish vositalari bilan ishlash;

- grafik axborotlarga ishlov berishning zamonaviy vositalaridan foydalanish;

- o„quv animatsion lavhalarni tayyorlashning zamonaviy vositalari;

- o„quv audio va video materiallarini yaratish va ishlov berish vositalari;

- ta‟limda WEB-texnologiyalar usul va vositalaridan foydalanish;

- on-Line o„quv kurslarni ishlab chiqishning zamonaviy vositalaridan foydalanish;

- o„qitishni boshqarish tizimlari bilan ishlash;

- til kompetensiyasini rivojlantirishda AKTni o„rni va mohiyati;

- o„zlashtirishni nazorat qilishda AKTni qo„llash usul va vositalari;

- CEFR talablari bo„yicha matn qiyinlik darajasini aniqlash;

- e-portfolio yaratish;

- tinglab tushinishga qaratilgan resurslar (audio va video materriallar) bilan ishlash;

- turli dasturlar asosida talaffuz ustida ishlash;

- ochiq ta‟lim manbalari, masofaviy, virtual, yuzma -yuz va masofaviy ta‟lim integratsiyasi;

- tilga oid ma‟lumotlarini Internet tarmog„idan izlash texnikalari;

- onlayn va oflayn til o„rganish manbalari;

- onlayn chet tilidagi muhokamalarni tashkil etish;

- mobil va planshet dasturlar orqali til o„rganish bo„yicha nazariy- amaliy bilimlarni uzviylik

va uzluksizlikda o„rgatish.

Ba‟zi mamlakatlarda AKT strategiyalari aholining axborotdagi ishtirokini yanada rivojlantirish

orqali shakllangan. Masalan, Singapurning 2007-2010 yillarga mo„ljallangan AKT

strategiyasiga quyidagi 5 ta tamoyilni islox etish orqali mamlakatning AKT sohasi yuqori

darajada rivojlandi:

Davlatning telekommunikatsiya ta‟minoti pochta infratuzilmasi (telefon va telegrafik aloqalar);

AKT ning barcha uchun ochiqligi;

Bilim olish davomiyligi va ta‟lim uchun AKT;

Sog„liqni saqlash uchun AKT;

Sanoat va innovatsiya uchun AKT.

O„zbekiston Respublikasi aloqa va axborotlashtirish sohasidagi bajarilishi lozim bo„lgan

vazifalar quyidagilardan iborat:

Me‟yoriy-me‟yoriy xujjatlar va qonunchilikni mukammalashtirish;

Telekommunikatsiya infrastrukturasini rivojlantirish;

AKT va internet tarmog„ida milliy segmentini rivojlantirish;

AKTni rivojlantirishga qaratilgan investitsiyalarni ko„paytirish;

AKT sohasida kadrlarni tayyorlash va malakasinin oshirish;

Qishloq va chekka xududlarda AKTni rivojlantirish istiqbollari.

Ko„rishimiz mumkinki, birinchi navbatda AKT sohasida me‟yoriy-me‟yoriy xujjatlar va

qonunchilikni mukammalashtirish lozim. O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham har

bir fuqarolarning axborotni izlash, olish va uni tarqatish bo„yicha konstitutsiyaviy huquqlari

ta‟minlab berilgan. Ularni quyidagi moddalarda ko„rishimiz mumkin:

O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 29-modda:

Har kim fikrlash, so„z va e‟tiqod erkinligi huquqiga ega.

Har kim o„zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega.

O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 30-modda:

O„zbekiston Respublikasining barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari va mansabdor

shaxslari fuqarolarga ularning huquq va manfaatlariga daxldor bo„lgan hujjatlar, qarorlar va

boshqa materiallar bilan tanishib chiqish imkoniyatini yaratib berishi lozim.

O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 35-modda:

Har bir shaxs bevosita o„zi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga,

muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga

ega.

Hozirgi kunga qadar axborot texnologiyalaridan foydalanish sohasini tartibga soluvchi quyidagi



asosiy me‟yoriy-huquqiy hujjatlar mavjud:

O„zbekiston Respublikasining 13 ta Qonuni;

O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 ta Farmoni;

O„zbekiston Respublikasi Prezidenti va O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

40 dan ortiq qarorlari hamda 1000 ga yaqin sohaga oid me‟yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.

Axborot texnologiyalari rivojlanishining zamonaviy tavsifi va sohada qo„llash aspektlari

XXI-asr axborot texnologiyalari asridir. Axborot texnologiyalari hayotimizning barcha

jabhalariga kirib kelgan va mustahkam joy olgan. Hozirda qanday soha bo‟lmasin, uni axborot

texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo‟lmaydi. Xo‟sh, axborot texnologiyalari o‟zi nima?

Axborot texnologiyasi – bu obyekt, jarayon yoki hodisalar holati haqidagi ma‟lumotlarni bir

ko‟rinishdan ikkinchi, sifat jihatdan mutloq yangi ko‟rinishga keltiruvchi ma‟lumotlarni to‟plash,

qayta ishlash, uzatishning vosita va usullari majmuasidan foydalanish jarayonidir. Bu, albatta,

keng ma‟nodagi ta‟rifdir, chunki evolyusiya jarayonida insonlar bir-biri bilan aloqaga kirish

uchun turli bosqichlarda muayyan aloqa vositalaridan foydalanganlar. Lekin hozirgi kunda

barchamiz kompyuter, mobil aloqa vositalari, internet va telekommunikasiya vositalaridan

foydalanar ekanmiz ushbu texnologiyalarining markaziy qismi hisoblash mashinasi bo‟lganligi

sababli axborot texnologiyalarini torroq ma‟noda, kompyuter axborot texnologiyalari ma‟nosida

ishlatganimiz ma‟qulroq. Shundan kelib chiqqan holda, zamonaviy axborot texnologiyalari – bu

kompyuter yordamida axborotni qabul qilish, saqlash, qayta ishlash va uzatish usul va

uslublaridir.

Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar

mavjud bo‟lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:

Ichki omillar - bu axborotning paydo bo‟lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli

amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash imkoniyatidir.

Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnika-uskunaviy vositalari orqali axborotlar

bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.

Axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishiga bir tomondan ularning texnik va dasturiy

yechimlarida yangidan yangi g‟oyalar bo‟lsa, boshqa tomondan foydalanuvchilarga ularning

ma‟qul kelishi sabab bo‟lmoqda. Masalan, mobil aloqa. Hozirgi kunda mobil aloqa vositalari

ekranga va virtual klaviaturaga ega bo‟lib, kompyuter, faks apparati, telefon apparati, qaydlar

kitobchasi vazifalarini bajaruvchi ko‟p maqsadli abonent tizimiga aylanmoqda, ularning

imkoniyatlari kundan-kunga kengaymoqda, mobil aloqa vositalariga xizmat qiluvchi tizimlar

jadal suratlarda rivojlanib bormoqda. Mobil aloqa vositalalari rivojlanishi bilan birga mobil

aloqa muhiti ham rivojlanib bormoqda.

Mobil aloqa muhiti– tayanch stansiyalar va bir guruh abonentlar tizimidan iborat bo‟lib,

abonentlarning bir-birlari bilan o‟zaro axborot almashinuvini ta‟minlovchi texnik-dasturiy

vositalar majmuasidir.

Mobil aloqa xizmati operatorlari – abonentlar (mijozlar) uchun mobil aloqa xizmatlarini taklif

qiluvchi tashkilotdir. Operatorlar vazifasiga radio chastotadan foydalanish va xizmat ko‟rsatish

uchun kerakli hujjatlarni olish, o‟zining mobil tarmog‟ini tashkil qilish, foydalanish, xizmat

shartlarini ishlab chiqarish, xizmat to‟lovlarini yig‟ish va texnik xizmat ko‟rsatish kiradi. Hozirgi

paytda O‟zbekiston hududida 5 ta mobil aloqa operatori xizmat ko‟rsatmoqda, ular - UMS,

Bilayn, Ucell, Perfektum Mobayl, O‟zbektelekom Mobayl. Ushbu 5 ta mobil operator tomonidan

bugungi kunda mobil so‟zlashuv, SMS, MMS, GPRS, Internet va boshqa turli xizmatlar

ko‟rsatilmoqda.

Hozirgi kunda mobil telefonlarning va boshqa mobil aloqa vositalarining shunaqa turlari ishlab

chiqarilmoqda-ki, ular funksional vazifalari jihatidan shaxsiy kompyuterdan qolishmaydi.

Bunday mobil aloqa vositalari yordamida hujjatlar bilan ishlash, musiqa tinglash, videoklip

tomosha qilish, o‟yinlar o‟ynash, hatto radioeshittirish va televideniyedan ham bahramand

bo‟lish mumkin. Foydalanishda esa hajmi kichikligi va bejirimligi tufayli kompyuterdan ancha

afzaldir. Ularning ba‟zi turlarini ko‟rib chiqaylik:

Smartfon (smartphone) inglizchadan «aqlli telefon» ma‟nosini anglatadi. Funksionalligi jihatidan

cho‟ntak shaxsiy kompyuteriga yaqin bo‟lgan mobil telefon. Unda cho‟ntak kompyuterining

barcha imkoniyatlari mujassam topgan.

iPhone- to‟rt diapazonli multimediyali smartfonlar. iPhone o‟zida telefonning asosiy

vazifalaridan tashqari kommunikator va internet planshetlarning asosiy vazifa(funksiya)larini

ham qamrab olgan.

Internet planshetlar– bu maxsus mobil qurilma bo‟lib, shaxsiy kompyuterning klassik

namunasidir. Planshetlar (masalan: iPad) tashqi ko‟rinish jihatidan kompyuterdan butunlay farq

qiladi. Planshetlar faqatgina ekrandan tashkil topgan bo‟lib, boshqa qo‟shimcha qurilmalar

(sichqoncha, klaviatura) virtual ko‟rinishda tashkil etilgan. Planshetlar to‟liqligicha mobil aloqa

muhiti orqali Internet xizmatlaridan foydalanishga va hujjatlar bilan ishlashga ixtisoslashgan.

Axborotlarni uzatish yaqin patylargacha Bluetooth, SMS va MMS texnologiyalari yordamida

amalga oshirilgan bo‟lsa, hozir asosan Messengerlardan, ayniqsa ommalashib ketgan

Telegrammdan foydalnilmoqda. Mana shu misol ham axborot texnologiyalari xizmatlari tez

rivojlaniyotganligidan dalolat beradi.

Axborot texnologiyalarining rivojlanishi foydalanuvchilar auditoriyasiga ta‟sir etishini Webtexnologiyalari

misolida ko‟rishimiz mumkin. Masalan, Web.1 muhitida foydalanuvchilar

Internetdagi ma‟lumotlarni faqat o‟qishi (yoki ko‟chirib olishi) mumkin edi. Web.2 muhitida esa

foydalanuvchi o‟zi forum yoki konferensiyalar tashkil etishi, o‟zining blogini e‟lon qilishi,

elektron resurslarni yaratib (m-n, rasmlar) Internetda joylashtirishi, muloqotdoshlari bilan

birgalikda ijtimoiy tarmoqlar yaratishi mumkin. Hozirgi kunda har qanday davlatning qudrati

qandaydir ma‟noda Internet makonida milliy Internet-resurlarining ko‟lami bilan, boshqa milliy

resurslarga nisbatan ko‟proq bo‟lishi, kezi kelsa, butun jahon tarmog‟ida taniqliroq bo‟lishi bilan

bog‟liq bo‟lib qoldi. Web.2 texnologiyalar mavjudligi tufayli elektron resurslar shunchalik

ko‟payib ketdiki, sifatli elektron resurslarni tez ajratib olish katta muammoga aylandi. Kerak

bo‟lsa, Internet – ong uchun kurash maydoniga aylandi. Ayniqsa yoshlarning endi shakllanib

borayotgan ongiga internet orqali ta‟sir ko‟rsatish g‟arazli kuchlarga juda qo‟l kelmoqda.

Bizning mentalitetimizga zid bo‟lgan ommaviy madaniyat yoki terrorizmga da‟vatlar shular

qatoridadir. Shuning uchun, bir tomondan, foydalanuvchilarda yovuz ta‟sirlarga qarshi

immunitetni shakllantirish muhum bo‟lsa, boshqa tomondan milliy internet resurslarni yetarli

darajada ko‟paytirish zarurdir. Sifatli elektron resurslarni saralab beruvchi tizimlar (miksherlar)

hozirgi kunda Web.3 muhitining qiyofasini belgilab bermoqda. Bundan kelib chiqmodaki,

zamonaviy internet foydalanuvchisi - bu sifatli elektron resurslarni yaratuvchi va internetga

joylashtiruvchi shaxs deb qaralishi kerak.

Elektron resurs axborot texnologiyalarida hujjat deb nomlanadi.

Hujjat -matn, tovush yoki tasvir shaklida yozilgan axborot bo‟lib, zamon va makonda uzatish

hamda saqlash va jamoat tomonidan foydalanish uchun mo‟ljallangan moddiy obyektdir.

Hujjatlarni shakliga ko‟ra quyidagi turlarga ajratish mumkin:

- Matnli hujjatlar - qog‟ozga qo‟l yoki kompyuter vositalari yordamida tushirilgan qandaydir

ma‟no beruvchi so‟zlar ketma-ketligi.

- Tovushli hujjatlar - ovoz yozish vositalari yordamida yozib olingan tovushli axborot.

- Tasvirli hujjatlar - fotosurat, rang tasvir mahsuli.

- Elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan va

elektron hujjatni identifikasiya qilish (tanib olish) imkoniyatini beradigan boshqa rekvizitlariga

(ma‟lumotlarga) ega bo‟lgan axborot.

Elektron hujjat texnika vositalaridan va axborot tizimlari xizmatlaridan hamda axborot

texnologiyalaridan foydalanilgan holda yaratiladi, ishlov beriladi va saqlanadi. Bunda bir

tomondan maxsus amaliy dasturlar qo‟l keladigan bo‟lsa, boshqa tomondan internetda axborot

tizimlarining o‟zida bunday imkoniyatlar mavjud. Bunga Googledagi masalan test yaratish va

ishlatish imkoniyatlari va unga o‟xshash tizim xizmatlari yaqqol misol bo‟laoladi.

Elektron hujjat elektron hujjat aylanishi ishtirokchilarining mazkur hujjatni idrok etish

imkoniyatini inobatga olgan holda yaratilishi kerak.

Elektron hujjat almashish tizimlari O‟zbekiston Respublikasining «Elektron hujjat aylanishi

to‟g‟risida»gi 2004 yil 29 apreldagi 611-P son Qaroriga binoan quyidagicha ta‟riflanadi va

faoliyat yuritadi.

Elektron hujjat almashish tizimlari – elektron hujjatlarni axborot-kommunikasiya tizimi orqali

jo‟natish va qabul qilish jarayonlari yig‟indisidir.

Internet tarmog‟ida nafaqat hujjat almashinuvini, balki tijorat ishlarini ham yo‟lga qo‟yilgan.

Elektron tijorat Internet tarmog‟idagi tijorat sohasiga oid faollikni, unda oldi-sotdini amalga

oshirilishini ifodalash uchun qo‟llaniladi. U kompyuter tarmog‟idan foydalangan holda harid

qilish, sotish, servis xizmatini ko‟rsatishni amalga oshirish, marketing tadbirlarini o‟tkazish

imkoniyatini ta‟minlaydi. Elektron tijorat faoliyati O‟zbekiston Respublikasining «Elektron

tijorat to‟g‟risida»gi 2004 yil 29 apreldagi 613-P son Qonuni bilan belgilanadi va amalga

oshiriladi.

O‟zbekistondaAKT sohasida O‟zbekiston Respublikasining 11 ta qonuni, O‟zbekiston

Respublikasi Prezidentining 3 ta Farmoni va O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti va

O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 40 dan ortiq qarorlari hamda 1000 ga yaqin

sohaga oid me‟yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan.

Quyidagi jadvalda axborotlashtirish sohasidagi asosiy me‟yoriy-huquqiy hujjatlar keltirilgan:

O‟zbekiston Respublikasi Prezedentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va

axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish to‟g‟risidagi» 2002 yil 30 maydagi PF–

3080 sonli farmoni e‟lon qilindi. Bu farmon iqtisodiyotning turli tarmoqlari, boshqaruv, biznes,

fan va ta‟lim sohalariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish hamda aholining turli

qatlamlariga zamonaviy kompyuter va axborot tizimlaridan keng foydalanishlari uchun qulay

shart-sharoit yaratib berishda asosiy qadam bo‟ldi.

Bu farmonni bajarish yuzasidan va axborot kommunikasiya texnologiyalari sohasida strategik

ustivor vazifalarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlarni ta‟minlash maqsadida

O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2002 yil 6-iyunda qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorda 2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot texnologiyalarini

rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi va ulkan ishlar amalga oshirildi. Jumladan, XTVdagi

umumta‟lim maktablar kompyuter bilan ta‟minlandi, darsliklar chiqarildi, malaka oshirish

mutaxassislarining har 3 yilda axborot-kommunikasiya bo‟yicha malaka oshirishi ta‟minlandi.

Bundan tashqari ushbu hujjat asosida quyidagi ishlar amalga oshirildi:

-AKTni rivojlantirish va joriy etish masalalari belgilandi;

-O‟zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kompyuterlashtirish va AKTni

rivojlantirish bo‟yicha Muvofiqlashtiruvchi Kengash tashkil etildi;

Qonunlar Prezident farmonlari va qarorlari Hukumat qarorlari

Axborotlashtirish

to‟g‟risida (2003y.)

Telekommunikasiyalar sohasida

boshqaruvni takomillashtirishga

doir chora-tadbirlar to‟g‟risida

(2000y.)


Kompyuterlashtirishni yanada

rivojlantirish va axborot-kommunikasiya

texnologiyalarini joriy etish choratadbirlari

to‟g‟risida (2002y.)

Elektron raqamli

imzo to‟g‟risida

(2003y.)

Kompyuterlashtirishni yanada

rivojlantirish va axborotkommunikasiya

texnologiyalarini joriy etish

to‟g‟risida (2002y.)

Axborotlashtirish sohasida normativhuquqiy

bazani takomillashtirish

to‟g‟risida (2005y.)

Elektron hujjat

aylanishi to‟g‟risida

(2004y.)

Axborot-kommunikasiya

texnologiyalarini yanada

rivojlantirishga oid qo‟shimcha

chora-tadbirlar to‟g‟risida

(2005y.)


Davlat va xo‟jalik boshqaruvi, Mahalliy

davlat hokimiyati organlarining axborotkommunikasiya

texnologiyalaridan

foydalangan holda yuridik va jismoniy

shaxslar bilan o‟zaro aloqadorligini

yanada takomillashtirish chora-tadbirlari

to‟g‟risida (2007y.)

Elektron tijorat

to‟g‟risida

(2004y.)


O‟zbekiston Respublikasining

jamoat ta‟lim axborot tarmog‟ini

tashkil etish to‟g‟risida (2005y.)

Internet tarmog‟ida O‟zbekiston

Respublikasining Hukumat portalini

yanada rivojlantirish chora-tadbirlari

to‟g‟risida (2007y.)

Elektron to‟lovlar

to‟g‟risida

(2005y.)


Respublika aholisini axborotkutubxona

bilan ta‟minlashni

tashkil etish to‟g‟risida (2006y.)

Internet tarmog‟ida O‟zbekiston

Respublikasining Hukumat portaliga

axborotlarni taqdim etish va

joylashtirish tartibi to‟g‟risida (2009y.)

-Sohada tashkiliy o‟zgartirishlar amalga oshirildi (O‟zAAA, AKTni rivojlantirish Jamg‟armasi,

TATU tashkil etildi.

O‟zR Vazirlar Mahkamasining «Internet tarmog‟ida O‟zbekiston Respublikasining Hukumat

portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‟g‟risida» 2007 yil 17 dekabrdagi 259-son

qaroriga asosan Hukumat portali Internet tarmog‟ida O‟zbekiston Respublikasi Hukumatining

rasmiy davlat axborot resursi hisoblanadi. Bu bilan Hukumat portalida chop etilgan axborot,

ommaviy axborot vositalarida chop etilgan axborot bilan teng kuchga ega ekanligi belgilab

berilgan.

O‟tgan vaqt mobaynida Portal yangi ma‟lumotlar bilan to‟ldirilib kengaytirib borildi. Portalning

funksional imkoniyatlarni mukammallashtirish, foydalanuvchilar qulayligi uchun do‟stona

interfeys yaratish hamda davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyati to‟g‟risida dolzarb

va tezkor ma‟lumotlarni joylashtirish bo‟yicha ishlar olib borildi.

O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 20 yanvardagi «Ishlab chiqarish va ijtimoiy

infratuzilmani yanada rivojlantirish yuzasidan qo‟shimcha chora-tadbirlar to‟g‟risida» PQ – 1041

– sonli qaroriga asosan «Qo‟shimcha modullar (G to V va G to S) kiritilgan yangi platformadagi

yangi Hukumat portalini ishga tushirish» loyihasini amalga oshirish maqsadida O‟zbekiston

Respublikasi Hukumat portalining yangi versiyasi ishlab chiqildi va 2009 yil 1- oktyabrdagi

Internet tarmog‟ida asosiy domen www.gov.uz manzili bo‟yicha joylashtirildi.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturining sifat bosqichida mamlakatimizda axborot kommunikasiya

texnologiyalarini keng joriy etish, ta‟lim tizimiga horijiy ilg‟or tajribalarni, texnologiyalarni jalb

etish va ulardan amalda foydalanish ta‟lim sohasining muhim vazifalardan biri deb sanaladi.

Masalan, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallariga videokonferensiya

aloqa terminallarining o‟rnatilishi yuqori malakali professor-o‟qituvchilarining ma‟ruzalarini

tinglash, unda filial talabalarining virtual tarzda ishtirok etishini ta‟minlash, amaliy

mashg‟ulotlarni birgalikda bajarish, ilmiy-amaliy konferensiya, semenar, treninglar, vertual

ko‟rgazmalarni hamkorlikda o‟tkazish imkonini berdi. Ayni vaqtda filial professor-o‟qituvchilari

va talabalari VPN tarmog‟i orqali xohlagan axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatiga ega

bo‟ldilar.

Ma‟lumki, O‟zbekiston Respublikasida ta‟limga juda katta ahamiyat berib kelinmoqda.

Darxaqiqat, har qanday davlat ravnaqini belgilab beradigan eng asosiy omil – kadrlar deb

hisoblanadi. “Ta‟lim to‟g‟risida”gi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida izchil olib

borilayotgan islohatlar bunga yaqqol misol bo‟la oladi. O‟sib kelayotgan barkamol, har

tomonlama rivojlangan, keng tafakkurga ega bo‟lgan avlodni tarbiyalash hamda jahon

hamjamiyatiga integrasiya qilish maqsadida chet tillarni o‟qitish hozirgi kunda davlatimizning

ustivor vazifalaridan deb hisoblanadi. O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yildagi

1875-sonli “Chet tillarni o‟qitish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‟g‟risidagi

farmoni ushbu yo‟nalishdagi vazifalarni belgilab berdi. Jumladan, yuqori malakali chet tili

o‟qituvchilarini tayyorlash, ta‟limida axborot va media-texnologiyalaridan keng foydalanish,

darsda interfaol metodlarni qo‟llash kabi vazifalar shular sirasidandir.

O‟zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 23 maydagi PQ-1971-sonli “O‟zbekiston

davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‟g‟risida”gi

qarorida O‟zbekiston davlat tillari universitetiga chet tillari o‟qitishning zamonaviy pedagogik va

axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanish malakasiga ega bo‟lgan umumiy o‟rta,

o‟rta maxsus, kasb-xunar ta‟lim muassasalari uchun chet tillari bo‟yicha yuqori malakali

o‟qituvchilarni tayyorlash vazifasi yuklatilgan. “Axborot texnologiyalari til o‟qitishda” fanining

maqsadi aynan mana shu ustivor vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan.

Xorijiy tillarni samarali o‟qitishda axborot texnologiyalarining imkoniyatlari juda katta va

shuning uchun pedagog kadrlarni tayyorlashda uning o‟rni alohida. Xorijiy tillarni o‟qitishda

qo‟llaniladigan axborot texnologiyalari, texnik va dasturiy vositalarni bilish bilan birga xorijiy

tillarni o‟qitishda multimedia resurslarini yaratish va ishlov berish texnologiyalari, shaxsiy

elektron ta‟lim resurslarini shakllantirish, xorijiy tillarni o‟qitish bo‟yicha elektron o‟quv

kurslarini loyihalashtirish, o‟quvchilar bilimini baholash tizimlari, xorijiy tillarni o‟qitishda

internet texnologiyalari, masofaviy o‟qitish texnologiyalari va uni tashkil qilish usullaridan

foydalanish, video konferensiya, ommaviy on-line ochiq kurslar(Coursera, edX, Khan Academy,

MIT Open Course Ware)ni tashkil etish kabi malakalar muhim ahamiyat kasb etadi.

Axborot texnologiyalarining ta‟limga chuqur ta‟siri natijasida pedagogika (ta‟lim-tarbiya

to‟g‟risidagi fan)ning tarkibiy qismi sifatida elektron pedagogika kirib kelmoqda. Unda

pedagogik jarayonda axborot-kommunikasiya va interaktiv texnologiyalaridan, ta‟limda Internet

resurslaridan foydalanish, Internet tarmog‟ining asosiy xizmatlari, jumladan Ziyonet.uz va

boshqa ta‟lim portallari resurslari bilan ishlash, Internet tarmog‟ida pedagoglarning,

talabalarning elektron muloqot muhitida jamoa bo‟lib ishlash, blog, forum va tematik chatlarni

tashkil etish, pedagoglarning tarmoqdagi hamkorligi bilan bir qatorda pedagogning shaxsiy,

kasbiy axborot maydonini tashkil etish, axborot texnologiyalari vositasida pedagogning elektron

portfoliosini shakllantirish, elektron axborot-ta‟lim muhitida pedagogik jarayonni

loyihalashtirish, ta‟limni boshqarish tizimi LMS MOODLE tizimida ishlash nazarda tutiladi.

Pedagogik faoliyatda amaliy dasturiy vositalardan foydalanish, ular yordamida elektron

darsliklar, trenajyorlar, virtual laboratoriya mashg‟ulotlarini yaratish usullarini bilish,

MisrosoftWord, Excel, Power Point va boshqa dasturlarida elektron o‟quv-metodik

materiallarini yaratish usullariga ega bo‟lish bilan birga Web 2.0/3.0 texnologiyalari yordamida

elektron didaktik materiallarni yaratish va ta‟lim jarayonida qo‟llash chet tili o‟qituvchisi

mahoratini belgilashning muhim omillaridan deb hisoblanadi.

Bugungi kunda, o'qish-o'qitish jarayonini yangi ahborot tehnologiyalarni qo'llanilishi siz

tasavvur qilib bo'lmaydi. Bu o'z navbatda: programmalashtirilgan o'qitish (bilimlarni o'zlashtirish

dajarasnini avtomatlashtirilgan dastur asosida boshqarish yo'li bilan o'qitish), interfaol o'qitish,

multimedia taqdimotlar, Internet resurslar, dasturiy vositalar va x.k.larni o'z ichiga olgan.

Yuqorida keltirilganlarni, amaliyotga samarali joriy etish jarayoni ishlatilayotgan tehnik vositalar

bilan bevosita bog‟liq. Ular bilan tanishib chiqamiz.

Kompyuterlar katta kompyuterlar va kichik kompyuterlar sinfiga bo‟linadi. Katta kompyuterlar

sinfiga serverlar va superkompyuterlar kiradi. Kichik kompyuter sinfiga esa shaxsiy

kompyuterlar (ShK), portativ kompyuterlar kiradi.

Server kompyuteri deb kompyuter tarmog‟ida asosiy axborotlar bazasini saqlovchi maxsus

ajratilgan kompyuterga aytiladi.

Superkompyuterlar – juda katta tezlikni talab qiladigan va katta hajmdagi masalalarni yechish

uchun mo‟ljallangan kompyuterlardir. Ular oddiy shaxsiy kompyuterlarga nisbatan bir necha yuz

barobar tez ishlaydi va maxsus amallarni bajaradi.

Shaxsiy kompyuterlar (ShK) hammabop va qo‟llashda turli xil talablarni qondiruchi, bir kishi

foydalanadigan kompyuterlardir. Shaxsiy kompyuterlarga kundalik ishlarimizda qo‟llaydigan,

uyda, ish joylarida joylashgan kompyuterlar, masalan, Pentium tipidagi kompyuterlar kiradi.

Portativ kompyuterlar yo‟lda olib yurishga mo‟ljallangan ko‟chma shaxsiy kompyuterlardir.

Portativ kompyuterlarga Lap Top, Note Book, Palm Top, Elektron kotiblar (PDA), organizer

kabi kompyuterlarni kiritishimiz mumkin.

«Lap Top» turidagi portativ kompyuterlar «diplomat» hajmidagi kichiq chemodanchalar

ko‟rinishida tayyorlanadi. Apparat va dasturiy ta„minot ularning eng yaxshi ko‟chmas ShKlar

bilan muvaffaqiyatli raqobatlashishiga imkon beradi.

Kompyuter-bloknotlar (Note Book va Sub Note Book, shuningdek, ularni Omni Book – «har

yerda hozir» deb ham atashadi) stolda foydalaniladigan ShKlarning barcha vazifalarini bajaradi.

Ular uncha katta bo‟lmagan kitob hajmidagi chemodancha ko‟rinishida tayyorlanadi. O‟z

xususiyatlariga ko‟ra ko‟p jihatdan Lap Topga mos keladi, faqat o‟lchami va bir qator kichik

hajmdagi operativ va diskli xotirasi bilan farqlanadi.

Kompyuter-bloknotlarning ko‟pgina modellari aloqa kanaliga va shunga muvofiq hisoblash

tarmog‗iga ulanish uchun modemlarga egaaloqani ta„minlaydi. Ular uncha katta bo‟lmagan

hajmdagi suyuq kristalli monoxrom va rangli displeylarga ega. Klaviaturasi har doim qisqa,

Tpack Point va Tpack Pad turidagi manipulyatorlarga ega.

Cho‟ntak kompyuterlari (Palm Top, bu «kaftdagi» degan ma„noni bildiradi) 300 gramm

og‟irlikka ega. Ular to‟laqonli shaxsiy kompyuterlar bo‟lib, mikroprotsessor, operativ va doimiy

xotira, odatda monoxrom suyuq kristalli displey, ixcham klaviatura, ko‟chmas ShKgaaxborot

almashuv maqsadlarida ulanish uchun port bo‟limlariga ega.

Elektron kotiblar (PDA-Personal Digital Assistent, ularni ba`zan Hand Help – qo‟l yordamchisi

deb atashadi) cho‟ntak kompyuteri shakliga ega (og‟irligi 0,5 kg dan ortiq emas), biroq Palm

Topga nisbatan keng funksional imkoniyatlarga ega (xususan: nomlar, manzilgohlar va telefon

raqamlarini saqlovchi elektron ma„lumotnomalar, kun tartibi va uchrashuvlar, joriy ishlar

ro‟yxatlari, harajatlar yozuvlari va boshqalar haqidagi axborotni tashkil qilishga yo‟naltirilgan

apparat va maxsus dasturiy ta„minot), maxsus matnli, ba`zan esa grafik muharrirlik, elektron

jadvallar tayyorlaydi.

Elektron yozuv daftarchalari (organizer – organayzerlar) ixcham kompyuterlarning «eng yengil

sinfi»ga kiradi (bu sinfga ulardan tashqari kalkulyatorlar, elektron tarjimonlar va boshqalar

kiradi); ularning og‟irligi 200 grammdan oshmaydi. Organayzerlar foydalanuvchi tomonidan

dasturlashtirilmaydi, biroq sig‟imli xotiraga ega. Unga zarur axborotni yozish va uning

yordamida maxsus matnni tahrir qilish, ish xatlari, bitim, shartnomalar matnlari, kun tartibi va

ish uchrashuvlariga tegishli matnlar saqlanishi mumkin.

Kompyuter ikkita tarkibiy qismdan iborat. Ular asosiy va qo‟shimcha qurilmalardir.

Shaxsiy kompyuterning asosiy qurilmalari quyidagicha.

1. Tizimli blok (Protsessor).

2. Ekran (Monitor).

3. Klaviatura.

4. Sichqoncha.

Tizimli (Sistemaviy) blok (Protsessor) – kompyuterning asosiy qismi bo‟lib, o‟z ichiga quyidagi

elementlarni jamlaydi. Ona plata, mikroprotsessor, qattiq disk (vinchester), Operativ xotira

(OZU), CD-ROM (CD-RW), DVD-ROM, (DVD-RW), tashqi qurilmalar kontrolleri, shinalar,

elektr ta„minoti bloki va boshqalar.

Ona plata – asosiy elektron sxema bo‟lib, unga tashqi qurilmalar

kontrollerlari shina orqali ulanadi, unga mikroprotsessor, BIOS,

operativ xotira, tizimli plataning mikrosxemalar to‟plami, ikkinchi

pog‟ona kesh-hotira (kesh L2), shina razyomlari, tizimli soat hamda

CMOS uchun elektr manbai (batareya), kiritish-chiqarish

mikrosxemasi kabi elementlar tikiladi va tashqi qurilmalar

kontrollerlari o‟rnatiladi.

Mikroprotsessor (CPU) arifmetik-mantiqiy qurilma bo‟lib, kompyuterning «yuragi» hisoblanadi.

Dastur yordamida berilgan ma„lumotlarni o‟zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini

boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o‟zaroaloqasini o‟rnatadigan

qurilma – mikroprotsessor deb ataladi. Arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, hotiraga

murojaat qilish, dasturdagi ko‟rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish va

boshqaamallar mikroprotsessor zimmasidadir.

Kompyuterlarda INTEL, AMD, IBM va boshqa firmalarning mikroprotsessorlari ishlatilmoqda.

Qattiq disk (HDD) tashqi xotira hisoblanib, kompyuterda asosiy axborot saqlovchi qurilmadir.

Unda barcha dastur va ma„lumotlar saqlanadi. Qattiq disklarda tashuvchilar aylanadigan

ferromagnetik qatlam bilan qoplangan alyuminiyli va karamikali disklardan iborat bo‟lgani

uchun ko‟pincha qattik disk deb ataladi. Qattiq disk o‗lchamlari turlicha bo‟lishi mumkin.

Hozirgi kunda vinchesterlarning 80-1000 Gb dan 1 Tb gacha bo‟lgan o‟lchamdagi turlari

mavjud.

Operativ (tezkor) xotira (DDR) - bu protsessorning ishchi sohasidir. Unda ish vaqtidagi barcha

dastur va ma„lumotlar saqlanadi. Operativ xotira kopincha vaqtinchalik xotira deb ham ataladi,

chunki undagi dastur va ma„lumotlar faqat kompyuter yoqiqligida yoki kompyuter qayta

yuklangunicha saqlanadi. Kompyuter ochirilishidan yoki qayta yuklanishidan oldin barcha

ma„lumotlar saqlab qoyilishi lozim. Operativ xotiraning 256, 512 Mb, 1 Gb, 2 Gb li turlari

mavjud.

CD-ROM (Compact Disk) va DVD-ROM (Digital Versatile Disk). Disklardagi ma„lumotlarni

o‟qish va ularga ma„lumotlar yozish uchun xizmlat qiluvchi qurilma. Dastlab bunday

tashuvchilar ma„lumotlarni faqat o‟qish uchun mo‟ljallangan bo‟lib, ulardagi ma„lumotlarni

o‟zgartish va qaytadan yozish imkoniyati yo‟q edi. Hozir disk va disk yurituvchilarning

ma„lumotlarni yozadigan (writeable) va ko‟p marotaba yozadigan (rewriteable) modellari

mavjud.

Kompyuterning qo‗shimcha qurilmalari quyidagilardan iborat:

Skaner bu ma„lumotlarni qog‟ozli hujjatdan bevosita kompyuterga kiritish qurilmasidir. Matnlar,

sxemalar, rasmlar, grafiklar, fotografiyalar va boshqa grafik axborotni kiritish mumkin.

Skaner nusxa ko‟chirish apparatiga o‟xshab qog‟ozli hujjatning tasviri nusxasini qog‟ozda emas,

balki elektron ko‟rinishda yaratadi - tasvirning elektron nusxasi yaratiladi.

Skanerlar hujjatlarni qayta ishlash elektron tizimining muhim bo‟g‟ini va istalgan «elektron stol»

ning kerakli elementidir.

Skanerlar ishlash prinsipiga qarab quyidagi turlarga bo‟linadi:

Dastakli skanerlar

Planshetli skanerlar

Rolikli skanerlar.

Dastakli skanerlarning tuzulishi juda oddiydir: ular qo‟l

bilan tasvir bo‟ylab siljitiladi. Ular yordamida bir marta

o‟tishda tasvir satrlarining ozgina miqdori kiritiladi

(ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi).

Dastaki skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo‟lib, u

skanerlashning ruxsat etiladigan tezligi oshganligini

operatorga bildirib turadi.

Planshetli skanerlar eng ko‟p tarqalgan; ularda skanerlovchi kallak asl nusxaga nisbatan

avtomatik siljiydi; ular ham varaqli, ham risolalangan hujjatlarni (kitoblarni) skanerlash imkonini

beradi. Skanerlash tezligi: bir betga (A4 o‟lchamli) 2-10 sekund.

Rolikli skanerlar eng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi kallakka nisbatan

avtomatik siljiydi, ko‟pincha hujjatlar avtomatik beriladi, lekin skanerlanadigan hujjatlar faqat

varaqli.

Modem (Modulyator-Demodulyator) – telefon tarmog‟i orqali boshqa kompyuterlar bilan

axborot almashishni ta„minlaydi.

Modem - aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to‟g‟ri (modulyator)

va teskari (demodulyator) o‟zgartirish qurilmasidir.

Modem – axborotni uzatishda raqamli signalni analogli signalga, axborotni qabul qilishda esa

analogli signalni raqamli signalga o‗zgartiradi.

Ko‟pgina modemlar ma„lumotlarni uzatish jarayonini ta„minlashdan tashqari,

telekommunikatsiya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni

ham bajaradi, jumladan:

tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash

operatsiyalari;

faksimil axborotlarni qabul qilish va uzatish;

chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA);

avtojavob beruvchi va elektron kotib vazifalari va b.

Multimediya vositalari – kompyuter yordamida musiqa va ovozli ma„lumotlarni ko‗rsatishni

ta„minlaydi.

Multimediya vositalari - bu kompyuter texnologiyasining turli

xil fizik ko‟rinishga ega bo‟lgan (matn, grafika, rasm, tovush,

animaciya (xayvonlar tasviri), video va sh.o‟.) va yoki turli xil

tashuvchilarda mavjud bo‟lgan (magnit va optik disklar, audiova

video-lentalar va h.k.) axborotdan foydalanish bilan bog‟liq

sohasidir.

Multimediya vositalariga quyidagilar kiradi: ma„lumotlarni

audio - (nutqli) va videokiritish va chiqarish qurilmalari;

yuqori sifatli tovushli (sound) va video - (video) platalar, videoqamrash platalari (video grabber),

ular videomagnitofondan yoki videokameradan tasvirni oladi va uni kompyuterga kiritadi;

yuqori sifatli kuchaytirgichli, tovush kolonkali, katta videoekranli akustik va videoqabul

qiladigan tizimlar, naushnik, mikrofon, proyektor, videoglaz, Web-kamera.

Plotterlar - grafik axborotni (chizmalar, sxemalar, rasmlar,

diagrammalar va b.) kompyuterdan qog‟ozli yoki boshqacha

ko‟rinishdagi tashuvchiga chiqarish qurilmasidir.

Ish tamoyili bo‟yicha plotterlar peroli, purkagichli, lazerli,

termografik, elektrostatik bo‟ladi.

Planshet – kompyuterga biror chizma va tasvirni maxsus qalam

yordamida kirituvchi qurilma.

Interfaol tehnik vositalar va ularning tahlili.

Kompyuter va mobil qo'rilmalar bilan birgalikda, ta'lim jarayonida zamonaviy (interfaol) o'qitish

tehnik vositalari keng qullanib kelmoqda. Interfaol vositalar yordamida, yangi mavzuni

o'rganishda, talabalar bilimini mustahkamlashda va tekshirishda, grafika, tovush va zamonaviy

texnologiyalari bo'yicha yaratilgan mul'timedia mahsulotlaridan maksimal darajada unumli

foydalanish mumkin. Bunda bilim olish jarayoni qiziqarli va kreativ tus oladi.

Zamonaviy o'qitish tehnik vositalarini o‟rganib chiqamiz.

ACTIVboard (interfaol doska) bu – kompyuter va proektor bilan birgalikda ishlaydigan ta'lim

berishning zamonaviy texnik vositasidir. Interaktiv doska tarkibiga interaktiv doskaning o‟zidan

tashqari maxsus elektron qalam (stilus), dasturiy ta'minot vositalari (interaktiv doskaning

drayveri va maxsus grafik muharrir) hamda USB kabel kiradi.

Tegishli sozlash amallari bajarilib interaktiv doska ishchi holatga

keltirilgach, proektor yordamida interaktiv doska yuzasiga

tushirilayotgan tasvirlar bilan interfaol usulda ishlash mumkin. Ya'ni,

elektron qalam yordamida kompyuterning grafik interfeysini boshqarish,

turli ob'ektlarni yaratish, oldin yaratilgan ob'ektlarni ochish, ularga

tegishli o‟zgartirishlar kiritish va h.k. Kiritilgan barcha o‟zgartirishlar va yaratilgan yangi

ob'ektlarni, ularga kelgusida qo‟shimcha ishlov berish uchun kompyuter xotirasiga yozib qo‟yish

yoki tashqi axborot tashuvchi vositalarga ko‟chirib olish mumkin. Interfaol doska maxsus

elektron qalam orqali, shuningdek qo‟l barmoqlari bilan ham boshqarilishi mumkin, bu interfaol

doskanining qaysi texnologiyalardan foydalanib ishlab chiqilganligiga bog‟liq bo‟ladi. Bunda,

maxsus elektron qalam yoki qo‟l barmoqlari kompyuter sichqonchasi kabi ishlaydi.

Ta'lim jarayonida interaktiv doskadan ikki rejimda foydalanish mumkin: birinchi rejimda

elektron qalam faqat kompyuter sichqonchasining vazifasini bajaradi, ikkinchi rejimda esa u

maxsus dasturiy ta'minotning barcha uskunalari vazifasini bajaradi (masalan - oddiy qalam,

marker, mo‟yqalam, o‟chirgich, qaychi, lupa va boshqalar).

Elektron qalamning doska yuzasidagi holati va harakatlariga oid ma'lumotlar elektron doskadan

USB kabel orqali kompyuterga uzatiladi va ushbu ma'lumotlar qayta ishlanib elektron qalamning

harakatiga mos amallar bajariladi.

Interfaol qurilma – bu proektsion doskaga (magnitli doska, marker doskasi, sinf doskasi, sinf

devori) yoki proektorning o‟ziga o‟rnatiladigan va har qanday tekis, silliq

ishchi yuzani interaktiv holatga keltiradigan elektron qurilmadir. Ular

uchun alohida maxsus doska talab etilmaydi.

Interaktiv qurilmalar tarkibiga qurilmaning o‟zi, ya'ni maxsus elektron

qalamdan chiqayotgan signalni qabul qiluvchi moslama, ushbu qabul

qiluvchi moslamaga infraqizil yoki ultratovushli signallarni yuboruvchi elektron qalam,

interaktiv qurilma va kompyuterning o‟zaro aloqasini ta'minlovchi USB kabelyoki simsiz qabul

qilgich uskunasi, dasturiy ta'minot vositalari kiradi. Ular infraqizil yoki ultratovushli

texnologiyalar asosida ishlaydi.

Interaktiv qurilmalar bajaradigan vazifasiga ko‟ra interaktiv doskalarga to‟liq mos keladi. Lekin,

ulardan farqli ravishda mobil qurilma hisoblanadi. Ixcham va yengil bo‟lganligi uchun ularni bir

xonadan ikkinchisiga tez olib o‟tib o‟rnatish mumkin, bu o‟z navbatida bunday qurilmalardan

samarali foydalanish imkoniyatini beradi. Darsdan keyin esa interaktiv qurilmani yig‟ishtirib

mas'ul xodimga topshirish yoki o‟qituvchilar xonasidagi belgilangan maxsus joyga olib qo‟yish

mumkin.

Interaktiv qurilmalar kompyuterga to‟g‟ridan-tog‟ri USB kabel orqali yoki simsiz qabul qilgich

uskunasi yordamida ulanishi mumkin. Interaktiv rejimda, o‟qituvchi, huddi interaktiv doskadagi

kabi keng imkoniyatlarga ega bo‟ladi. hususan:

• kompyuterni doska oldida turib boshqarish imkoniyati: Microsoft Office dasturlari bilan

ishlash, dars jarayonini oldindan tayyorlangan taqdimotlar, videofragmentlar, tasvirlar, chizmalar

bilan nomoyish etish;

• interaktiv qurilma dasturiy ta'minotining uskunalari yordamida ekrandagi tasvir ustiga yoki

yangi varaq (slayd) ustiga chizish, bo‟yash, rasm solish, yozish, tayyor ob'ektni o‟rnatish,

ob'ektlarni kattalashtirish, kichiraytirish, boshqa joyga ko‟chirish, ma'lum bir qismini belgilash

imkoniyatlari;

• doskada bajarilgan ishlarni fayl ko‟rinishida kompyuter xotirasida saqlash yoki doskada

amalga oshirilayotgan barcha jarayonlarni videofayl formatida yozib olish;

•o‟zining shaxsiy interaktiv dars ishlanmalarini yaratish, bunda interaktiv qurilmaning dasturiy

ta'minot kutubxonasidagi mavjud shablon va tasvirlardan foydalanish;

•interaktiv qurilmaning dasturiy ta'minoti tarkibiga kiruvchi tasvirlar kutubxonasini o‟zi

tayyorlagan yangi materiallar bilan boyitib borishi va boshqa imkoniyatlar.

ActivTable (interfaol stol) – o`z aktiv yuzasiga ega qurilma sanaladi. Unga foydalanuvchi

talabidan kelib chiqib dasturiy ta`minotlarni yuklab olish mumkin.

Bu ta`lim olish, ta`lim berish va turli xil tadbirlar uchun zamonaviy

uskunadir. Bu uskuna kishilarda kuchli va qiziq shaklda aks ettirilgani

tufayli kuchli taassurot tug`diradi. Bu stolni didga ko`ra 32 dan 55

dyungacha razmerlarda tanlash mumkin. Interaktiv stolning barcha

turlari aviatsion alyuminiydan qilinadi va sensorli yuza 6 mm qalinlikdagi shisha bilan

qoplanadi. Interaktiv stolning eng muhim komponenti yorqin sensorli ekran sanaladi. Multitach

ekran hattoki yorug`likda ham a`lo darajada ko`rishni ta`minlaydi. Barcha modellarida kuchli

quvvatlagich o`rnatilgan bo`lib, musiqaning va ovozli xabarlarning baland ovozda va ravshan

eshitilishini ta`minlaydi. Bu stolning ishga tushirilishi juda ham oddiy bo`lib, yon tomonida

joylashgan tugmacha orqali yoqish va o`cherish amalllari bajariladi. Ushbu turdagi stolning

bolalar uchun mo`ljallangan turlari ham mavjud bo`lib, unga ko`plab rasmlarni o`rnatish va bir

vaqtning o`zida 4 ta o`rganuvchi foydalanishi mumkin.

Interfaol proektor - bu - o‟zida interkativ doskaning imkoniyatlarini

mujassam etgan proektordir. Bunday proektorlar uchun alohida

maxsus doska sotib olish talab etilmaydi, tasvirlar proektsiyasi oddiy

sinf doskasiga, marker doskasiga yoki sinf devoriga ham tushirilishi

mumkin. Oddiy proektordan farqli ravishda interaktiv proektorlar

kompyuterdan tegishli signallarni qabul qilib tasvirlarni ekranga

namoyish qilish bilan bir qatorda, elektron qalamning ekrandagi joriy

holati va harakatlari to‟g‟risidagi ma'lumotlarni ham aniqlab kompyuterga yuboradi va

kompyuter bilan ikki tomonlama aloqani o‟rnatadi.

Overhed-proektor - A4 formatli shaffof plenkalarga qayd etilgan tasvirlarni yoritib berishda

foydalaniladi. Oqirligi va hajmiga qarab, apparatlar portativ, yarim-portativli va ko'zg‟almas

modellarga bo'linadi. Portativli overhed-proektorlari 7 kg oshmaydigan yig‟ma tuzilishga ega.

Oddatda, bunday modeldagilar oson yig‟ilishi bilan juda qulay bo'lib, ko'chirish uchun mahsus

jamlanish sumkachalar to'plamiga ega. Odatda qo'zg‟almas overhed-proektorlari 8 kgdan 17

kggacha og‟irlikda bo'lib, auditoriyada doimiy ravishda o'rnatilib qo'yishga mo'ljallangan.

Modellerdagi proekciyalashni umumiy hususiyatlarga ko'ra overhed-proektorlari nur o'tqazuvchi

va nurni o'zida aks ettiruvchi turlarga bo'linadi.

Hujjat-kameralar - uncha katta bo'lmagan, vizual tasvirni yoritib beruvchi fotosurat,slaydlar,

hujjatlarni asl nushasini elektron tasvirini tez fursat ichida namoyon qilib beruvchi oddiy

qurilma.

Tuzilishi jihatidan: mahsus sharnirda yoki «egiluvchan bo'yin» aylantirish imkoni bo'lgan

miniatyurali kamerali boshchadan iborat. Videokonferenciyalar vaqtida, kamerali boshchasiga

bevosita mikrofon o'rnatiladi, bunday o'lchamlarda rang muvozanatlantiruvchi avtomatik

ravishda amalga oshiriladi, tasvirni keskinligini oshirish ho'lda bajariladi. Boshlang‟ich darajali

kameralarda 5-ta videosignal va kompozit chiqish mavjud. Bazi modellar foydalanish qo'llamini

kengaytiruvchi: mikroskoplar, 35-mm slaydlar uchun adapterlar to'plamlaridan iborat. Murakab

tuzilgan hujjat-kameralarida mahsus funkciya ko'zda tutilgan bo'lib, rang muvozanatlantiruvchi

ham avtomatik ravishda ham ho'lda amalga oshiriladi.

NECHTADIRNI NECHINCHISIDIR




Yüklə 273,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin