Mavzu: Kasb-hunar kollejlarida fizika o`qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish


O’yinli texnologiyalarning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə46/67
tarix01.02.2022
ölçüsü0,77 Mb.
#51929
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67
kasb-hunar kollejlarida fizika oqitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish

O’yinli texnologiyalarning maqsad va vazifalari.

O’yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va bunda shaxs sub’ekt sifatida o’z imkoniyatlarini to’la amalga oshiradi. O’yinli faoliyatni motivatsiyalash o’yin xarakterining musobaqalashish shartlari, shaxsning o’zini namoyon qila olishi, o’z imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.

Jarayon sifatida o’yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta’biricha) quyidagilarni qamrab oladi:


  • o’ynash uchun olingan rollar;

  • bu rollarni ijro etish vositasi bo’lgan o’yin harakatlari;

  • predmetlarni, ya’ni haqiqiy narsalarni shartli, o’yin narsalari o’rnida qo’llash;

  • o’yinda ishtirok etuvchilarning real o’zaro munosabatlari;

  • o’yinda shartli ravishda yaratilgan syujet (mazmun) – ijro sohasi.

O’yindan tushunchalar, mavzu va hatto o’quv predmeti bo’limini o’zlashtirishda o’qitish metodi va mustaqil texnologiya sifatida foydalaniladi. O’yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat) tarzida tashkil etiladi.

O’yinlar turli maqsadlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy, faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarda qo’llanadi.

O’yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy faoliyatida bilim, malaka va ko’nikmalarni qo’llash, umumta’lim malaka va ko’nikmalarni rivojlantirish, mehnat ko’nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga qaratilgan bo’ladi.

O’yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani tarbiyalash, muayyan yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni, kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo’ladi.

Faoliyatni rivojlantiruvchi o’yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash malakasi, chog’ishtirish, o’xshashini topish, faraz, hayol, ijodiy qobiliyat, empatiya, refleksiya, optimal yechimni topa olish, o’quv faoliyatini motivatsiyalashni rivojlantirishga qaratilgan.

Ijtimoiylashuv o’yinlari jamiyatning me’yorlari va qadriyatlariga jalb qilinish, muhit sharoitlariga ko’nikish, ehtiroslarni nazorat qilish, o’z-o’zini boshqarish, muloqotga o’rgatish, psixoterapiyani nazarda tutadi.

Pedagogikaga oid adabiyotlarda pedagogik o’yin degan tushuncha mavjud.

Pedagogik jarayonni tashkil etishning bir qator metodlari va usullari hamda turli shakldagi pedagogik o’yinlar “o’yinli pedagogik texnologiyalar”ni tashkil etadi.

Pedagogik o’yinda ta’limning pedagogik maqsadlari aniq qilib qo’yiladi. Pedagogik o’yinlar asosida talabalarni o’quv faoliyatiga yo’llovchi o’yinli usullar va vaziyatlarni vujudga keltirish yotadi.


Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin