Mаshg`ulоt vаqti-2 sоаt


Metall sulfidlarining olinishi va xossalari



Yüklə 2,92 Mb.
səhifə42/172
tarix24.12.2023
ölçüsü2,92 Mb.
#192852
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   172
20633 Biol90 soatli tex.xarita1

Metall sulfidlarining olinishi va xossalari
a) Rux, marganeS, kadmiy, qo‘rg‘oshin, mis tuzlari eritmalaridan ammoniy sulfid ta’sir ettirib sulfidlarning cho‘kmalarini hosil qiling, hosil bo‘lgan cho‘kmalarning rangiga e’tibor bering. Reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli ko‘rinishda yozing. Cho‘kmalardan ozroqdan olib xlorid kislotasini ta’sir ettiring. Qaysi cho‘kmalar eriganini belgilang. Sulfidlarni eruvchanlik ko‘paytmalari asosida kuzatilgan hodisalarni tushuntiring.
b) Yuqoridagi tuzlarning eritmalariga vodorod sulfidli suv bilan ta’sir qiling.Nima uchun barcha tuzlarning eritmalaridan cho‘kma tushmaydi.


Sulfidlarning gidrolizi.
a) Bir necha natriy sulfid kristallarini suvda eriting. Yeritma muhitini aniqlang. Indikator rangini o‘zgarishini tushuntiring. Gidroliz reaksiyasini molekulyar va ionli ko‘rinishda yozing.
b) Alyuminiy tuzi eritmasiga ammoniy sulfid eritmasidan quying. Probirkani qizdiring, hosil bo‘lgan cho‘kmani filtrlab ajratib oling va uni issiq suv bilan yuving. Hosil bo‘lgan cho‘kma alyuminiy gidroksid ekanligini tajribada isbotlang.Reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli shakllarda yozing.



4-ilova



«Qanday» organayzerini tơldiring

Muhim muammoning yechimini topishga yordam beradi va “Qanday” savoli orqali muammo hal qilinadi.



Kimyo o'qitish mеtodikasi fani asosiy ta'limiy va ilmiy vazifalarni qanday bajaradi?


Qanday?


Qanday

Qanday?


Qanday?

Q anday? Qanday?



Qanday?
Qanday? Qanday?

Qanday?
22. Oltingugurtning kislorodli birikmalari


Nazorat savollari

  1. Oltingugurt (IV) va (VI) oksidlarining grafik formulalarini yozing Kimyoviy bog‘ va gibridlanish turini ko‘rsating.

  2. Oltingugurt (IV) va (VI) oksidlarining kimyoviy xossalarini izohlang. Molekulaning tuzilishi tushunchasini qo‘llab, ularning farqini ko‘rsating.

  3. Oltingugurt (IV) va (VI) oksidlarini laboratoriyada va sanoatda olish usullariga xos reaksiyalarini yozing.

  4. Oltingugurt (IV) oksidi va uning gidroksidini (H2SO3 ni) oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga munosabatini tavsiflang, tushuntiring. Misollar keltiring.

  5. Oltingugurt (IV) oksidining suvli eritmadagi muvozanat sxemasini tuzing. Muvozanat щolati qanday ыzgaradi: a) eritma qizdirilganda; b) ishqor qo‘shilganda; v) natriy sulfit qo‘shilganda?

  6. Sulfat kislotasining grafik formulasini yozing. Kimyoviy bog‘ xarakterini, gibridlanish turini, oltingugurtning koordinatsion sonini ko‘rsating.

  7. Sulfat kislotasi oksidlovchi-qaytaruvchilik reaksiyasida qanday vazifani bajarishi mumkin? Tushuntiring, misollar keltiring.

  8. Konsentrlangan va suyultirilgan sulfat kislotasining metallar bilan reaksiyasidagi mexanizm farqlari nimadan iborat? Tegishli reaksiya tenglamalarini va elektronlar o‘tish sxemasini yozing.

  9. Natriy tiosulfatning grafik formulasini yozing, oltingugurt atomlarining oksidlanish darajalarini ko‘rsating. Natriy tiosulfat oksidlanish-qaytarilish jarayonida qanday vazifani bajaradi? Tegishli reaksiya tenglamalarini keltiring.




  1. Oltingugurt (IV) oksidining olinishi

(tajriba (b) ni mo‘rili shkafda o‘tkazing)

a) Oltingugurt (IV) oksidini temir disulfidni kuydirib olinishi.


Temir disulfidni kuydirish reaksiyasini yozing. Yelektronlarning o‘tish sxemasini tuzing.
Tajribani o‘tkazish uchun FeS2 ning bir necha donachasini issiqlikka chidamli trubkaning shar qismiga joylashtiring va shtativga qiyshiq qilib o‘rnating va sharni gaz alagasida qizdiring (tajribani issiqlikka chidamli bo‘lgan probirkada ham o‘tkazish mumkin). Ajralib chiqayotgan oltingugurt (IV) oksidini xididan eщtiyotlik bilan aniqlang.
b) Oltingugurt (IV) oksidning natriy sulfitdan olinishi.
Kolbaga 2-3 qoshiqcha natriy sulfit soling. Tomchilatgich voronkasiga konsentrlangan sulfat kislota soling. Nima uchun tajribaga qattiq tuz va konsentrlangan sulfat kislota olindi? Chiqayotgan gazni qanday usul bilan yig‘ish kerak?
Kolbaga tomchilatib sulfat kislota tomizing.
Chiqayotgan gazni stakanga (yoki silindrga) va ikkita katta probirkaga yig‘ing. Probirkalarni tiqin bilan, stakan yoki silindrni shisha plastinka bilan berkiting. So‘ngra oltingugurt (IV) oksidi bilan 50-100 ml suvni tыyintiring. Buning uchun gaz chiqayotgan trubkani suvli kolbaga tushiring. Reaktsion aralashma suvni tortib ketmasligiga e’tibor bering. Tajriba oxirida oltingugurt (IV) oksid olinayotgan aralashmani bir oz qizdirish mumkin. Oltingugurt (IV) oksid yig‘ilgan probirka va stakanlarni va SO2 yuttirilgan suvni keyingi tajribalar uchun saqlab qo‘ying. Oltingugurt (IV) oksidning olinish reaktsiyasini yozing. SO2 ni olish uchun xlorid yoki nitrat kislotasi ishlatilishi mumkinmi? Xulosangizni tushuntiring.



  1. Oltingugurt (IV) oksidning xossalari

a) Yonib turgan cho‘pni oltingugurt (IV) oksidda o‘chishi. Oltingugurt (IV) oksid to‘ldirilgan probirkaga yonib turgan cho‘pni tushiring. Nimani kuzatdingiz? Xulosangizni tushuntiring.


b) Oltingugurt (IV) oksidni suvda eruvchanligi. Birinchi (b) tajribada oltingugurt (IV) oksid to‘ldirilgan probirkani kristalizatordagi suvga to‘ntarib, probirkadagi tiqinni oling. Probikada suv ko‘tarilishini kuzating. Kuzatilgan xodisani tushuntiring. Probirka og‘zini suv ostida berkiting va suvdan chiqarib oling. Olingan eritmani ikkita probirkaga quying. Bittasiga lakmus eritmasidan quying, ikkinchisiga esa magniy lentasidan tushiring. Nimani kuzatdingiz? Qilingan tajribalar asosida olingan birikmaning kimyoviy xarakteri haqida hulosa qiling. Reaksiya tenglamasini tuzing. Sulfit kislotasining bosqichli dissotsilanish konstantasi ifodasini yozing va ularning son qiymatlarini jadvaldan oling. Sulfit kislotasi kuchi jixatidan qanday kislotalar turkumiga kiradi?

3. Oltingugurt (IV) oksid va sulfit kislotaning oksidlovchi va qaytaruvchi xossalari


a) Oltingugurt (IV) oksidi bilan to‘ldirilgan stakanga qisqich bilan ushlab turgan holda yonib turgan magniy lentasini tushiring. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya natijasida hosil bo‘lgan oq rangli modda nima? Reaksiyaning ikkinchi mahsuloti oltingugurt ekanligini nazarga olgan holda reaksiya tenglamasini yozing. Oltingugurt (IV) oksid bu reaksiyada qanday xossani namoyon qiladi.


b) Probirkada birinchi (b) tajribada olingan oltingugurt (IV) oksid bilan vodorodsulfidli suvni ta’sirlashish reaksiyasini o‘tkazing. Nima uchun eritma loyqalandi? Reaksiya tenglamasini va elektronlarning o‘tish sxemasini yozing. Bu tajribada sulfit kislotasi qanday xossani namoyon qiladi?
v) Probirkaga ozgina HCI eritmasidan quying va uni SO2 bilan to‘yintiring. So‘ngra unga 1-2 bo‘lak rux tashlang. Bir necha daqiqadan so‘ng eritmadan ozgina quyib oling va unda H2S borligini isbotlang. Reaksiya tenglamasini va elektronlarning o‘tish sxemasini yozing. Bu reaksiyada oksidlovchi va qaytaruvchilarni aniqlang. Ruxning roli nimadan iborat?
g) Bitta probirkaga bromli suv, ikkinchisiga yodli suv, uchinchisiga suyultirilgan sulfat kislotasi bilan kislotali muhit hosil qilgan kaliy permanganat eritmasidan, to‘rtinchi probirkaga kaliy dixromat eritmasidan quying. (Bu holda ham suyultirilgan sulfat kislotasi bilan kislotali muhit hosil qilinadi). So‘ngra barcha probirkalarga H2SO3 eritmasidan quying. Barcha probirkalardagi erimalarning rangini o‘zgarishiga e’tibor bering. To‘rttala reaksiya tenglamasini yozing va elektronlarning o‘tish sxemasini tuzing. Bunda MnO4- ioni Mn2Q gacha, Cr2O72- ioni Cr3Q gacha qaytarilishiga e’tibor bering. Bu tajribalarda H2SO3 qanday xossani namoyon qiladi?
Standart oksidlanish-qaytarilish potensiallari bilan tanishing va tegishli hisoblarni bajarib, H2SO3 ni xlor, brom, kaliy permanganat, kaliy dixromatlar bilan kislotali muhitda oksidlash mumkinligini isbotlang.

4. Fuksinni sulfit kislotasi bilan rangsizlanishi


Fuksinning suyultirilgan eritmasidan probirkaga ozroq oling va unga sulfit kislotasi eritmasidan ozroq qo‘shing. Nimani kuzatdingiz? Olingan eritmani qizdiring. Sodir bo‘layotgan xodisani kuzating.
Qanday xollarda oqartirish maqsadida xlorga o‘xshash kuchli oksidlovchilarga nisbatan SO2 ni qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi?

5. H2SO3 va uning tuzlariga reaksiyalar


Yangi tayyorlangan H2SO3 yoki uning tuzi eritmasiga BaCI2 eritmasidan quying. Cho‘kmaga tushgan modda nima? Uning rangi qanday? Cho‘kmani HCIda eruvchanligini sinab ko‘ring. Reaksiya tenglamasini yozing. Cho‘kmani HCI da erish sababini tushuntiring.
Ko‘p hollarda eritmada SO42- ioni mavjud bo‘ladi. Bunga sabab H2SO3 asta-sekinlik bilan H2SO4 gacha oksidlanadi va shuning uchun cho‘kma to‘la-to‘kis erimaydi. Shuning uchun tajribani shunday o‘tkazgan ma’qul: ikkita probirkaga oz-ozdan cho‘kmadan bir xil miqdorda soling va aralashtiring. Yeritmaning birinchi probirkada loyqalanishi ikinchisiga nisbatan anchagina kam ekanligiga e’tibor bering.

6. Oltingugurt (VI) oksidining olinishi


(tajribani mo‘rili shkafda o‘tkazing)
a) Oltingugurt (VI) oksidini kontakt usulida olinishi. SO2 bilan quruq bankani to‘ldiring. To‘ldirganingizdan so‘ng havo kirishi uchun bankani bir oz qiyshaytiring va qopqog‘ini yopib 2-3 marta to‘nkaring (nima uchun?). Temir qoshiqda platinalangan asbestni qizdiring va banka qopqog‘ini ochib unga tezda tushiring. Platinalangan asbest atrofida oq tutun hosil bo‘lishini ko‘zating. Bu reaksiyada platina qanday rol o‘ynaydi? Reaksiya tenglamasini yozing.
b) SO2 ni nitrat kislotasi bilan oksidlanganida sulfat kislotasini hosil bo‘lishi. Bankani SO2 bilan to‘ldiring va unga konsentrlangan nitrat kislotasi bilan ho‘llangan shisha tayoqchani tushiring. Tuman hosil bo‘lishini va rangsiz nitrozilsulfat kislotasining NOHSO4 (shisha tayoqchada) kristallari hosil bo‘lishini kuzating. Kristallarni ozroq suvi bo‘lgan probirkaga yuvib tushiring va hosil bo‘lgan eritmaga ozroq BaCI2 eritmasidan quying. Nimani kuzatdingiz? NOHSO4, sulfat kislota hosil bo‘lishi va uni aniqlash reaksiyalarini yozing.



  1. Sulfat kislotaning xossalari

(2 a), v), g) va d) tajribalarni mo‘rili shkafda o‘tkazing)

a) Konsentrlangan sulfat kislotasini metallmaslar bilan reaksiyasi.


Chinni idishda ehtiyotlik bilan qizdirib kons. sulfat kislota va metallmaslar orasida reaksiya o‘tkazing: birinchisida oltingugurt, ikkinchisida ko‘mir bilan. Yehtiyotlik bilan qanday gaz chiqayotganini xididan aniqlang. Reaksiya tenglamalarini yozing. Bu reaksiyalarda kons. sulfat kislotasi qanday xossalarni namoyon qiladi.
b) Suyultirilgan sulfat kislotani metallarga ta’siri. O‘qituvchidan metall namunalaridan (mis, rux, temir, alyuminiy va b.) oling. Ularni metallarning aktivlik qatoridagi o‘rniga ko‘ra suyultirilgan H2SO4 bilan reaksiyaga kirishishi haqida mulohaza qiling. Tajriba yo‘li bilan suyul. 2n H2SO4 hamma olgan metallaringiz bilan reaksiyaga kirishishi yoki kirishmasligini isbotlang.
Reaksiya turli tezliklarda sodir bo‘lishiga e’tibor bering va standart elektrod potensiallar qiymatidan foydalanib olingan natijalarni izohlang. Reaksiya natijasida qanday gaz chiqishini tajribada isbotlang. Reaksiya tenglamasini molekulyar va ionli ko‘rinishlarda yozing. Bu reaksiyalarda qaysi ion oksidlovchi vazifasini o‘taydi?
v) Konsentrlangan sulfat kislotasini metallarga ta’siri
1) Probirkada kuchsiz qizdirib mis bilan kons. sulfat kislotasi orasida reaksiya o‘tkazing. Yehtiyotlik bilan xididan qanday gaz ajralayotganini aniqlang.
Tajribadan so‘ng probirkani sovitib eritmadan 2-3 ml boshqa probirkaga quying, 5-6 ml suv solib chayqating. Yeritma rangini aniqlang va eritmada qanday ion borligiga e’tibor bering. Mis bilan kons. sulfat kislotasi orasidagi reaksiya tenglamasini yozing.
2) Konsentrlangan sulfat kislotani ruxga ta’sir ettiring. Probirkani bir oz qizdiring. Qanday gaz chiqayotganini ehtiyotlik bilan xididan aniqlang. Qizdirishni davom ettiring. Yeritmani loyqalanishini kuzating va sababini tushuntiring. Qo‘rg‘oshin tuzi bilan namlangan filtr qog‘oz yordamida yoki ehtiyotlik bilan xididan vodorod sulfid ajralayotganini aniqlang.
Rux bilan konsentrlangan sulfat kislotasi orasidagi reaksiyani sulfat kislotasining qaytarilishi mahsulotlarini turlichaligiga e’tibor berib yozing. Yelektronlarning o‘tish sxemasini keltiring va koeffitsiyentlar tanlaganingizni tushuntiring.
Rux bilan misning kons. sulfat kislotasi bilan reatsiyasidagi farqni standart elektrod potensiallari qiymatlarini o‘zaro solishtirib tushuntiring.
Bu reaksiyalarni metallarni suyultirilgan sulfat kislotasi bilan reaksiyasidan prinsipial farqi nimadan iborat?
g) Sulfat kislotasini degidratlash xossasi.

  1. Sulfat kislotasining kletchatkaga ta’siri.

Sulfat kislotasining (1:1) eritmasi bilan shisha tayoqchani namlang va filtr qog‘ozga nimanidir yozing va gaz alangasida quriting. Kletchatkaning umumiy formulasi (S6N10O5)x ekanligiga e’tibor berib, kuzatganinigizni izohlang.

  1. Sulfat kislotasini shakarga ta’siri.

Hajmi 100-150 ml bo‘lgan kimyoviy stakanga 10 g maydalangan shakar joylashtiring, 1 ml suv va 4-5 ml kons. H2SO4 quying. Bir xil massa hosil bo‘lgunga qadar shisha tayoqcha bilan aralashtiring va tayoqchani olmang. So‘ngra sodir bo‘layotgan xodisani kuzating. Shakarning formulasi S12N22O11 ekanligini e’tiborga olib reaksiya tenglamasini yozing. Chiqayotgan gazlardan qaysi birini xididan bilsa bo‘ladi? Yehtiyot bo‘ling.
d) Sulfat kislotasini boshqa kislotalarning tuzlari bilan ta’sirlashishi. Laboratoriyada bor tuzlardan foydalanib, ularning qaysilari konsentrlangan sulfat kislotasi bilan reaksiyaga kirishishi mumkinligini aniqlang. Probirkaga ozroq qattiq tuzdan joylashtiring. Konsentrlangan sulfat kislotasidan qo‘shib, suv hammomida qizdiring. Ajralib chiqayotgan uchuvchan moddalarning rangiga va ehtiyotlik bilan xidiga e’tibor bering. Ho‘llangan indikator qog‘ozi bilan hosil bo‘lgan moddalarning xarakterini aniqlang. Reaksiya tenglamalarini yozing va izohlang.

8. SO42- ioniga reaksiya


Tuzlarning eruvchanlik jadvalidan foydalanib qaysi kationlar SO42- ionini aniqlashga qo‘llanishi mumkinligini aniqlang. Tegishli tajribalarni o‘tkazing, cho‘kmalarning rangiga va ko‘rinishiga e’tibor bering.
Reaksiya tenglamalarini molekulyar va ionli ko‘rinishda yozing. Hosil qilingan cho‘kmalarni HSI ga munosabatini tekshiring. HCI ning VaSO3 va VaSO4 ga ta’sirini solishtiring va tushuntiring.

9. Sulfatlarning termik barqarorligi



  1. Kichkina chinni idish yoki tigelga 1-2 g natriy gidrosulfat tuzidan soling va ehtiyotlik bilan qizdiring. Bunda qanday birikmalar hosil bo‘ladi? Reaksiya tenglamasini yozing.

  2. Chinni tigelning qopqog‘iga temir kuporosi kristallaridan bir nechtasini soling va oldiniga ularni qizdirting, so‘ngra kuchli qizdiring, kristallar tepasida suv bilan ho‘llangan lakmus qog‘ozini ushlab turing. Nimani kuzatdingiz? Reaksiya tenglamasini yozing.

  3. Shunga o‘xshash tajribani gips va glauber tuzi bilan o‘tkazing.

Tarkibida kislorodi bo‘lgan tuzlarning va ularga mos kislotalarning termik barqarorligining turlichaligi nimadan bog‘liq bo‘ladi?

10. Natriy tiosulfatning olinishi va xossalari


a) Natriy tiosulfatni olinishi.
Kolbada 10 g natriy sulfitni 20 ml suvda qizdirib eriting. Kolbaga 3-4 g spirt bilan ho‘llangan oltingugurt soling va aralashmani qaynaguncha qizdiring. Past olovda 10-15 min qaynatib (agar reaksiya tugagan bo‘lsa, muhit lakmusga ko‘ra neytral bo‘ladi), issiq eritmani reaksiyaga kirmagan oltingugurtdan filtrlab chinni kosachaga ajrating va suv hammomida kristallanish boshlangunga qadar bug‘lating. So‘ngra eritmani qor (muz) bilan soviting va cho‘kmaga tushgan kristallarni Byuxner voronkasida ajratib oling. Voronkani toza filtr qog‘ozga to‘nkaring va voronkani chertib kristallarni uning filtr qog‘ozi bilan yoping va kaftingiz bilan siqib eritmaning oxirgi tomchilarini yo‘qoting. So‘ngra kristallarni havoda 10-15 min qoldiring va vaqti-vaqti bilan shisha tayoqcha bilan aralashtirib turing. Agar kristallar quruq bo‘lsa, ular shisha tayoqchaga yopishmaydilar. Reaksiya tenglamasini yozing. Olingan quruq natriy tiosulfat kristallarini torting va reaksiya unumini foizda hisoblang. Olingan moddani b) tajriba uchun qo‘llash mumkin.
b) Natriy tiosulfatning qaytaruvchilik xossasi.
Ikkita natriy tiosulfat eritmasi solingan probirkaga qo‘shing: biriga xlorli suv, ikkinchisiga bromli suv. Yeritmada SO42- ioni borligini isbotlang. Ular qanday qilib hosil bo‘ladilar? Natriy tiosulfatni suv ishtirokida xlor va brom bilan reaksiya tenglamasini va elektron o‘tish sxemasini yozing.
Natriy tiosulfat eritmasiga ozroq kraxmal eritmasidan quying va ustiga tomchilatib yodli suv quying. Nima uchun yodning rangi yo‘qoladi? Natriy tiosulfat bilan yod orasidagi reaksiya tenglamasini natriy tetrationat Na2S4O6 hosil bo‘lishini nazarga oligan holda yozing. Yelektronlarning o‘tish sxemasini tuzing. Yodli suvni eritma hova rangga kirguncha quying. Olingan natijani izohlang.



Yüklə 2,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   172




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin