Mavzu. Axborot xurujiga qarshi yoshlarda ogohlik tuygularini tarbiyalash kirish I bob. Axborot xuruji va ogohlikning nazariy-metodologik asoslari



Yüklə 340,5 Kb.
səhifə15/26
tarix07.06.2023
ölçüsü340,5 Kb.
#126351
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
G`olib disertatsiya eng yangi

Beshinchidan, xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar – xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat37 yuritishda samarali natijalarga erishildi.
Tadqiqotimizda Harakatlar strategiyasida aks etgan ustuvor yo‘nalishlar milliy mustaqillikni asrash g‘oyalariga qaysi jihatdan bog‘liq degan savol tabiiyki yoshlarimizni o‘ylantirib qo‘yadi. Harakatlar strategiyasida aks etgan tamoyillar milliy taraqqiyotning “O‘zbek modeli”ni uzviy davomidir. “O‘zbek modeli”ning birinchi bosqichida milliy vatanparvarlik g‘oyasining bosh o‘zagi – Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot pirovard maqsadimiz38, deb belgilangan edi. Qariyb yigirma besh yil davomida Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot ta’minlandi, faqat uni yuksaltirish, rivojlantirish pirovord maqsadga aylanmoqda. Aynan, mana shu jarayonda O‘zbekiston fuqarolarida Vatanparvarlik, milliy mustaqillikni asrash uchun fidoyilik ko‘rsatish madaniyatini mustahkamlashga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish lozim bo‘lib qoldi va muhim strategik islohotlar davlatning ichki siyosatida amalga oshirilishi zaruriyatga aylandi. Zero, Harakatlar strategiyasida aks etgan asosiy mazmun – mamlakat ichida ro‘y beradigan norozichilik beshta ustuvor vazifalarni amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan sustkashliklar oqibatida kelib chiqishini ifodalagan. Bunda, mamlakat va uning rahbarlari faoliyatidan, xalq uchun yaratilayotgan sharoitlardan rozi bo‘lgan aholida Vatanga bo‘lgan muhabbat kundan-kunga ortib boraveradi. Nega deganda, bugungi O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas. Amaliy natija bilan mustahkamlangan, o‘z mevasi, hosilini berayotgan islohot odamlarning qalbiga, yuragiga tez kirib boradi. Va bunday islohotni, bunday shiddatli jarayonni hech kim, hech qanday kuch to‘xtata olmaydi.
Eng muhimi, islohotlarimiz samarasini yurtimizda ishlayotgan har bir inson, har bir oila bugun o‘z hayotida his etishi kerak. Buning uchun barcha bo‘g‘indagi rahbarlar foizlar, raqamlar, qog‘ozning ortidan quvmasdan, har bir fuqaro uchun, uning hayotiy manfaatlarini ta’minlash uchun ishlashi shart. SHunda nuroniy keksalarimiz, muhtaram otaxon va onaxonlarimiz, aziz farzandlarimiz, ko‘p millatli butun xalqimiz39 davlatdan, uning ichki islohotlaridan rozi bo‘ladi va mamlakat xavfsizligi uchun jon jahdlari bilan oyoqqa turishadi. YOshlarimiz qalbida Vatanparvarlik g‘oyalari takomillashadi. SHu bois, “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” degan dasturiy g‘oya asosida, yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularda tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish – o‘ta sharafli vazifa40ligini har bir fuqaromiz anglab etishi darkor. Azal-azaldan xalqimiz uchun Vatan ravnaqi va tinchligi oliy qadriyat sifatida ulug‘langan. O‘z oilasini, mahallasini, davlati sarhadlarini himoya qilish yo‘lida mustahkam qalqonga aylangan. Bugungi kunda ham xalqimizda ushbu fazilatlar oliy qadriyat sifatida qabul qilinadi va Vtanparvarlik shakllanganiga shubhamiz yo‘q. Uni yanada takomillashtirish vazifasi har doim ham dolzarbligicha qolaveradi. Davlatning ichki siyosatida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar xalq uchun, uning kelajagi uchun amalga oshirilib, xalqning turmushi farovon bo‘lib, davlatidan mamnunlik hissi barq urib turganda Vatanparvarlik g‘oyalari uning ongi va qalbiga singib ketadi. Aksincha, ozgina norozilik hayotga, kelajakka bo‘lgan umidni so‘ndirib boradi. Natijada, qonunbuzarlik, munofiqlik, ro‘yokorlik illatlari inson qalbini chirmab oladi. Axborot xurujlari ta’siriga tushib, iymoni sutslashib, xiyonat ko‘chasiga kirishi hech gap emas. Aholining mulkdor qismida Vatanni jon-jahdi bilan himoya qilish shijoati mulksiz aholidan bir necha barobar kuchli bo‘lishi fanda isbotlangan. Mana shuning uchun ham mamlakatimizda o‘rta mulkdorlar sinfini ko‘paytirish va aholining daromadini oshirish vazifalariga alohida e’tibor berilmoqda. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Vatanimiz ichra har “bir inson o‘zining kichik vatani”ga ega bo‘lsa41, Vatan ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shib, Vatanparvarlik ruhiyati ortib boradi.
O‘zbekistonni ichki siyoatini yanada mustahkamlash vazifalari, 2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan YAngi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilab olindi. Unda, “YAngi O‘zbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish istak emas, sub’ektiv hodisa emas, balki tarixiy asoslarga ega bo‘lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to‘la javob beradigan ob’ektiv zaruriyatdir. biz bu yo‘lda islohotlarimizning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lgan jamiyatimiz a’zolarining bilim va salohiyati, kuch va imkoniyatlarini, butun azmu shijoatimizni ishga solishimiz lozim. SHundagina mamlakatimiz xalqimiz orzu qilgan, jahon maydonida kuchli salohiyat, munosib obro‘-etiborga ega bo‘lgan, har tomonlama obod va farovon davlatga aylanadi”42, deb qaybd etilgan.
YAngi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida davlatni rivojlantiriish jarayonlarini aniq tamoyillar asosida belgilab olib, aniq maqsadlarga yo‘naltirish vazifalari aks etadi. Ulkan o‘zgarishlar chorrahasida turgan O‘zbekiston oldida dolzarb vazifalar bilan birga, quyidagi:birinchidan, yaqin va o‘rta istiqbolda YAngi O‘zbekiston strategiyasi qanday bo‘lishi kerak?; ikkinchidan, ushbu strategiyaning bugungi zamon talablariga javob beradigan ijtimoiy shakl-shamoyili qanday bo‘lishi lozim?; uchinchidan, unda shakl va mazmun birligi, imkoniyat va voqelik uyg‘unligiga doir muhim nazariyalar qay tarzda o‘z ifodasini topishi zarur?; to‘rtinchidan, keyingi o‘n yilliklardagi faoliyatimizni belgilaydigan taraqqiyot tamoyillari va vazifalarning qaysi birlari eng ustuvor va dolzarb bo‘lib hisoblanadi?; beshinchidan, taraqqiyot strategiyasida jamiyat hayotining barcha jabhalari va yo‘nalishlarini to‘la-to‘kis aks ettirish uchun nimalarga asosiy e’tibor qaratishimiz darkor?; oltinchidan, Keyingi yillarda qabul qilingan konsepsiya va harakat dasturlarida belgilangan ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlarning samarasini oshirish uchun qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish talab etiladi?43, degan o‘z javobini kutayotgan o‘tkir savollarga javoblar beriladi. Bu jihatdan olganda davlatning asosiy strategik yo‘nalishlari har bir fuqaroni o‘ylantiradi. Kelajak faoliyat qay yo‘sinda borishi barcha uchun muhim. Barchamizni o‘ylantirayotgan savollarga aniq echimli javob bo‘lgandagina kelajakka ishonch ortib boradi. Birgina misol: O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan tadbirkor bugunidan tashqari kelajagina aniq ko‘raolishi va qay tarzda rivojlanishi, xavfsizlik kafolatiga egaligini his etishi zarur. Agar tadbirkor kelajak kafolatini his qilmasa O‘zbekistonda faoliyat yuritishga qalban kirishmaydi. Natijada davlat rivojlanishi tezlashmaydi. Xavfsizlik haqidagi gaplar quruq gapga aylanadi. Ayniqsa chetdan kelayotgan invetstorlar sanog‘i kamayib ketadi. O‘zaro raqobat yo‘qoladi. Monopolistlar soni ortadi. Korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik, urug‘-aymoqchilik, tanish-bilishchilik avj oladi. Aholida umidsizlik, kelajakka ishon hissi kundan-kunga zaiflashib boradi. Mamlakat fuqarolarining barcha qatlamini mulkdorlar qatlamiga o‘tkazish jarayoni ortga ketadi. Vatanparvarlik g‘oyalari faqat nomigagina kitoblar va qog‘ozlarga ko‘chadi. Bu esa, davlat xavfsizligini ta’minlash uchun katta xavfga aylanadi.
Mustaqillikni ilk yillaridan boshlab aholining daromadini oshirish masalasi dolzarb bo‘lib keldi. SHu sababli, o‘zini-o‘zi band qilish siyosati keng ko‘lamda qo‘llanilishi muhim deb qaraldi. 2017-yildan boshlab, o‘zini-o‘zi band qilmagan aholiga ko‘maklashish uchun davlat sektorlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Ular imtiyozli kreditlar ajratildi. Tomarqalardan foydalanish uchun sharoit yaratildi va ko‘maklashildi. Har bir xonadonga o‘rtacha o‘n dona tovuq, bitta sigir, bir nechta sut va jun beruvchi zotli echki, ko‘p go‘sht qiluvchi hisori qo‘y, o‘rdak, g‘oz, arichilik, xonadon tomorqalariga mevali daraxtlar ektirish ishlari ommalashdi. Nogironlar va muxtoj aholiga yordam berishni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish davlat zimmasiga yuklatildi. Ammo shunga qaramay hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda aholining aksariyat qismi etarli daromad manbaiga ega emasligi, har qanday davlatda bo‘lgani kabi bizda ham ham kam ta’minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, ular taxminan 12–15 foizni tashkil etadi. Bu o‘rinda gap kichkina raqamlar emas, balki aholimizning 4–5 millionlik vakillari haqida gap bormoqda. Ba’zi odamlar ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam pulini to‘lash yoki ularning miqdorini oshirish orqali ushbu muammoni hal etish mumkin, deb o‘ylaydi. Bu – bir tomonlama yondashuv bo‘lib, muammoni to‘la echish imkonini bermaydi. Kambag‘allikni kamaytirish – bu aholida tadbirkorlik ruhini o‘yg‘otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish demakdir44.
YAngi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi aynan mana shu muammolarni hal qilish vazifalarini qamrab oladi. O‘zbekistonda xalqparvar islohotlarning uzviyligi va davomiyligini ta’minlash maqsadida istiqboldagi rejalar “Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari” degan tamoyil asosiy mezon etib belgilandi45. Taraqqiyotning “O‘zbek modeli”dan Harakatlar strategiyasi va Taraqqiyot strategiyasi aniq muddatlarga rejalashtirilganligi bilan farqlanadi. “O‘zbek modeli”da barcha rejalar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan edi. Harakatlar va Taraqqiyot strategiyasida belgilangan rejalar aniq besh yillikda bajarilishi muhim deb belgilandi. SHu sababli, “YAngi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi” oldingi dasturlarning mantig‘i sifatida maqsad va vazifalarni inobatga olgan holda etti yo‘nalishdan iborat etib tasdiqladi. Uning yangi davrida amalga oshiriladigan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:

Yüklə 340,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin