Mavzu: Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari


Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlash. Bunda yuzaga keladigan muammolar va ularni samarali hal etish usullari



Yüklə 30,32 Kb.
səhifə3/6
tarix21.03.2023
ölçüsü30,32 Kb.
#88991
1   2   3   4   5   6
Mavzu Inklyuziv ta’limni joriy etish masalalari

Tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlash. Bunda yuzaga keladigan muammolar va ularni samarali hal etish usullari.

Maktablarda bolalarga nisbatan ba'zan «tarbiyasi qiyin bola» jumlasi ishlatiladi. Tarbiyasi qiyin bolalar deganda ko‘pincha holatlarda voyaga yetma­ganlar bilan ishlash nazoratchilari ro‘yxatida hisobga olingan yoki olinmagan, giyohvandlik va spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan, o‘g‘rilik va bezorilikka moyil o‘quvchilar nazarda tutiladi. Kuzatishlardan ma'lum bo‘lishicha, tarbiyasi qiyin bolalar tarbiya jarayonida pedagogik ta'sirlarga qarshilik ko‘rsatadi, ularning xulqida o‘zini biz xohlaganday tutmaslik holatlari kuzatiladi. Tarbiyasi qiyin bolalar paydo bo‘lishining asosiy sabablaridan biri ularda o‘qishga nisbatan salbiy munosabatning yuzaga kelishidir.
Odatda, bunday munosabatning paydo bo‘lishiga boshqa sabablar ham ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan, o‘quv faoliyati usuli, malakalari to‘la tarkib topmaganligi sababli, nisbiy bilim olish bilan qanoat hosil qilish, o‘zlashtirish qobiliyatining sust rivojlanganligi, muayyan vaziyatlarda hukm va xulosa chiqarishda qiyinchilikka duch kelish, o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchiga ob'ektiv baho berilmasligi, o‘qituvchining boladagi individual-psixologik va intellektual imkoniyatga yetarlicha e'tibor qaratmasligi, o‘qitish saviyasining pastligi, darslarning zerikarli o‘tilishi va boshqalar.
O‘quvchilardagi psixologik xususiyatlar, rivojlanishida o‘ziga xos tomonlar, ular o‘rtasida salbiy odatlarni oldini olish va boshqa masalalar doirasida umumta’lim maktablari amaliyotchi psixologlari tomonidan qator tadbirlar, ya'ni psixotrening va psixokorreksion ishlar olib boriladi. Maktablarda bolalarga nisbatan ba'zan “tarbiyasi qiyin bola” jumlasi ishlatiladi. Asosan tarbiyasi qiyin bolalar deganda ko‘p holatlarda voyaga yetmaganlar bilan ishlash kuzatiladi.
Kuzatishlardan ma'lum bo‘lishicha, tarbiyasi qiyin bolalar tarbiya jarayonida pedagogik ta'sirlarga ro‘yxatida hisobga olingan, giyohvandlik va spirtli ichimlik ichishga, bezorilshilik ko‘rsatadi, ularning hulqida o‘zini biz hohlaganday tutmaslik holatlari chiqishining asosiy sabablaridan biri ularda o‘qishga nisbatan salbiy munosabatning paydo bo‘lishidir. Odatda bunday munosabatning paydo bo‘lishiga boshqa sabablar ham ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Jumladan o‘quv faoliyati usuli, malakalari to‘la tarkib topmaganligi sababli nisbiy bilim olish bilan qanoat hosil qilish, o‘zlashtirish qobiliyatining sust rivojlanganligi, muayyan vaziyatlarda xukm va xulosa chiqarishda qiyinchilikka duch kelish, o‘qituvchilar tomonidan o‘quvchiga ob'ektiv baho berilmasligi, o‘qituvchi tomonidan bolaning individual-psixologik va intellektual imkoniyatiga yetarlicha e'tibor berilmasligi, o‘qitish saviyasining pastligi, darslarning qiziqarsiz o‘tilishi, o‘quvchining sinf jamoasi bilan yaxshi aloqada bo‘lmasligi va boshqalar.
O‘quvchi bilan jamoa fikrining mos kelmasligi uning jamoa ichida o‘z o‘rnini borgan sari yo‘qotib borishiga sabab bo‘ladi. Jamoa a'zolari bunday o‘quvchining qarashlarini vaqti-vaqti bilan hisobga olishlari yaxshi natija berishi mumkin. O‘quvchining fikr va qiziqishlarini jamoaning qo‘llab quvvatlamasligi yoki beparvoligi uni qonunbuzarlikka undaydi va giyohvandlik kabi salbiy holatlarning kelib chiqishi uchun imkoniyat yaratadi. Natijada bola uchun kelajak rejalarining poymol bo‘lish xavfi tug‘ilib, o‘qishdan va jamoadan yuz o‘girgan o‘smir o‘z kelajagini, orzu-umidlarini maktab va tengdoshlari faoliyatiga bog‘lashdan ko‘ra, yangi “do‘stlari” bilan aloqa qilishni afzal ko‘radi va boshqa kishilardan najot izlaydi. Buning natijasida o‘smir nosog‘lom xulqli bolalar to‘dasiga tushib qoladi va ular xulq –atvoriga xos bo‘lgan xarakterga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, oilaviy sharoitning salbiy ta'siri ham tarbiyasi og‘ir o‘smirlarning kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Ayrim oilalarda bola uchun zaruriy imkoniyatlar mavjud emasligi sababli bola nohush holat bilan yolg‘iz kurash olib borish kechinmalari bilan yashaydi. O‘smir dunyosida oilaviy sharoitga nisbatan paydo bo‘lgan norozilik hissi kundan kun avj olib, ichki qo‘zg‘olonga aylanib boradi. Bundan tashqari, ota-ona o‘rtasidagi munosabatlarning nosog‘lomligi, ba'zi ota-onalarning spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishlari ham bolaning ruhiy dunyosiga ta'sir ko‘rsatadi. Ko‘pincha, o‘quvchilardagi tarbiyasi qiyinlik oiladagi va ta’lim tizimidagi pedagogik qarovsizlik natijasida yuzaga keladi.



Yüklə 30,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin