Mavzu. Axborot xurujiga qarshi yoshlarda ogohlik tuygularini tarbiyalash kirish I bob. Axborot xuruji va ogohlikning nazariy-metodologik asoslari



Yüklə 340,5 Kb.
səhifə16/26
tarix07.06.2023
ölçüsü340,5 Kb.
#126351
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
G`olib disertatsiya eng yangi

Birinchi – erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va inson qadrini yuksaltirish orqali xalqparvar davlat barpo etish. Mazkur tamoyil inson va uning manfaatlarini davlat siyosati va islohotlarining asosiy mezoniga aylantirish lozimligidan dalolat beradi. Bu nafaqat yurtimizda, balki butun dunyoda mazkur islohotlarning eng demokratik tamoyillarga mosligi, ularning pirovard maqsadi va davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi inson manfaatlari, haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minlashga qaratilganining e’tirof etilishiga sabab bo‘lmoqda.
Ikkinchi – mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish. Sud ostonasiga qadam qo‘ygan har bir inson O‘zbekistonda adolat hukm surayotganiga to‘la ishonch hosil qilish kerak. SHu jihatdan ham sud hokimiyatini to‘la msustaqil adolatli hukm chiqarishini ta’minlashga erishtirish ustvorlikni taqozo etadi.
Uchinchimilliy iqtisodiyotni, uning o‘sish sur’atlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish. Jahon bozoridagi iqtisodiy vaziyat murakkablashdi, mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar tabiatida yangi o‘zgarishlar yuz berdi. Bunday vaziyatda mamlakatimiz iqtisodiyotining muntazam takomillashib borishini ta’minlaydigan mexanizmlarni joriy etish, barqaror iqtisodiy taraqqiyot bilan bog‘liq vazifalarni puxta belgilab olish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
To‘rtinchi – adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish. YAngi O‘zbekistonni o‘z mehnatidan baxt topib yashaydigan insonlar mamlakatiga, har tomonlama rivojlangan ijtimoiy makonga aylantirish keng ko‘lamli islohotlarimizning asosiy maqsadidir.
Beshinchi – ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash, ushbu sohani tubdan isloh etish va yangi bosqichga olib chiqish. Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir. YAngi O‘zbekistonni barpo etishda ana shu ikkita mustahkam ustunga, ya’ni, bozor tamoyillariga asoslanagan kuchli iqtisodiyotga hamda ajdodlarimizning boy me’rosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan kuchli ma’naviyatga tayaniladi.

Yüklə 340,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin