Agrarmanagement Jens Pape, Clemens Morath, Reiner doluschitz ISBN-10:3-8252- 3587-4, EAN:978382523587
Barrick, R. K. Harmon, H. L. Animal Production and Management Ed: Gregg Division McGraw-Hill (1988-02-01) ISBN 10: 007003852X / ISBN 13: 9780070038523
Connor, D. J.; Loomis, R.S.; Cassman, K.G. 2011. Grop Ecology. Productiviti and Management in Agricultural Systems. University Press ISBN: 9780521744034.
3.1. Fermer xo’jaligini tashkil etish va rivojlanish asoslari
Fermer xo’jaligi o’ziga tanlov asosida va ijara shartnomasiga ko’ra uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqarishi bilan
shug’ullanuvchi, yuridik shaxs huquqlariga ega bo’lgan mustaqil xo’jalik yurituvchi subyekt hisoblanadi.
Fermer xo’jaligi tuman (shahar) hokimligida davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlabyuridik shaxs maqomini oladi va o’z nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va mulkiy tusdabo’lmagan huquq va majburiyatlarga ega bo’lish, shuningdek bank muassasasida hisob raqamiochish, muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega bo’lish huquqini oladi, sudda da’vogar vajavobgarbo’lishimumkin. Fermer xo’jaligi davlat majburiyatlari yuzasidan, davlat esa fermer xo’jaliklari yuzasidanjavobbermaydi. Fermer xo’jaligi o’z majburiyatlari bo’yicha, shu jumladan tuzilgan kontraktasiya shartnomalariga muvofiq nazarda tutilgan hajmlarda davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetkazib berishni ta’minlash, shuningdek yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va ko’rsatilgan xizmatlar uchun o’z vaqtida haq to’lash yuzasidan majburiyatlari bo’yicha qonun hujjatlariga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo’lgan mol-mulki bilan javob beradi.
Fermer xo’jaligining mol-mulki daxlsizdir va uning davlat organlari tomonidan olib qo’yilishiga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari yo’l qo’yilmaydi,